95 yildan buyon postida sodiq naşr

Bugungi kunda mamlakatimizda barça sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlarning markazida inson qadri, xalq manfaati mujassam. Bunday islohotlar qatorida matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasida ham demokratik tamoyillar tobora çuqurlaşib, oçiqlik va şaffoflik ustuvor vazifaga aylanmoqda. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “Bugungi kunda matbuot işi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “törtinçi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvçi sohaga aylanib bormoqda”.

Aytiş joizki, “Postda — Na postu” gazetasi bu masʼuliyatli vazifani öziga xos tarzda şaraf bilan ado etib kelmoqda. Uşbu naşr taşkil etilganiga esa 95 yil töldi.

Ha, salkam bir asr! Bu raqamni tilga olişgina oson. Ammo uning ortida qançadan-qança insonlarning mehnati, matonati va sadoqati yotganini tasavvur qiliş joiz.

“Postda — Na postu” gazetasi ana şu şonli yölda, ijod va izlaniş pillapoyalariaro yurtimizdagi ommaviy axborot vositalari orasida özining munosib va mustahkam örniga ega böldi. Içki işlar vazirligi naşri sifatida gazeta öz auditoriyasini tizimda amalga oşirilayotgan islohotlardan xabardor qiliş bilan birga, jinoyatçilikning oldini oliş, yot ğoyalar va jamiyatimizdagi turli illatlarga qarşi maʼrifat maydonida qatʼiy kuraşib kelmoqda.

Gazeta 1930 yil 12 may kuni dunyo yuzini körganida bir oyda uç marta, bor-yöği 150 nusxada bosilgan edi. Tinimsiz harakat va samarali mehnat tufayli 50-yillarga kelib, gazeta tiraji 6 ming nusxaga yetdi. 1960 yildan eʼtiboran haftasiga ikki marta, 10 ming nusxada çiqa boşladi. 1965 yil 1 avgustdan boşlab esa naşrning keng jamoatçilikka möljallangan yakşanba sonini çop etiş yölga qöyildi.

Ötgan asrning 70-80-yillarida ayrim sabablarga köra çiqişi töxtab qolgan naşr mustaqillik şarofati va Içki işlar vazirligi rahbariyati taşabbusi bilan 1991 yilda qayta taşkil etildi. Öşa yilning 1 yanvarida “Postda — Na postu” gazetasi ikki tilda, özbek va rus tillarida alohida sonlari bilan muxlislar qöliga yetib bordi.

Podpolkovnik Zokir Atayev boş muharrir bölgan gazetaning dastlabki sonlarida Ğayratjon Boltaboyev, Erkin Sattorov, Siddiqxöja Sulaymonov, Rahmonali Qosimov, Abdumömin Tilovov, Muhabbat Ibragimova, Oygul Mamaraimova, Ismoil Munavvarov, Ortiq Mahmayusupov kabi mualliflarning maqolalari joy oldi.

— Esimda, mustaqillikning ilk yillarida IIV naşrlarini har tomonlama rivojlantirişga bel boğlaganmiz, — dedi vazir maslahatçisi, öşa yillarda Içki işlar vaziri bölgan general-polkovnik Zokirjon Almatov gazeta yubileyi munosabati bilan bergan intervyusida. — Eng birinçi navbatda, tahririyat xodimlariga yetarli darajada şart-şaroitlar yaratib berişimiz kerak edi. Şu orqali vazirlik gazeta-jurnallari sifatli, öqişli çiqişiga erişiş maqsad qilingandi. Aytiş kerakki, hozirgi davrga yetib kelişdagi jarayonlar oson keçmagan. Bugun çop etilayotgan turli janrdagi maqolalar bilan tanişarkanman, yorqin ranglar, çiroyli dizaynlar va ularning sifati yaqqol eʼtiborimni tortib, öşa paytdagi mehnatlarimiz besamar ketmaganligidan iç-içimdan xursand bölaman.

Haqiqatan ham, ötgan davr içida “Postda — Na postu” gazetasi keng jamoatçilikning naşriga aylandi. Ayni kunda gazeta 45 000 dan oşiq nusxada çop etilsa-da, kuzatişlar naşrning 300 mingdan ortiq auditoriyasi borligini körsatmoqda.

Albatta, “Postda — Na postu” gazetasining yuqori adadda izçil naşr etilib, öquvçilar qöliga muntazam yetib borişida uning muassisi — Içki işlar vazirligining alohida xizmati bor. Çunki bosma naşrlar judayam oğir ahvolga tuşib qolgan hozirgi vaziyatda muassis eʼtibor qilmasligi oqibatida unça-munça gazetalar yopilib ketyapti. Masalan, oxirgi yillarda moddiy qiyinçilik tufayli ne-ne öqişli gazetalar faoliyatini yakunladi, qançasi mablağ yöqligidan vaqtinça töxtatib qöyilgan, neçtasi ikki haftada yoki oyda bir marta zörğa çiqyapti. Sababi, muassislar eʼtibor qaratmayapti.

Içki işlar vazirligining eʼtirofga sazovor xizmati şundaki, neça yildan buyon gazeta tirajini tuşirmasdan, doimiy çiqişini taʼminlab kelmoqda. Içki işlar vazirligi birlaşgan tahririyati tarkibida 1998 yilda taʼsis etilgan “Qalqon — Щit” jurnali ham har oyda 15 ming nusxada muxlislar qöliga yetib bormoqda. Bu — muassis tahririyatga özining farzandidek alohida eʼtibor, otalarça mehr bilan qaraşidan dalolatdir. Öquvçilar köngliga yöl topib, yuqori adadda tarqalayotgan “Postda — Na postu” gazetasi erişayotgan bunday muvaffaqiyatlar “Bosma naşrlar öladi” deya jar solayotgan ayrim kimsalarning fikri puçligini isbotlab, jurnalistlarga umid bağişlamoqda.

Mazkur naşrning boşqa gazetalardan farq qiladigan öziga xos jihatlaridan biri şundaki, maqolalardagi qahramonlar kim bölişi, unvoni va lavozimidan qatʼi nazar, ularning insoniy fazilatlari alohida yoritiladi. Bu esa içki işlar xodimlarining odamiylik va insonparvarlik qiyofasini yaratişda muhim rol öynaydi.

Şu örinda qayd etiş joizki, yaqin-yaqingaça Içki işlar tizimiga nisbatan fikrlar ijobiy emas edi. Çunki sobiq Ittifoq davrida tizim xodimlari xalq ongida faqat jazolovçi organ sifatida salbiy obraz yaratgan edilar. Gazeta mana şu stereotipni ijobiy tomonga özgartirişga imkon qadar munosib hissa qöşmoqda. Yaʼni, tahririyat xodimlari tizimda faoliyat körsatayotgan şunaqa qahramonlarni topyaptiki, jonkuyar, öz kasbiga sadoqatli xodimlar haqida yozib, ularni örnak qilib körsatyapti. Natijada aholi içki işlar xodimlarining himoyaçi sifatidagi yangi qiyofasini, imijini yaratyapti.

— Uşbu gazeta, ayniqsa, içki işlar organlarida olib borilayotgan yangilaniş va özgarişlarni yoritişda, xodimlarimiz va ular oila aʼzolarining dunyoqaraşini kengaytiriş, siyosiy, maʼnaviy, huquqiy bilim va salohiyatini oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda, — dedi Özbekiston Içki işlar vaziri, general-mayor Aziz Taşpulatov asr bilan yuzlaşayotgan naşrning xizmatini eʼtirof etarkan. — Xodimlarning yurt tinçligi va xalqimiz osoyiştaligini taʼminlaş borasidagi maşaqqatli faoliyati, quvonç va taşvişlari, ular erişgan yutuqlar, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş yölida jon fido qilgan mard öğlonlarning yorqin xotirasi, isteʼdodli xodimlarning ijod namunalari — bularning barçasi gazeta sahifalarida öz aksini topgan, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz.

Gazetaning bugungi kundagi yutuqlari, avvalo, boş muharrir Bernora Sodiqovaning taşabbuskorligi, masʼuliyati, kasbga bölgan mehri bilan ham bevosita va bilvosita boğliq. Ayol kişi bölişiga qaramay, u zimmasidagi masʼuliyatli vazifani nafaqat professional jurnalist, balki Içki işlar vazirligi polkovnigi sifatida maqsadga arzigulik darajada olib bormoqda. Uning yangilikka intilişi va ğayrati tufayli tahririyat zamonaviy talablarga juda tez moslaşmoqda: ayni paytda gazetaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari juda köp muxlislar tomonidan öqilayotgani ham fikrimizning dalilidir.

Rostdan ham, bugun odamlar matbuotdan uzoqlaşib, virtual olamda “yaşamoqda”. Axborot uzatişda ijtimoiy tarmoqlar, internet saytlari yetakçilik qilmoqda. Ammo “Postda — Na postu” gazetasi şunday vaziyatda öquvçilarini yöqotmagan, matbuotning kuçini his qildirayotgan, dolzarb, oğriqli mavzularni bemalol olib çiqayotgan sanoqli naşrlardan biridir.

Taʼkidlaş joiz, Bernora Sodiqovaning taşabbuskorligi tufayli gazeta turli ijodiy tanlovlarda ham faol qatnaşib keladi, tahririyat ijodkorlari “Oltin qalam”, “Eng uluğ, eng aziz”, “Yilning eng faol jurnalisti” singari nufuzli tanlovlarda sovrinli örinlarni qölga kiritgan. 2021-2022 yillarda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi bölib işlagan paytimda “Postda — Na postu” gazetasi xodimlarining faolligiga bevosita guvoh bölganman. Ularning Uyuşma tomonidan ötkazilayotgan tanlovlarda ketma-ket ğoliblikka sazovor bölayotganiga eʼtiroz bildiruvçi qönğiroqlar bölganida, tanlov hakamlar hayʼati raisi Salim Doniyorovga “Ğoliblikni faqat “Postda — Na postu” gazetasi ijodkorlari qölga kiritayotganidan norozi bölişyapti” dedim, u: “Ijodi zör bölganidan keyin, oladi-da!” deya qisqa qilib javob bergani esimda.

Şunday qilib, “Postda — Na postu” gazetasi 95 yildan buyon xalqimiz bilan hamnafas, hamqadam.

Olimjon ÖSAROV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi, filologiya

fanlari nomzodi, dotsent.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan