Inson qadri hamma narsadan uluğ

– deydi Prezident xalq qabulxonasi Namangan şahar bölimi rahbari Hasanboy QOSIMOV

Xalq qabulxonalarini adolat dargohi deb bilib murojaat qiluvçilar soni bugun ham kam emas. Har bir fuqaro murojaati zamirida kimningdir, kimlarningdir taqdiri, ular duçor bölayotgan haqiqatsizlik borligini öylasak, bu taşvişli holatdir. Ammo  masalaning ijobiy tomoni ham bor. Fuqarolar adolat qidirib,  moddiy va maʼnaviy muhtojliklarini bartaraf etiş istagida xalq qabulxonalaridan najot izlab kelişi va bu dargohda tajribali va bilimli mutaxassislar tomonidan arzlariga qoniqarli yeçim topayotgani eʼtiborga molik iş.

Prezident xalq qabulxonasining Namangan şahar bölimi Namangan şahar  Davlat xizmatlari binosining ikkinçi qavatida joylaşgan. Bu idoraga rasmiyatçilik begona. Hatto rahbarning kotibi ham yöq. Hasanboy Qosimov huzuriga bemalol kiraverasiz.

Xalq qabulxonasi Namangan şahri bölimi rahbari Hasanboy Qosimov huzuriga kelgan fuqaroni obdan tinglaydi. Vakolati doirasidagi masalalarni tezkorlik bilan özi hal qiladi.  Qolganlarini esa nazoratiga olib, yuqori idoralarga havola etadi. Yana telefon orqali ularning eʼtiborini şu masalani hal etişga qaratadi.  Zero, arz qiluvçi fuqaro sarson bölmasin, masalasiga yeçim topsin.

— Uzoq yillik tajribamdan şuni angladimki, arizaçini sabr-toqat bilan xolis turib tinglaşning  ahamiyati katta, — dedi Hasanboy Qosimov. — Adolatsizlikka uçragan fuqaro idorama-idora haqiqat izlab har eşikka boşini uraverganidan, asablari tarang bir holatga kelib qoladi. Şunday paytda biz murojaatçi fuqarolarni obdan tinglab, masalaning ildizini, muammoning sabablarini aniqlab olişimiz muhim. Namangan şahrida 384 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. 2025 yilning 3 oyida xalq qabulxonamizga 2 ming 145 ta murojaat kelib tuşdi. Bu raqam ötgan yilning şu davridagi miqdordan 35 taga köp. Şunga qaramay, murojaatlarning 835 tasi ijobiy hal etilgani ahamiyatlidir.

— Ötgan uç oyda Namangan şahridan poytaxtga Özbekiston Respublikasi Prezidenti qabulxonasiga murojaat bilan borganlar soni ham keskin kamayibdi, bunga qanday omillar sabab böldi, — deb söradim suhbatdoşimdan.

Mudirning aytişiça, mamlakatimizda mahalla institutining jamiyatdagi roli ortib borayotganligi, “xonadonbay” iş taşkil etilganligi, “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturi amalga oşirilayotgani muammolarni aniqlaş va bartaraf etiş barobarida, ayniqsa, moddiy muhtoj oilalarning yordam sörab qiladigan murojaatlarini ijobiy hal etişga imkon  bermoqda.

Murojaatlar yuzasidan ön beşta mahalla fuqarolar yiğinlarida örganiş olib borildi. Örganiş jarayonida 23 ta muammodan 14 tasi joyida ijobiy hal etildi.

Masalan, yil boşida Namangan şahar Zafar köçasida yaşovçi Umar Sobirov qaramoğida ikki nafar farzandi borligi,  rözğor tebratiş uçun işga joylaşiş kerakligi uçun yordam sörab qabulxonaga keldi. Saxovatli tadbirkorlar bilan özaro hamkorligimiz yaxşi yölga qöyilgani ham qöl kelmoqda. “Sardoba”  mahallasidagi tadbirkorlardan biri uni işga oldi.

Şu yilning 24 fevral kuni hamşahrimiz Otabek Boyxonov suğurta kompaniyasidan 14 million söm mablağini qaytarib ololmayotganidan ranjib murojaat qilgan. Xalq qabulxonasi aralaşuvi bilan öşa kunning özida mablağ töliq qaytarib berildi.

Şaharning Közagarlik köçasida yaşovçi Salomat Boyxonova esa bir yildan buyon guruh böyiça nogironlikka çiqa olmayotgani sabab qilgan şikoyati ham qanoatlantirildi.

Ikkinçi guruh nogironi Zokir Oxunov va turmuş örtoği jarrohlik amaliyotiga muhtoj bölsa-da, mablaği yöqligidan zoriqib murojaat qilgan. Ularga respublika Onkologiya markaziga order olib berişga yordam körsatildi.

Yaqinda Namangan şahrida quvonçli voqealardan yana biri sodir böldi. Yolğiz ona Dilşoda Odilova qaramoğidagi ikki farzandining biri ikkinçi guruh nogironi ekanligi, uning uy-joyi yöqligidan nolib murojaat qildi. U saxovatli kişilar kömagida «Elobod Siti»  mavzesidan uy-joy bilan taʼminlandi.

Ayrim taşkilotlarda fuqarolar murojaatlariga qonun talablariga köra belgilangan tartibda iş olib borilmayotgani aniqlanmoqda. Xususan, Namangan şahar maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Ş.Turğunovaga Xalq qabulxonasi tomonidan qonun buzilişi, uning kelib çiqiş sabablarini va bunga imkoniyat yaratib berayotgan şart-şaroitlarni bartaraf etiş yuzasidan taqdimnoma kiritilgan edi. Bölim boşliği Ş. Turğunova taqdimnomani jamoada atrofliça muhokama qilmay,  xöjakörsinga maʼlumot uçun  rasmiy javob yozadi. Xalq qabulxonasi xodimlarining qöşimça körsatmasi bilan taqdimnoma qonunda körsatilgan tartibda qatʼiy muhokama qilindi. Aybdorlar intizomiy jazoga tortildi.

Albatta, bunday misollarni sanayversak, misollar, raqamlar sahifalarga siğmasligi mumkin. Muhimi, Xalq qabulxonalari odamlar özlarining murojaatlariga yeçim topayotgan dargohga aylanganidir.

Dilmurod QIRĞIZBOYEV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan