Oliy taʼlim: Yangilaniş ruhida

Urganç davlat pedagogika institutida salohiyatli mutaxassislar tayyorlanmoqda

Yoş avlodni har tomonlama barkamol, vatanparvar va zamonaviy bilimlarga ega qilib tarbiyalaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri. Taʼlim sifatini oşiriş, zamonaviy öquv dasturlarini joriy etiş, öqituvçilarning kasbiy salohiyatini kuçaytiriş, ilmiy-tadqiqot işlarini qöllab-quvvatlaş hamda xalqaro tajriba asosida pedagogik innovatsiyalarni keng joriy etiş borasida qator muhim çora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda. Davr pedagogik faoliyatga zamonaviy yondaşuv, metodik yangiliklar, şaxsga yönaltirilgan taʼlim tizimi va raqamli texnologiyalarni integratsiya qilişni talab etmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlim tizimini takomillaştirişga qaratilgan qaror va farmonlari, xususan, pedagogik kadrlar tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş, innovatsion loyihalarni kengaytiriş, akademik erkinlikni taʼminlaşga qaratilgan hujjatlar pedagogika sohasining rivojlanişida muhim bosqiç bölib xizmat qilmoqda. Urganç davlat pedagogika institutida ham olib borilayotgan öquv, ilmiy, madaniy, sport va xalqaro hamkorlik yönalişlaridagi yutuqlar bu sohadagi islohotlarning kiçik amaliy natijalaridan biri deyişimiz mumkin. Institutda taʼlim sifatini oşiriş, xalqaro hamkorliklarni yanada mustahkamlaş, talabalarning ijtimoiy faolligini kuçaytiriş va milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiya tizimini şakllantiriş böyiça olib borilayotgan işlar eʼtiborga loyiqdir.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini oşiriş va pedagog kadrlar tayyorlovçi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga asosan bugungi kunda Urganç davlat pedagogika institutining kunduzgi taʼlim şaklida tahsil olayotgan 2-3-bosqiç talabalari uçun haftalik öquv maşğulotlari “4+2” tartibida, yaʼni darslarning 4 kuni institutda, 2 kuni maktabgaça va umumiy örta taʼlim muassasalarida amaliyot ötaş tartibida olib borilmoqda. Hozirda institut talabalari viloyatdagi  368 ta davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti, 542 ta umumtaʼlim maktabi va 11 ta ixtisoslaşgan maktabda amaliyot ötaş imkoniyatiga ega. Institutdagi 19 ta taʼlim yönalişining barçasi umumiy örta taʼlim maktablarining öquv rejasidagi fanlarga mos holatda. Bu yondaşuv pedagogik taʼlim sifatini oşirişda muhim qadam bölib, bölajak öqituvçilarda kasbiy könikmalarni şakllantiriş, dars jarayonini boşqariş, pedagogik vaziyatlarga töğri yondaşiş kabi muhim jihatlarni egallaş imkonini beradi. Eng asosiysi “4+2” tizimi taʼlimda nazariya bilan amaliyot uyğunligini taʼminlab, talabalarni maktab muhiti bilan yaqindan taniştiradi. Bu esa ularni kelgusida malakali, masʼuliyatli va zamonaviy talabga javob beradigan pedagog kadrlar sifatida şakllantirişda muhim örin tutadi.

Urganç davlat pedagogika institutida hozirgi kunda 19 ta taʼlim yönalişi va 11 ta magistratura mutaxassisligi böyiça kadrlar tayyorlanmoqda. Kafedralar professor-öqituvçilari tomonidan dunyoning “Top-300” taligiga kiruvçi öndan ortiq xorijiy oliy taʼlim muassasalarining öquv reja va dasturlari tahlil qilinib, ularga asosan institutdagi taʼlim yönalişlarining yuzga yaqin öquv reja va dasturlari takomillaştirildi. Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti, AQŞning Garvard universiteti, Stanford universiteti, Massaçusets texnologiya instituti, Texas davlat universiteti, Şotlandiyaning Yedinburg universiteti, Rossiyaning Moskva davlat universiteti, Portugaliyaning Porto universiteti dasturlari tahlil qilinib, yangi fanlar kiritildi, şuningdek, öquv rejalaridagi fan mavzulari mazkur oliy taʼlim muassasalari dasturlari asosida takomillaştirildi.

Institutda ilmiy va innovatsion faoliyatni tizimli yölga qöyişda ilmiy salohiyatni oşiriş va yoşlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qiliş, professor-öqituvçilarning tadqiqot natijalarini naşr etiş, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim faoliyati samaradorligini oşiriş, tadqiqot natijalarini tijoratlaştiriş, ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar natijalarining amaliyotga tatbiqi, professor-öqituvçilarning ilmiy faoliyatini rağbatlantiriş, ilmiy loyihalar, xalqaro grant va investitsiya loyihalari hamda ilmiy işlanmalarning amaliyotga joriy etilişiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2026 yilda ilmiy salohiyatni 40 foizga yetkaziş kutilmoqda. Bugungi kunda oliy taʼlim muassasasida 7 ta ixtisoslik böyiça 150 ga yaqin tayanç doktorant va mustaqil izlanuvçilar tadqiqot işlarini olib bormoqda.

2025 yilda kompleks rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar dasturida bajarilişi kerak bölgan maqsadli körsatkiçlar böyiça tizimli işlar davom ettirilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etiş mexanizmlarini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida institut innovatsion jamğarmasiga kafedra professor-öqituvçilari tomonidan ilmiy-innovatsion işlarni tijoratlaştiriş asosida soha buyurtmaçilari (umumtaʼlim maktablari, maktabgaça taʼlim muassasalari, maxsus maktablar) talablariga köra taʼlim xizmatlari körsatiş yölga qöyilgan. Ötgan öquv yillari davomida professor-öqituvçilar tomonidan jami 1000 ga yaqin naşr işlari amalga oşirildi.

Yurtimizda taʼlimning işlab çiqariş va ilm-fan bilan integratsiyasiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Urganç davlat pedagogika institutida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi “2022-2026 yillarda Özbekiston Respublikasining innovatsion rivojlaniş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi Farmoniga asosan institut hamda respublika innovatsion faoliyat infratuzilma subʼyektlari (texnologik parklar, texnologiyalar transferi markazlari, innovatsion klasterlar, vençur fondlar, innovatsiya markazlari, biznes-inkubatorlar va akselerator) hamkorligida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş markazi (TIQQM), “Innovation Center”, “Modern educators” kovorking markazlari taşkil etilgan.

Institut qisqa vaqt içida xalqaro maydonda özining mustahkam örnini topişga erişmoqda. Oliy taʼlim muassasasi öz faoliyatini zamonaviy ilmiy yondaşuvlar, ilğor xorijiy tajribalarni örganiş va joriy etiş, professor-öqituvçilarning salohiyatini oşirişga qaratgan bölib, bu borada xalqaro aloqalarni kengaytirişga alohida eʼtibor bermoqda. Institut “UI GreenMetric” xalqaro universitetlar reytingi, “Times Higher Education” xalqaro “Top-1000” talik universitetlarni baholovçi reyting taşkiloti hamda Yevroosiyo pedagogika universitetlari assotsiatsiyasiga aʼzo taʼlim muassasasi sifatida kiritildi. Institut tomonidan 14 ta xorijiy davlatdagi oliy taʼlim muassasalari va taşkilotlar bilan jami 50 dan ortiq hamkorlik memorandumlari imzolangan.

Yaqinda Buyuk Britaniyaning London şahrida “Özbekiston — Buyuk Britaniya taʼlim forumi” doirasida Urganç davlat pedagogika instituti va Norviç til öqitiş instituti (“Norwich Institute for Language Education”) örtasida öquv jarayonlari va ilmiy sohadagi yönalişlar böyiça hamkorlik şartnomasi imzolandi.

Mazkur hamkorliklar natijasida ilmiy-amaliy anjumanlarni taşkil etiş, professor-öqituvçilarning malaka oşiriş va stajirovka amaliyoti, professor-öqituvçilar hamda talabalar almaşinuvi, ikki diplomli tizim asosida kadrlar tayyorlaş borasida jadal işlar olib borilmoqda.

Institutda kadrlar salohiyatini oşiriş borasida ham tizimli işlar amalga oşirilmoqda. 2023 yilda 10, 2024 yilda 20, hamda 2025 yilda 30 ga yaqin professor-öqituvçilar hamkor xorijiy nufuzli universitetlarda malaka oşirdi hamda stajirovka dasturlarida iştirok etdi. Mazkur oliygohlar orasida “Top-1000” talikka kiruvçi oliy taʼlim taşkilotlari salmoqli örinni egallaydi. Bu öz navbatida öqituvçilarning xorijiy zamonaviy pedagogik va ilmiy yondaşuvlarni özlaştirişiga, talabalarga berilayotgan taʼlim sifatini oşirişga xizmat qilmoqda.

Institutda xorijiy tajribani töğridan-töğri öquv jarayoniga joriy etiş maqsadida xorijiy professorlar hamda soha mutaxassislarini jalb qiliş faoliyati tizimli yölga qöyilgan. 2024 yilda Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston va Qozoğistondan 9 nafar, 2025 yilda 11 nafar xorijiy professor hamda soha mutaxassislari institut dars jarayoniga jalb qilingan. Bu — talabalarni xalqaro standartlarga mos ravişda tayyorlaş imkonini bermoqda.

Institutning xalqaro maydondagi faoliyatining yana bir muhim yönalişi — ilmiy anjumanlar, forumlar va simpoziumlardagi iştirokidir. 2024 yilda 20 nafar, 2025 yilda esa 26 nafar professor-öqituvçi va olimlar Buyuk Britaniya, AQŞ, Indoneziya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Xitoy, Janubiy Koreya, Qozoğiston, Turkmaniston, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Birlaşgan Arab Amirliklarida taşkil etilgan ilmiy-amaliy tadbirlarda faol iştirok etdi. Bu kabi tadbirlarda iştirok etiş nafaqat ilmiy hamkorlikni rivojlantirişga, balki institut nufuzini xalqaro darajada tanitişga ham xizmat qilmoqda.

Şuningdek, institutga taşrif buyurayotgan xorijiy delegatsiyalar soni ham yildan-yilga ortib bormoqda. 2024 yilda 28 nafar, 2025 yilda 30 nafar Ispaniya, Singapur, Afrika, Buyuk Britaniya, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Qozoğiston, Turkiya, Ozarbayjon, Hindistondan xorijiy delegatsiya vakillari institutga taşrif buyurişdi. Uşbu delegatsiya tarkibida xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar hamda xalqaro taşkilotlar vakillari mavjud bölib, ular institut faoliyatiga ijobiy baho bermoqda, ilmiy-amaliy anjumanlarda faol iştirok etmoqda, şuningdek, kelgusi özaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilmoqda.

Şuningdek, hozirda xorijiy taʼlim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş maqsadida xorijiy talabalar uluşini bosqiçma-bosqiç oşirib boriş işlari olib borilmoqda. Bunda xalqaro talabalar anjumanlarini ötkaziş va ularda xorijiy talabalar iştirokini taʼminlaş hamda xorijiy davlat OTMlari va konsulliklari bilan hamkorlikda talabalarni jalb etiş kabi vazifalar belgilangan.

Institutimizning xalqaro maydondagi faol iştiroki Yangi Özbekiston oliy taʼlim tizimining globallaşuv yölidagi izçil harakatlari, şuningdek, institut rahbariyati va jamoasining fidokorona mehnatining yorqin ifodasidir.

Institutda yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil qiliş maqsadida 2024-2025 öquv yilida 700 dan ortiq maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy, turli sport va intellektual tadbirlar taşkil qilingan. Xususan, “5 taşabbus markazi”, “Yoşlar markazi”, “Şaxmat xonasi”, “Galereya”, “Gandbol zali”, “Yoş sportçilar”, “Çevar qizlar”, “Yoş kitobxon”, “Zakovat”, “Muşoira” klublari, “Xorazm aşula va raqs ansambli”, “Nihol” talabalar teatr studiyasi, şuningdek, “Sport klubi” va sport yönalişida 13 ta sport seksiyalari faoliyati yölga qöyilgan.

Mazkur öquv yilida institut talabalari xalqaro va respublika miqyosidagi bir qator körik-tanlovlarda iştirok etib, faxrli örinlarni egalladi. Xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalarida 4 nafar talaba ğoliblikni qölga kiritdi hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va boşqa nomdor davlat stipendiyalariga tanlov natijasida 2 nafar talaba Navoiy nomli, 1 nafar talaba Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor böldi. Şuningdek, 1 nafar talaba “Viloyat hokimi stipendiyasi”ni qölga kiritdi. Institutda 57 nafar iqtidorli talaba xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlar, forum va simpoziumlarda faol iştirok etib, turli sovrin va yutuqlarni qölga kiritgan bölsa, 82 nafari jahon va respublika çempionatlarida oltin, kumuş va bronza medallariga sazovor böldi.

Bugungi globallaşuv, raqamli transformatsiya va bilimga asoslangan jamiyat sari intilayotgan dunyoda pedagogik taʼlimning roli va masʼuliyati tobora ortib bormoqda. Bu jarayonda mamlakatimizda olib borilayotgan izçil va tizimli islohotlar pedagogika sohasini tubdan yangilaş, uni zamon talablariga moslaştirişga qaratilgan. Taʼlim tizimining barça böğinlarida, ayniqsa, oliy taʼlimda sifat va natijadorlik mezonlari asosida boşqaruvni taşkil etiş, yangiça yondaşuvlarni joriy etiş, xalqaro standartlarga uyğun taʼlim muhitini şakllantiriş kabi ustuvor yönalişlar asosiy mezonga aylangan.

Urganç davlat pedagogika instituti uşbu islohotlar jarayonining faol iştirokçisiga aylanib, köplab ijobiy natijalarga erişib kelmoqda. Institutda öquv jarayonini takomillaştiriş, ilğor texnologiyalarni tatbiq etiş, innovatsion yondaşuvlarni joriy etiş borasida amalga oşirilayotgan işlarda yangilaniş ruhini yaqqol köriş mumkin. Professor-öqituvçilar tarkibining ilmiy salohiyati, tajriba almaşinuvi, xorijiy hamkorlikdagi loyihalarning kengaytirilişi, talabalar uçun yaratilayotgan şaroitlar, ilmiy izlanişlar uçun motivatsion muhitning şakllantirilişi institutning öz oldiga qöygan maqsadlariga qatʼiy va bosqiçma-bosqiç erişayotganini körsatadi.

Bundan taşqari, institutda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni mustahkamlaş, yoşlarning ijtimoiy faolligini oşiriş, ularni yot ğoyalar taʼsiridan himoya qiliş, ijtimoiy loyihalar, madaniy-maʼnaviy tadbirlar, sport musobaqalari va innovatsion taşabbuslar orqali har tomonlama kamol topgan şaxsni tarbiyalaş yölida ham tizimli faoliyat yuritilmoqda. Bu esa taʼlim-tarbiya birligiga asoslangan yondaşuvlarning hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilayotganidan dalolat beradi.

Feruza MADRAHIMOVA,

Urganç davlat pedagogika

instituti rektori,

pedagogika fanlari doktori,

dotsent.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan