Korrupsiya — kelajakka tahdid

Ana şunday ğoya asosida Yangi Özbekiston yoşlari qalbidan joy oladigan tizim yaratilsa…

Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 5 mart kuni korrupsiyaning oldini oliş böyiça işlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bağişlangan kengaytirilgan yiğilişda belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlaş doimiy vazifamizga aylangan.

Yurtboşimiz mazkur videoselektor yiğilişida islohotlar hal qiluvçi bosqiçga kirayotgan hozirgi vaqtda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratiş böyiça işlarga baho berib, kelgusi vazifalarni aniq belgilab oliş zarurligini taʼkidlagan edi.

Darhaqiqat, islohotlar yölidagi eng katta tösiq va ğov — bu korrupsiyadir. Buni dunyo tajribasi ham töliq tasdiqlaydi. Korrupsiya şunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga işonçiga putur yetkazadi, barqaror rivojlaniş va xavfsizlik uçun jiddiy tahdidga aylanadi. Islohotlarimiz natijadorligi, avvalo, sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodga bevosita boğliq. Bu işda fikri toza yoş avlodni tarbiyalaş ustuvor vazifaga aylanişi lozimligi aytib ötildi. Bu borada oliy taʼlim dargohlarining rektorlari talaba va yoşlarning korrupsiyaga qarşi loyihalari, startap va innovatsion taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş tizimini yölga qöyişi zarurligi, “Korrupsiya — kelajakka tahdid” degan ğoya asosida Yangi Özbekiston yoşlari qalbidan joy oladigan tizim yaratilsa, ayni muddao bölişi taʼkidlandi.

Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 27 may kuni qabul qilingan “Özbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida jamoatçilik va yetakçi ekspertlarni, şu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, dastlabki bosqiçda kapital quriliş va oliy taʼlim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oşirişni taşkil etiş vazifasi belgilangan edi.

Şundan söng oliy taʼlim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oşiriş böyiça bir qança işlar amalga oşirildi. Jumladan, BMTning Taraqqiyot dasturi kömagida KPMG (Italiya) xalqaro auditorlik kompaniyasi mutaxassislari ekspertlari tomonidan 2020 yil 11 maydan korrupsiyaga qarşi kuraşiş “komplayens-nazorat” tizimini tajriba tariqasida joriy etiş işlari boşlandi.

Xalqaro ekspertlar tomonidan tizim faoliyatiga doir 35 dan ortiq meʼyoriy hujjatlar örganildi va takomillaştirildi. Şuningdek, xorijlik mutaxassislar tomonidan oliy taʼlim tizimida korrupsiya holati ehtimoli bölgan (korrupsiyaviy risklar kuzatilayotgan) quyidagi 7 ta turdagi yönalişlar belgilab berildi:

– oliy taʼlim sohasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça umumiy taşkiliy-amaliy çora-tadbirlar;

– oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayoni;

– taʼlim beriş va talabalar bilimini baholaş jarayonini takomillaştiriş;

– talabalar öqişini köçiriş, öqişni tiklaş, xorijiy davlatlarda berilgan taʼlim olganlik töğrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiya qiliş hamda taʼlim taşkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş;

– oliy taʼlim muassasalari faoliyatini takomillaştiriş;

– professor-öqituvçilarning ijtimoiy himoyasi hamda ularga qöyiladigan talablarni takomillaştiriş;

– taʼlim tizimida byudjet mablağlarining maqsadli sarflanişini taʼminlaş.

2020-2021 öquv yilidan boşlab, kollej va texnikumlar, akademik litseylar, ikkinçi mutaxassislik, öqişni köçiriş va magistraturaga hujjat topşiriş jarayonlari töliq elektron şaklda vazirlikning maxsus platformalari orqali amalga oşirilmoqda. 2021 yildan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda har bir oliy taʼlim muassasasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş “komplayens-nazorat” tizimini boşqariş bölimlari taşkil etildi.

Jumladan, 2021 yildan Farğona politexnika instituti (hozirgi Farğona davlat texnika universiteti) korrupsiyaga qarşi kuraşiş “komplayens-nazorat” tizimini boşqariş bölimi öz faoliyatini boşladi va bölimning namunaviy nizomi işlab çiqildi. Universitet professor-öqituvçilari, xodimlari, talaba-yoşlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarşi ijtimoiy-psixologik immunitetni şakllantiriş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş jarayonida jamoatçilik nazoratini yölga qöyiş maqsadida bölim negizida talaba-yoşlar klubi taşkil etildi va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça talaba-yoşlar klubi faoliyati töğrisidagi namunaviy nizom işlab çiqildi.

Bundan taşqari, jamoatçilik nazoratini yölga qöyiş maqsadida har bir fakultet dekani tomonidan talabalar bilan suhbatlar ötkazilib, ularning 105 nafari “Talaba-yoşlar klubi”ga aʼzolikka qabul qilindi. Umumiy röyxat va maʼlumotnomalar şakllantirilib, aʼzolar bazasi taşkil etildi. Hozirda şu klubga aʼzo talabalar bilan hamkorlikda fakultetlarda korrupsion holatlarning oldini oliş böyiça tizimli işlar yölga qöyildi.

Şu bilan birga institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini oliş, korrupsion holatlarni barvaqt aniqlaş va bartaraf etiş maqsadida talabalarning murojaatlarini elektron qabul qiliş uçun “Biz korrupsiyaga qarşimiz” nomli “Farpiantikorrupsiya” telegram boti, işonç telefon raqamlari, QR-kod orqali murojaatlarni elektron şaklda yöllaş va şaxsiy qabullar orqali korrupsion holatlar töğrisida anonim xabar beriş imkoniyati yaratildi. Şuningdek, Farğona davlat texnika universiteti rektoriga töğridan-töğri murojaat qiliş uçun rasmiy veb-sayti (fstu.uz)da murojaatlar uçun alohida bölim yaratildi. Xabar bergan talabaning şaxsi qatʼiy sir tutilişi kafolatlandi.

Universitet mehnat şartnomalariga barça professor-öqituvçi va xodimlar uçun korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça bandlar kiritildi, agarda institut bilan mehnat munosabatlariga kirişgan şaxslar korrupsiya, manfaatlar töqnaşuvi, taniş-bilişçilik, mahalliyçilik va şunga öxşaş boşqa korrupsion holatlar sodir etadigan bölsa, u bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bir tomonlama bekor qilinişi belgilab qöyildi.

Universitetda korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini takomillaştiriş böyiça 25 dan ortiq meʼyoriy hujjatlar işlab çiqildi. Korrupsion holatlarning oldini oliş böyiça yil davomida 80 dan ortiq profilaktik tadbirlar ötkazildi.

Taʼlim muassasasida faoliyat yuritayotgan barça rahbar xodimlar, professor-öqituvçilar va işçi xodimlarning korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisidagi qonunlardan xabardorligi va korrupsion holatlarga yöl qöymaslik töğrisida kafolat xatlari hamda xodimlar örtasida manfaatlar töqnaşuvini tartibga soliş böyiça yillik deklaratsiyalar olindi.

Korrupsion holatlar yuzasidan sodir bölişi mumkin bölgan xavf-xatarlarning oldini oliş, öquv jarayoni va talabalarga xizmat körsatiş, akademik faoliyatni taşkil etiş hamda taʼlim jarayonining oçiqligi va şaffofligini taʼminlaş, tizimda byurokratik tösiqlar yuzaga kelişining oldini oliş, şuningdek, qaror qabul qiliş jarayonini optimallaştiriş maqsadida talabalarga xizmat körsatiş markazi registrator ofisi taşkil etildi. Uşbu markaz yetakçi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilğor tajribalari asosida taʼlim jarayonlarida öqitişning kredit-modul tizimi böyiça talabalarga 55 turdagi taʼlim xizmatlarini körsatib kelmoqda.

Moliyaviy-xöjalik faoliyatini doimiy nazorat qilib boriş hamda oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş maqsadida elektronlaştirilgan tizimdan keng foydalanilmoqda. Jumladan, “Uzasbo” tizimi orqali birja savdolari, tovar (iş, xizmatlar) aylanmasi, xodimlarga oylik maoş, talabalarga stipendiya tölanişi masofadan turib doimiy nazorat qilib borilmoqda. Tender, tanlovlar maxsus platformalar orqali onlayn ötkazilmoqda.

Şubhasiz, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni amalga oşiriş natijasida oliy taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, korrupsion holatlarga qarşi kuraşiş böyiça qilinayotgan işlar öz natijasini bermoqda.

Eng muhimi ana şu.

Ilhomjon MAJIDOV,

Farğona davlat texnika universiteti

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş

“Komplayens-nazorat” tizimini

boşqariş bölimi masʼul xodimi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan