Çustiy mahallasidagi özgarişlar

Toşkent şahar, Olmazor tumanidagi bir mahallaga taniqli şoir Çustiyning nomi berilgan. Mazkur mahallada turli yillarda rais bölib işlagan kişilarni bilaman. Ularning ayrimlari hatto Çustiy kitoblarini ham öqimagan edilar. “Şoir bölgan. Ammo-lekin yozganlarini öqimaganmiz”, der edilar. Sohib Mirzayev mahalla fuqarolar yiğini raisligiga saylanganidan keyin menga: “Siz şoirsiz. Çustiy ijodini tuzuk anglaysiz. Şu töğrisida maʼlumot bering”, dedi.

Sohibjon mahallamizga köçib kelganiga beş yilça böldi. Injener oilasida tavallud topgan. Toşkent davlat politexnika instituti (hozirgi Toşkent davlat texnika universiteti)ning kimyo-texnologiya fakultetini bitkazgan. Poytaxtimizdagi işlab çiqariş korxonalarida işlagan. Keyin öz sohasi böyiça tadbirkorlik bilan şuğullangan. Ikki nafar farzandi bor. Rafiqasi bilan birgalikda ularni tarbiyalab, uyli-joyli qilgan. Uç nafar nevaraning bobosi.

Adabiyotga qiziqişini payqab, “Ana endi mahalla işonçli qöllarga ötibdi”, deb öyladim. Oçiğini aytsam, şahrimizda yaşayotgan ayrim mahalla rahbarlari şoirlarni umuman tanimaydilar, kitoblarini varaqlab ham körmaganlar. Sohibjonga qarata Çustiy ijodidan bir-ikki namuna öqidim:

 

Kimki öz qadrini bilmas, bilmas odam qadrini,

Odam ermas bilmasa har kim bu olam qadrini.

 

Aylanib suv ustida oqqan somon yangliğ kişi,

Qolmagay girdobi ğamda bilsa bu dam qadrini.

 

Ey bahor elçisi, boğda tutma pandingni dariğ,

Yaxşi bilsin subhidam gul bargi

şabnam qadrini.

— Juda maʼnoli satrlar ekan, — dedi suhbatdoşim. — Haqiqatan ham, özining qadrini bilmagan boşqalarning qadrini bilmaydi-da. Demak, u odam qatoriga kirmaydi.

— Suv ustida oqqan somonga öxşar ekan unaqa kişi, — dedim. — Somon parçasini girdob öz domiga tortib ketaveradi.

Sohibjon xiyol öylanib turdi-da, uçinçi baytni öziça şarhladi:

— Bahor elçisiga şoir murojaat qilyapti: boğda pandingni dariğ tutma, toki tongda gul bargi şabnam qadrini bilsin. Bu yerda şabnam beğuborlik timsoli emasmi?

— Xuddi şunday. Çustiy domla Alişer Navoiy ijodini mukammal bilgan ekanlar. Aynan şuning uçun ham 1939 yilda uni Çustdan Toşkent şahriga işga taklif qilganlar. Çustiyning asl ism-familiyasi Nabixon Xöjayev bölgan. U 1904 yilda Çust şahrida tavallud topgan. Tuğilib-ösgan şahrining nomini taxallus sifatida tanlagan. Mana, biz ham u tufayli Çust şahri nomini aytib turibmiz. Namanganning eng maşhur göşasi. Çustiy domla 1983 yilda dunyodan ötgan. Şu yerliklar ham uni tanigan, körgan bölişi mumkin. Muqimiy teatrida direktor bölib işlaganida aktyorlar orasida dovruq taratgan.

— Şunday maşhur insonni hozirgi yoşlar unçalik tanimaydi. Maʼrifiy tadbirlar ötkazişimiz kerak ekan bu haqda.

Sohib Mirzayev mahalla raisi vazifasida iş boşlaganiga endigina tört oy böldi. Şu qisqa vaqt oraliğida u köplab tadbirlarni amalga oşirdi. Jumladan, mahallaga kiraverişda yangi beton ustunlar va yoritkiç çiroqlar örnatildi. Köp qavatli uylarning tom qismi qayta taʼmirlandi. Mahalla hududiga 2500 dan ziyod gul va turli xil köçatlar ötqazildi. Navröz bayramida qozonda halim tay­yorlanib, kam taʼminlangan oilalarga, qariyalarga tarqatildi. Bolalar bayramiga atab tadbir ötkazildi. Beğubor kiçkintoylar şunda nihoyatda şod böldilar. Qurbon hayiti bayramida esa mahalladagi ehtiyojmand kişilarga turli mahsulotlar berildi.

Bu manzilga kelgan mehmonlar tomonidan Çustiy mahallasidagi fayz va ozodalik haqida samimiy, iliq sözlar aytildi.

“Hamjihatlikda qilgan işlarimiz natijasida “Namunali mahalla” degan eʼtirofni qölga kiritdik, – deya quvonadi Sohib aka. — Biz mahallada maʼnaviyatni taraqqiy ettiriş borasida qayğurişimiz kerak ekan, – dedi u.

Darhaqiqat, şunday. Agar odamlar öz qadr-qimmatini bilmas ekanlar, boşqalarni ham qadrlamaydi. Bizningça, Çustiy nomli mahalla raisi Sohib Mirzayevdan köp narsa kutişga haqlimiz. Çunki u işni şoir Çustiy ijodini tarğib etişdan boşlamoqda.

Komil JUMANIYOZOV,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan