Zulmatni yoritgan adolat uçquni
Har bir tarixiy davrda jamiyatning adolat tamoyillarini tiklaşga hissa qöşgan şaxslar böladi. Özbekiston tarixida bunday fidokorlar qatorida Xadiça Sulaymonova nomi alohida örin tutadi. U huquqşunoslik sohasida faoliyat yuritib, yurtimizda inson huquqlari va adolat uçun kuraşgan ilk ayollardan biri edi. Ayniqsa, mustaqillik, erk va adolat uçun kuraşgan Akmal Ikromov va Fayzulla Xöjayevning nomi oqlanişida uning hissasi beqiyos.
Xadiça Sulaymonova huquqşunoslik sohasida ayol sifatida öz örnini topiş oson bölmasligini yaxşi bilardi. XX asr boşlarida ayollar nafaqat ilm oliş, balki huquq himoyaçisi böliş imkoniyatidan ham deyarli mahrum edi. Ammo Xadiça Sulaymonova bu tösiqlarga qaramay, öz yölidan qaytmadi. U sobiq şöro hukumati davrida qatağon qurbonlari bölgan köplab insonlarning taqdiri bilan şuğullanib, ularni oqlaşga, aybsizligini isbotlaşga harakat qilib, tarixiy adolatni tiklaşga intildi.
Ötgan asrning 30-yillaridagi qatağonlarda Akmal Ikromov va Fayzulla Xöjayev singari davlat va jamoat arboblari ham tuhmatga uçrab, hayoti fojiali yakun topdi. Ular “xalq duşmani” sifatida qoralangan bölsa-da, Xadiça Sulaymonova va Nuritdin Akramoviç Muhitdinov ularning işlarini qayta örganib, haqiqatni oçişga intildi. Bu oson emasdi, sobiq tuzumning xatolarini oçib taşlaş, soxta ayblovlar ortidagi asl niyatlarni körsatiş katta jasorat talab qilardi. Xadiça Sulaymonovaning taşabbusi bilan Akmal Ikromov va Fayzulla Xöjayev oqlandi, ularning aybsizligi faktlar bilan isbotlandi. Bu jarayonda Xadiça Sulaymonovaning aql-zakovatiga tan bergan SSSR Boş Prokurori R.A.Rudenko “Sizlar yutdingizlar, Nuritdin Akramoviç, endi hamyurtlaringiz Akmal Ikromov ham Fayzulla Xöjayev ham, albatta, oqlanadi. Lekin men mana bu qizimizga qoyil qoldim. Bunçalik çuqur bilimga ega bu özbek qiziga men tan berdim”. Bu nafaqat Özbekiston, balki butun sobiq ittifoq huquqiy tarixida muhim voqea bölgan edi.
Şuni aytiş joizki, 1913 yil 3 iyul kuni Andijon viloyatida dunyoga kelgan Xadiça Sulaymonova Özbekistonda huquqşunoslik sohasida ilmiy daraja olişga sazovor bölgan birinçi ayol edi. 1948 yilda esa SSSR Fanlar akademiyasining huquq institutiga doktoranturaga yuborilib, qisqa vaqt oraliğida uning “Özbekistonda sovet jinoyat qonunining vujudga kelişi” hamda “Özbekiston SSRda sovet sudlarining taşkil topiş tarixi” nomli ikkita maqolasi çop etiladi. 1950 yilda esa X.S.Sulaymonova doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, professor ilmiy unvoniga sazovor böldi. 1956 yilda yuridik fanni rivojlantirişdagi katta xizmatlari uçun ÖzSSR Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzoligiga saylanadi.
Xadiça Sulaymonova öz ilmiy faoliyati davomida huquqşunoslik sohasiga bağişlangan qator asarlarni yaratişga muvaffaq böldi. U 1965 yilning 26 noyabrida oğir va uzoq kasallik oqibatida vafot etadi.
Xadiça Sulaymonova qisqa umr körişiga qaramasdan, insoniyat uçun yuksak tahsinga sazovor juda köplab işlarni amalga oşirdi.
Adolat yölidagi kuraş heç qaçon oson keçmagan, ayniqsa, bunday oğir davrda adolat uçun kuraşiş qiyinçiliklarga va xatarlarga töla bölgan. Ammo Xadiça Sulaymonova huquqşunos sifatida nafaqat inson taqdiri uçun, balki kelajak avlod tarixni töğri örganişi uçun ham kuraşdi. Uning mehnati — zulmat içra çaqnagan adolat uçquni edi va bu uçqun bugungi kunda ham xalqimiz xotirasida yarqirab turibdi.
Visola TÖLQINOVA,
Toşkent davlat yuridik universitetining jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi.
