“Yuksaliş” harakati raisi – Bobur BEKMURODOV: “Muammolar yeçimini topişga kömaklaşiş – asosiy vazifamiz”
Islohotlar rivojlaniş sari taşlangan qadamdir. Ular negizida xalq manfaatlari va himoyasini taʼminlaşdek ustuvor vazifalar ilgari suriladi. Uşbu xayrli işlarni amalga oşirişda bir qator taşkilotlar asosiy ijroçi, kömakdoş hisoblanadi. Bulardan biri 2019 yildan beri Özbekistonda faoliyat yuritayotgan “Yuksaliş” harakatidir. Bugun biz uşbu harakatning faoliyati bilan yaqindan tanişiş maqsadida taşkilot raisi Bobur Bekmurodov bilan suhbatlaşdik.
— “Yuksaliş” harakatining nima iş bilan şuğullanişini hamma ham bilavermaydi. Barça uçun muxtasar tarzda uşbu harakat faoliyati haqida tuşunça berib ötsangiz. Şuningdek, keyingi paytlarda sizlar amalga oşirgan işlar haqida ham qisqaça sözlab bersangiz.
— “Yuksaliş” harakati öz nomi bilan jamiyatni yuksaltiriş, davlat organlarini islohotlarda qöllab-quvvatlaş, progressiv yuksaliş ğoyalarini jamiyatimizga, mamlakatimizga olib kelişda xizmat qiladigan taşkilot desak böladi. Bizning faoliyat yönalişlarimiz ham “Yuksaliş” nomi bilan bevosita boğliq.
Harakatning faoliyatiga töxtalsak, birinçi navbatda mamlakatimiz rahbarining olib borayotgan keng kölamli islohotlariga jamoatçilikni, odamlarni jalb qiliş, uning asl mohiyatini tuşuntiriş, davlatning strategiyasi doirasida kelgusida erişmoqçi bölgan maqsadlari haqida xalqimizga axborot beriş bizning asosiy vazifalarimizdan hisoblanadi.
Odamlar bilan muloqot qiliş, jamoatçilikka batafsil axborot beriş, islohotlarning oçiqligi va şaffofligi — bu yangilik desak ham böladi. Bilamizki, bundan biroz ilgari davlatimizda yopiqlik siyosati mavjud edi. Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rahbar bölib kelganlaridan söng oçiqlik tamoyillari hamma jabhada joriy etila boşladi. Şundan söng davlat uçun özining sözini jamoatçilikka yetkazişga institutlar, maydonlar kerak böldi. Bunda “Yuksaliş” harakati maydon sifatida faoliyat olib bormoqda.
Bizda jamoatçilik nazorati ham mavjud va u joylarda islohotlarning qanday yösinda borayotgani va ularga xalqning munosabati qandayligini örganadi, Prezident topşiriqlari hududlarda amaldorlar tomonidan töğri bajarilayotganini ham nazorat qiladi.
Har oyda respublika miqyosida kamida 2-3 ta tadqiqot va monitoringlar ötkazamiz. Xalqimizni qiynayotgan masalalar, içimlik suvi muammolari, yöllar, maktablar, tibbiyot muassasalarining qurilişi va faoliyatidagi qonun ijrolari qanday bajarilayotganini doimiy örganib boramiz. Natijalarni Prezident Administratsiyasiga, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasiga tanqidiy şaklda kiritib turamiz.
Şuningdek, biz “Aql markazi” sifatida ham faoliyat yuritamiz. Jamiyatni qiynayotgan turli muammolarni davlat va jamiyatning kun tartibiga olib çiqamiz, yaʼni maʼlum bir muammoni çuqur örganib, şu asosda maqbul bölgan yeçimlarni tegişli taşkilotlarga beramiz.
Şu bilan birga, jamoat taşkiloti sifatida xayriya işlarini ham olib boramiz. Masalan, ikki yil avval “Hayot ulaş” aksiyasini boşlagan edik. Bunda 10 ta hududda quduqlar qaziş va odamlarga suv yetkaziş işlarini olib bordik. Bunda tadbirkorlar, homiylar kömak bölişdi. Bilasizmi, bizning özbek xalqimiz juda ham köngli oçiq, saxiy el. Biz şunday fikrga keldikki, Özbekistonda mavjud suv bilan boğliq muammolarni bartaraf etsak, suv inşootlarini qursak, xalqimizga suv yetkazib bersak, ularning oğirini yengil qilgan bölamiz, degan niyatda uşbu loyihani eʼlon qilgan edik. Yana bir loyihamiz — “Biz donormiz” aksiyasi bölib, 2 yildan buyon ötkazib kelinmoqda. Biz Respublika qon quyiş markazi va boşqa hamkorlar bilan birgalikda uşbu aksiyani eʼlon qilgandik. Yilda uç-tört marta ötkaziladi. Birinçi yilda 500 litr qon yiğilgan edi. Ayni paytda esa “Yaşil makon” nomli umummilliy loyihani olib bormoqdamiz.
— Maʼlumki, yurtimizda taʼlim-tarbiyaga juda katta eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, örta maktablardagi taʼlim-tarbiya sifatini oşiriş yuzasidan keng kölamli islohotlar olib borilayotir. Bu borada “Yuksaliş”ning örni va vazifalari qanday bölyapti?
— Biz odamlarni qiynayotgan barça sohalarda ularga kömak berişga harakat qilamiz. Şuningdek, taʼlimda ham. Bizning taʼlim borasidagi eng muhim vazifamiz — “Taʼlim töğrisida”gi qonun ijrosini taʼminlaşga hissa qöşiş. Umuman, taʼlim doirasidagi jamiki qonunlar ijro etilişi şart va zarur. Masalan, joylarda pedagoglarga oid qonunlar yaxşi işlamaydi. Majburiy mehnat yoki “Open byudjet” dasturlariga öqituvçilar jalb qilinişi holatlari kuzatilmoqdami-yöqmi, biz buni nazorat qilib boramiz. Olingan natijalarni yuqori taşkilotlarga yetkazib turamiz. Yoki biror kapital taʼmirlanişi kerak bölgan maktab vaqtida foydalanişga topşirilmasa, noroziliklarga sabab böladi. Biz buni aniqlab boramiz.
Taʼlim bu — uzoq vaqt investitsiya qilinadigan va natijasi ham uzoq vaqtda bilinadigan sohalardan biri. Biz pedagoglarning mavqeini oşiriş, turmuş şaroitini yaxşilaş, yangi maktablar qurişga eʼtibor berişimiz kerak.
— Juda katta kölamda iş olib borilar ekan-ku. Bu faqat hisobot körinişida bölmasa, yaxşi. Yana bir mulohaza: qança baland inşootlar qurmaylik, qança yöllarni ravon qilmaylik, asosiy kuç odamlarning ilm olişida bölib qolaveradi. Sizningça, bugun yoşlarning neça foizi kitob öqiydi? Bu borada ham silar tomoningizdan birorta örganiş olib borilganmi? Gazeta-jurnallar mutolaasi böyiça-çi?
— Jamiyatning neça foizi kitob öqişi davlatning madaniy, ilmiy salohiyatini ifodalaydi. Rivojlangan mamlakatlarda kitob öqiş foizi rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan yuqori böladi. Jamiyatimizda “Kitob öqib kim bölar eding?” kabi qaraşlar ham bor. Lekin kitob öqiş orqaligina biz dunyoqaraşi keng, qadriyatlari mustahkam bölgan jamiyatni yarata olamiz. Kitob öqiş orqaligina jamiyatda tolerantlik, töğri yölni tanlay biliş, halollik kabi qadriyatlar şakllanadi. Oçiq aytiş kerak, bizda kitob öqiş darajasi maqtangulik emas. Ammo qaraşlar özgarmoqda. Yurtboşimizning kitob öqiş böyiça tanlovlar, musobaqalar ötkazilişini eʼlon qilganliklari muhim qadam böldi. Kitob öqigan yoşlarga avtomobil berilayotganligi ijobiy tendensiyalardan biridir. Bugungi jadal taraqqiyot kitob öqigan odam jamiyatda öz örnini topişini isbotlamoqda. Kitob insonning har bir sohada yetuk va kerakli kadr bölişida muhim manba.
Endi gazeta-jurnallarga töxtalsak. Dunyoda gazetalardan çuqurroq ilmiy bilim olişga intilgan odamlar foydalanadi. Masalan, “Washington Post” jiddiyroq mavzularni topiş uçun öqişsa, yangiliklar uçun ulardan foydalanmaysiz, ijtimoiy tarmoqlardan topasiz. Hozirda nafaqat bosma naşrlarni, balki tezkor xabarlar uçun internet naşrlarni ham öqib boriş kerak. Hozirda gazeta va jurnallar ham raqamlaşmoqda. Masalan, biror maqolani saytdan pulga sotib olib öqiş mumkin. Zamonga moslaşiş kerak. Bizdagi naşrlar ham tezroq raqamlaşgan tizimga ötişi kerak.
— “Yuksaliş” harakatining özi qaysi naşrlarga obuna bölgan?
— Biz özimiz har oyda obuna körinişida bölmasa ham, markaziy naşrlar bilan tanişib boramiz. Özbekistonda gazeta-jurnallarning rivojlanişi tarafdorimiz.
— Demak, taşkilot birorta gazetaga obuna bölib öqib bormas ekan-da?
— Obuna bölganmiz, lekin köp emas. Aytamiz (yordamçisini körsatib), sizga maʼlumot berişadi. (Rahbar yordamçisi ham yelka qisib qöydi, xalos. Demak, tuşunarli G.I.)
— Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda sizning Rossiyada işlayotgan yurtdoşlarimizni kamsitiş holatlariga jiddiy munosabatingiz eʼlon qilingan edi. Buni olqişlaymiz. Haqiqatan ham, mehnat muhojirlariga bölgan tahqirlovçi munosabatlarga jim qarab turiş kerak emas. Bizning yurtda esa aksinça, bunday narsalar mutlaqo uçramaydi. Sizningça, bunday ikki xil munosabatga sabab nimada?
— Maʼlumki, Özbekiston Rossiya bilan ittifoqçilik, mustahkam döstlik munosabatlarini örnatgan. Biz uçun bu davlat ham anʼanaviy, ham manfaatli hamkor. Buni heç kim inkor qila olmaydi. Turli davlatlarda taşkilotlar, amaldorlarning xorijdan kelgan migrantlarga munosabatlari yomon ekanligining guvohi bölmoqdamiz. Xususan, Rossiya davlat idoralari bu borada iş faoliyatini qayta körib çiqişi kerak. Vatandoşlarimiz halol mehnati bilan pul topyapti va ularga nisbatan insoniy munosabat körsatiş tegişli davlatlarning yuridik majburiyati hamdir. Özbekiston esa bu borada dunyoga namuna böla oladi. Yurtimizga kelgan sayyohlar, mehmonlar va işçilarga doim yaxşi munosabatda bölinadi. Yaqinda Rossiyadan juda köplab işçilar keldi. Biz ularni “relakant” deb ataymiz. Ular turli sohalarda işlaşmoqda. Bizning jamiyatimizda ularga nisbatan salbiy qaraşlar yöq. Rus madaniyatini hurmat qilamiz. Mamlakatimizda yuzdan oşiq boşqa millatlar bilan, neça asrlarki, birga yaşab kelamiz. Özbekiston bağrikenglik borasida dunyoga örnak böla oladi.
— Taşkilotning kelgusi katta rejalari haqida töxtalib ötsangiz.
— “Yuksaliş” harakati kelgusi yilda ham öz faoliyatini jadallaştirib, yangi vazifalarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda. 2024 yil 26 avgustda qabul qilingan Prezident farmoniga köra, endilikda har yili jamoat kengaşlari faoliyati samaradorligi baholanadi. Uşbu tadqiqotlar natijalari “Yuksaliş” harakatining rasmiy manbalarida eʼlon qilinadi.
Şuningdek, “Özbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asraş va “yaşil” iqtisodiyot yili”da amalga oşiriş böyiça Davlat dasturi loyihasi yuzasidan respublika böylab 20 ta jamoatçilik muhokamasi, davlat dasturida belgilangan vazifalarning borişi hamda jamiyatda dolzarb bölib turgan mavzularda Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikda jamoatçilik eşituvlari, 8 ta mavzuli jamoatçilik monitoringi ötkaziş közda tutilgan.
Özbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantiriş va ijtimoiy tadbirkorlarga kömaklaşiş maqsadida 25 ta ijtimoiy tadbirkorlik loyihasini amalga oşirayotgan tadbirkorlarga mutaxassislarni jalb qilgan holda treninglar ötiş, “Hayot ulaş” aksiyasi doirasida 2 ta viloyatning çekka hududlarida aholini içimlik suvi bilan taʼminlaş uçun quduqlar qaziş, respublika böylab 2000 dan ziyod aholini içimlik suvi bilan taʼminlaş kabilar ham rejalaştirilgan.
Suhbatdoş: Guli IKROM qizi.
