Taraqqiyot, innovatsiya va xalq farovonligi sari muhim qadamlar
Şu yilning 1-2 may kunlari Prezidentimizning Xorazm viloyatiga qilgan navbatdagi taşrifidan keyingi öylar
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohalar va mahallalarda olib borilayotgan işlar bilan tanişiş, yangi obʼyekt va loyihalarni işga tuşiriş, şuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantiriş maqsadida Xorazm viloyatiga taşrifi xorazmliklar uçun unutilmas tarixiy kun hisoblanadi.
Boisi keyingi yillarda davlatimiz tomonidan amalga oşirilayotgan jamiki islohotlar inson va uning qadr-qimmati uçun xizmat qilayotganini bugun barçamiz öz hayotimiz misolida körib, anglab, his qilmoqdamiz.
Birgina Xorazm viloyatida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar natijasida uning har bir hududida yangiliklar, bunyodkorliklar va rivojlanişni köriş mumkin. Mamlakatimizda inson qadri uluğlangani sari viloyat ahlining öz turmuşidan roziligi oşmoqda.
Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev har safar Xorazmga taşrifi davomida belgilab bergan topşiriqlari asosida amalga oşirilayotgan işlar qadimiy va navqiron Xorazmning yangi qiyofasini şakllantirmoqda.
Xorazmga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning navbatdagi taşrifi şu yilning 1-2 may kunlari bölib ötdi.
Uşbu taşrifning asosiy maqsadi viloyatda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanişiş, yangi rivojlaniş istiqbollarini belgilaş va aholi farovonligini oşirişga qaratilgan saʼy-harakatlarni qöllab-quvvatlaşdan iborat edi. Prezidentning taşrifi davomida bir qator muhim taşabbuslar körib çiqildi, yangi loyihalarni boşlaşga doir körsatmalar berildi va viloyatni yanada rivojlantiriş yölida zarur çora-tadbirlar belgilandi. Taşrifda viloyatning iqtisodiy rivojlanişi, turizm salohiyati, qişloq xöjaligi, sanoatni modernizatsiya qiliş masalalari eʼtibor markazida böldi. Şuningdek, taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratildi, çunki taʼlim — zamonaviy rivojlanişning asosi hisoblanadi.
Prezident taşrifining dastlabki qismi Xorazmning aviaqatnovi sohasiga bağişlandi. Maʼlumki, Urganç xalqaro aeroporti yangi loyiha doirasida modernizatsiya qilinmoqda. Bu loyiha nafaqat viloyatning iqtisodiy ösişiga, balki turizm sohasining rivojlanişiga ham katta hissa qöşadi. Yangi loyiha aeroportning quvvatini oşiriş, yölovçilarga xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş va xorijiy investitsiyalarni jalb etiş uçun zarur bölgan barça infratuzilma şart-şaroitlarini yaratadi. Prezident bu loyihaning ahamiyatini taʼkidlab, loyihani amalga oşirişda xalqaro tajriba va yuqori malakali mutaxassislarning maslahatlariga tayaniş zarurligini qayd etdi.
Bundan taşqari, Urganç xalqaro aeroporti yaqinida joylaşgan Al-Xorazmiy şaharçasining qurilişi ham Prezident taşrifida alohida örinda turdi. Uşbu şaharça 130 gektar maydonda qurilmoqda va viloyatga kelgan mehmonlar uçun gözal bir maskan bölib xizmat qilişi kutilmoqda. Şaharçaning markazida al-Xorazmiy bobomizning haykali örnatilişi rejalaştirilgan bölib, bu nafaqat Xorazmning ilm-fan va madaniyatga bölgan eʼtiborini aks ettiradi, balki viloyatga taşrif buyurgan turistlar uçun mazmunli va tarixiy manzara yaratadi. Prezident uşbu haykalni nafaqat bunyodkorlik, balki maʼno jihatidan ham yanada takomillaştiriş zarurligini taʼkidladi va şaharçada yaşillikni köpaytiriş böyiça körsatmalar berdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga taşrifi davomida sanoatni rivojlantirişga doir köplab yangiliklar körib çiqildi. Xonqa tumanida yangi mebelsozlik sanoat zonasining taşkil etilişi viloyatning sanoat salohiyatini oşirişga xizmat qiladi. Uşbu sanoat zonasi Xorazm viloyatida yangi iş örinlari yaratiş, mahalliy işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş va yangi mahsulot turlarini işlab çiqariş imkoniyatlarini yaratiş maqsadida taşkil etilgan. Prezident taşrif davomida ustaxonalarda işlab çiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanişdi, mahsulotlar sifatini va dizaynini yuqori baholadi. Yurtboşimiz bu sohani yanada rivojlantiriş uçun yangi buyurtmalarni şakllantiriş, yangi turdagi mahsulotlarni mahalliylaştiriş zarurligini taʼkidladi.
Xorazm viloyatida qişloq xöjaligi va fermerlikni rivojlantirişga doir muhim taşabbuslar ham amalga oşirilmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev Xonqa tumanidagi “Sobirjon Yusuf” oilaviy fermer xöjaligida bölib, bu sohadagi faoliyatni yuqori baholadi. Fermer Oyimjon Otajonova bilan muloqotda uning mehnatsevarligi, innovatsion yondaşuvi va yoş avlodga bölgan masʼuliyatini taʼkidladi. Oyimjon Otajonova özining mehnati va xizmatlari uçun “Özbekistonda xizmat körsatgan qişloq xöjaligi xodimi” unvoni bilan taqdirlandi. Bu kabi rağbatlantirişlar fermerlikni rivojlantirişga, qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqarişni oşirişga va mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning taşrifi davomida taʼlim sohasiga bölgan eʼtibor alohida taʼkidlandi. Xorazm viloyatida taʼlimni yanada rivojlantiriş, yoş avlodga zamonaviy bilimlar beriş, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantiriş böyiça bir qator taşabbuslar körib çiqildi. Prezident, ayniqsa, viloyatdagi maktablar va oliy taʼlim muassasalarini zamonaviylaştiriş, öquvçilarga yuqori sifatli taʼlim berişning ahamiyatini taʼkidladi. Şuningdek, taʼlim muassasalarida yangi öquv texnologiyalarini joriy etiş, yuqori malakali pedagoglarni tayyorlaş, ilmiy izlanişlarni rağbatlantiriş va yoşlarni ijtimoiy faoliyatga jalb qiliş zarurligini qayd etdi.
Yoşlarning ilm-fan va texnologiyalarga bölgan qiziqişlarini qöllab-quvvatlaş va ularni xalqaro miqyosda yuqori malakali mutaxassislar sifatida tayyorlaş uçun yangi imkoniyatlar yaratiş maqsadida Xorazmda 2025-2026 öquv yilidan faoliyat boşlaydigan Al-Xorazmiy universiteti taşkil etiladi. U sunʼiy intellekt, aerokosmik muhandislik, matematika va informatika böyiça taʼlim beradi. Darslar özbek va ingliz tillarida, kredit-modul tizimida olib boriladi.
Universitetda 3 ta: matematika va informatika fakulteti, aerokosmik texnologiyalar muhandisligi fakulteti hamda sunʼiy intellekt fakulteti böladi. Ularda iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, sanoat, xavfsizlik, energetika va ekologiya kabi sohalar uçun mutaxassislar tayyorlanadi. Darslar özbek va ingliz tillarida, kredit-modul tizimi asosida olib boriladi. Qabulni 2025-2026 öquv yilidan boşlaş rejalaştirilgan. Jami talabalar soni 4−6 ming atrofida bölişi közda tutilgan. Davlat rahbari universitet hududi nafaqat taʼlim, balki Xorazmning tarixiy-ilmiy va turizm salohiyati bilan uyğun majmua bölişi kerakligini taʼkidladi.
Qayd etiş joizki, Al-Xorazmiy şaharçasi hududida Toşkentdagi Muhammad al-Xorazmiy maktabining filiali ham taşkil etiladigan böldi. Unga 4-sinf bitiruvçilari tanlab olinadi. Taʼlimning yakunlovçi 2 yili muhandislikka boşlanğiç tayyorgarlikka qaratiladi. Yaʼni, ixtisoslaştirilgan maktabning muhandislik taʼlim dasturlari Al-Xorazmiy universiteti bakalavriat taʼlim dasturlari bilan özaro integratsiya qilinadi. Muhandislik taʼlim dasturlarini lozim darajada özlaştirgan bitiruvçilarga öz öqişini uşbu universitetning tegişli bakalavriat taʼlim yönalişida 2-bosqiçdan davom ettiriş imkoni yaratiladi.
Davlatimiz rahbarining bu boradagi taşabbuslari taʼlim sohasini rivojlantirişga katta hissa qöşadi va yoşlarni zamonaviy bilimlar bilan taʼminlaş, ularning kelajagi uçun mustahkam asos yaratadi.
Xorazm viloyatining turizm salohiyati ham Prezident taşrifida alohida eʼtiborga olindi. Xiva şahrida oçilgan “Arda Xiva” xalqaro turizm markazi viloyatning turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirişga xizmat qilmoqda. Bu majmua, tarixiy Xiva şahrining qadimiy va zamonaviy arxitekturasini uyğunlaştirgan noyob loyiha bölib, turizm sohasida katta ahamiyatga ega. Prezident Şavkat Mirziyoyev majmua böylab yurib, bunyodkorlik işlarini közdan keçirdi, hunarmandçilik, badiiy va amaliy sanʼat körgazmalarini tomoşa qildi. “Arda Xiva” majmuasi, Xiva şahrining öziga xos tarixini va madaniyatini saqlagan holda, viloyatni dunyoga tanitişga yordam beradi.
Şuningdek, Prezidentimiz yoşlar bilan muloqotda bölib, ularning öqişdagi muvaffaqiyatlari, orzu-intilişlari haqida fikr almaşdi. Yurtboşimiz yoşlarning ilm-fan, sanʼat va turizm sohasida faoliyat yuritişlarini rağbatlantirdi va kelajakda ular uçun yangi imkoniyatlarni yaratiş zarurligini taʼkidladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga taşrifi hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanişi yölidagi katta qadamni anglatadi. Yangi loyihalar, innovatsion yondaşuvlar, mehnatsevarlik va yoş avlodga bölgan eʼtibor, Xorazmni dunyodagi eng gözal va obod hududga aylantirişga xizmat qiladi. Uşbu taşrif viloyatning rivojlanişiga yangi turtki bölib, aholi farovonligini oşirişga, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirişga xizmat qilmoqda. Taʼlimga eʼtibor beriş orqali esa, Xorazmning kelajakdagi yuksalişi uçun mustahkam poydevor yaratilib, yoş avlodning dunyo sahnasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritişlariga zamin yaratadi.
Bu taşrif, şubhasiz, Özbekistonning barça viloyatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanişiga ilhom manbai böladi.
Sardor XODJANIYAZOV,
Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Urganç davlat universiteti
rektori v.v.b.,
pedagogika fanlari doktori, professor.
