Tizimli fikrlaş – inson salohiyatini şakllantiradi
Yurtimizda dunyoga kelayotgan har bir çaqaloq — yangi inson Özbekiston diyorida paydo bölişi va öz salohiyatini röyobga çiqarişi uçun mamlakatimizda mavjud şart-şaroitlar taʼsirida ulğayadi.
Agar inson kamol topişi uçun zarur bölgan moddiy va maʼnaviy komponentlarning har birini alohida bir tizim deb oladigan bölsak, çaqaloqning onasi, tabiat, atrof-muhit, meditsina, mahalla, oila va yana köpgina tizimlar — olamlar çaqaloqning ulğayişida katta taʼsir qiladi.
Aytaylik, har bir paydo bölayotgan insonning özi bir olam bölsa, rivojlanişida unga boşqa olamlar öz körsatkiçlari orqali taʼsir qiladi va şu taşqi taʼsirlarning qançalik yaxşi uyuştirilganiga qarab, kelajakda u komil inson bölişiga imkoniyat paydo böladi.
Adabiy muşohadamizda va insonlarning özaro suhbatida olam tuşunçasi köp işlatiladi. Biz faraz qiladigan borliqni bir olam deb qabul qilamiz. Jonli borliqni esa taşkil etuvçilar bor. Ular — borliqning tanasi, içidagi jarayon va quvvat (ruh). Borliq tanasining tuzilişini uning tizimi orqali tahlil qilamiz. Borliq tizimi orqali borliq içidagi asosiy borliqni taşkil qiluvçi borliqlarni köramiz. Yaʼni olam içida olamlarni köramiz. Yana endi fikrimizda asosiy olam içidagi har bir olamning tanasi, uning içidagi jarayoni va jarayonni yurituvçi quvvati körinadi. Şu tarzda tizim fikrlar olamlari içiga kirib boraveradi.
Tizimlarning qançalik yaxşi uyuştirilişi, katta tizimlarning şakllantirilişi, ularning qançalik amalga oşirilişi respublika ahamiyatidagi katta masalalarning yeçimiga olib keladi. Şu bahonada tizimli fikrlaş va uning uslubi haqida fikrlaymiz.
Şunday qilib, tizim özi nima deganda, uni xayolimiz anglay oladigan borliq — olamning tanasi — materialistik tuzilişi deb ifodalasak, aniqroq böladi. Tizim içida jarayon sodir böladi. Tizim va uning içida ham yaxlit borliq bor, desak, har bir borliqni öziga yaraşa bir olam deyiş mumkin.
Alişer Navoiyning ğazalida aytilgani kabi:
Ön sakiz ming olam oşubi agar boşindadur,
Ne ajab, çun sarvinozim ön sakiz yoşindadur.
Donişmandlardan birining fikriça, koinotda olamlar köp, olamlar içida ham olamlar va ularning taşqarisida ham olamlar aylanadi. Baʼzi olamlar bir-biriga xalaqit bermay va köpgina olamlar bir-biriga taʼsir etib aylanaveradi. Bir-birini özgartirib boradi.
Har bir olam içidagi olamlarni va uning taşqarisidagi olamlarni aniqlaşda, ularning bir-biriga taʼsirini bilişda tizimli fikrlaş yordam beradi.
Endi tizimli fikrlaş özi nima, uning uslubi qanday? Tizimli fikrlaş xususiyatlaridan biri borliq içidagi borliqlarni topiş, yaʼni olamlar içidagi olamlarni tahlil qilib, yeçim topişdir. Har bir olamning fizikaviy tuzilişi tizim, uning içida esa jarayon sodir böladi. Tanlangan borliqqa (olamga) taʼsir qiladigan körsatkiçlar asosida uning çiqiş körsatkiçlarining özgarişini aniqlaş yeçim topişga asos böladi. Olamning tizimli holatini fizik körsatkiçlari belgilaydi. Olamdagi özgarişlar esa, asosan, tizim içidagi jarayon körsatkiçlariga boğliq. Körsatkiçlar içida biz özimizga keraklilarini aniqlaymiz, gohida çala taşxis qöyamiz, gohida meʼyoridan oşib ketamiz.
Tizimli fikrlaş asosida tahlil qiliş yaxşi natija beradi. Masalan, kelajak ön yil içida qadimiy Özbekiston yeridagi xalqlar uçun Renessans bölişi rejalaştirildi, maqsad qöyildi. Şu maqsad böyiça butun xalq, hammamiz porloq kelajakka intilmoqdamiz.
Yer kurrasida uluğ donişmandlarning fikrlari bilan taraqqiyot sodir bölgan. Özbekistonda ham Renessansga intiliş eng yaxşi ğoyalardan biridir. Yer yuzida oldingi renessanslar natijasida aholining maʼlum guruhlarida ilmli insonlar soni köpaygan bölsa, oxirgi 100 yillikda mamlakatlar orasida va har bir mamlakat içida aqllar kuraşi kuçaydi. Bilimli insonlarning köpayişi bilan rivojlangan davlatlarda işlab çiqariş unumdorligi bir neça barobar oşib ketdi. Öz vaqtida AQŞning sobiq prezidenti Bill Klinton barça AQŞ aholisi oliy maʼlumotli böladi, degan fikrni olğa surgan edi. AQŞ qatorida yoppasiga aholining bilimini kuçaytirişga intilgan Singapur, Yaponiya, Xitoy va boşqa köpgina mamlakatlar işlab çiqariş unumdorligi balandligi bilan alohida ajralib turadi.
Ana endi öylab köraylik, Özbekistonda tuğilib, ulğayayotgan kiçik insonning kamol topişi uçun jamiki şart-şaroitlar mavjudmi? Bolalik olamidagi köpgina tizimlar yaxşi işlaydimi? Albatta, mamlakatimizda maktab öquvçisi darajasiga keladigan insonlar, yoş bolalar uçun çiroyli işlar qilinyapti. Maktabgaça tarbiya tizimi bilan birga boşqa tizimlarda ham olğa siljiş közga taşlanyapti. Maktabgaça tarbiya tizimi hamda boşqa olamlar: oila, mahalla, sportga oid madaniy va maʼrifiy tögaraklar taʼsirida inson şakllanmoqda.
Ösib kelayotgan yangi avlod uçun mamlakatimizda öziga yaraşa olamlar şakllantirilgan. Tizimlardan biri — maktab tizimi. Örta taʼlimga uzluksiz taʼlimda katta örin berilib, uni rivojlantiriş çoralari körilmoqda. Örta taʼlimga taʼsir etadigan barça komponentlarni tahlil qilib, muhimlarini aniqlaş, ulardagi jarayonlarni boşqariş asosida örta taʼlimga ega böluvçi insonni yaxşiroq darajaga yetkaziş mumkin.
Ana şuni taşkil qilişda maktab tizimiga katta talablar qöyilmoqda. Mahalla va tumandagi, yana öquvçining atrofini örab turgan köpgina tizimlar taʼsiri töğri taşkil etilsa, yoş insonning örta maktabni bitirişida yaxşi natija böladi.
Tizimlarning qançalik yaxşi uyuştirilişi, katta tizimlarning şakllantirilişi, ularning qançalik amalga oşirilişi respublika ahamiyatidagi katta masalalarning yeçimiga olib keladi.
Prezidentimiz tomonidan Renessans maqsadining amalga oşişida yoşlar kuçi kattaligi muhim ahamiyatga ega ekanligi, yoşlarga eʼtibor boşqaça bölişi köp marotaba taʼkidlab ötildi. Yoşlarning rivojlanişiga tizimli fikrlaşning qanday taʼsiri borligi haqida söz yuritişda tizimli fikrlaş tuşunçasiga va uslubiyotiga ustuvor eʼtibor berilişi zarur.
Özbekistonning strukturaviy tizimi bilan undagi jarayon yaxlit bir olam. Uning içida ham köp olamlar aylanyapti. U olamlarning bir-biriga boğliqligini aniqlaşda köp poğonali tizimli fikrlaş yordam beradi. Respublika katta olam sifatida katta tizim bölsa, uning içida kiçikroq olamlar va kiçikroq tizim içida yanada kiçikroqlari va ularning orasida yanada kiçikroq tizimlar köriladi. Har bir tizimning öz jarayonlari bor. Jarayonlari orqali olamlarning bir-biriga boğliqliklari va rivojlaniş yeçimlari topiladi.
Şu jihatdan insonning bilim va taʼlim-tarbiya oliş tizimining özi — katta masala. Uning atrofida va içida taşkil qilingan tizimlar qançalik töğri bölsa, çiroyli işlasa, inson yaxşiroq rivojlanadi, atrofdagi olamlarga foyda keltiradi. Inson özining içki olamida yaxşi harakat qilib, taşqi (muhit) olamlar bilan birgalikda ijobiy körsatkiçlarini rivojlantirsa, komil inson tomon yönaladi.
Boş maqsad — yoş insonning öz olami va atrofida aylanayotgan olamlar taʼsirida yaxşi rivojlanişidir.
Hozirgi davr — baloğatga yetayotgan yoş avlod, oliy bilimgohlarda taʼlim va tarbiya olayotgan, birorta joyda yaxşi iş qilayotgan avlodning tizimli davridir. Hozirgi avlodni töldiradigan bundan keyingi avlod — bolalar olami turibdi. U ham mavjud borliq, bir olam.
Respublikamizda tizimli fikrlaş taʼsirida yaxşi özgarişlar boşlandi. Eng katta yeçimlardan biri — aholining bilimini oşirişga eʼtibor kuçaytirildi, unga ajratilayotgan mablağlar köpaytirildi, mamlakatimizda Uçinçi Renessansning poydevori barpo etilmoqda. Oxirgi yillarda xalqimizda bilim olişga intiliş — maktabgaça taʼlim, maktab va oliy bilimgohlarga intiliş kuçaydi, şuningdek, doktoranturaga konkurslar ham keskin oşdi. Buning natijasida mamlakatimizda Renessans böladi va töğri taşkil qilingan tizimlar öz ijobiy taʼsirini körsatadi.
Şu bilan birga, respublikamizning milliy daromadi ösib borişi barobarida maktablarda aholining bilim olişiga ajratilayotgan mablağlar sarfiga xalqning özi yanada eʼtiborni kuçaytirişi kerakligiga diqqat qaratiş kerak. Bu boradagi yeçimlardan biri — mahallalarda maktab jamğarmasi va taftiş komissiyasi taşkil qilişdir. Jamğarma mablağlari taʼlim maskaniga eng malakali öqituvçilarni taklif etişga yönaltirilişi mumkin. Şu orqali har bir mahalla maktablari eng yaxşi öqituvçilarni jalb qiliş böyiça raqobatlaşsa, bu pirovardida yoşlarning bilim olişi va tarbiyasida tezda ijobiy özgarişlarga olib keladi.
Davlatimiz rahbari 30 iyun kuni mamlakatimiz yoşlari bilan ötkazgan yiğilişdagi nutqida “Işonçim komil, biz köp millatli butun xalqimiz bilan, siz, aziz farzandlarim bilan uluğ maqsadlarimizga, albatta, yetamiz! Yangi Özbekistonni barçamiz birgalikda, albatta, barpo etamiz!” deb alohida taʼkidlab ötdi. Ana şunday uluğ maqsadga erişişda yoşlarning bilimini oşirişning muhim vositasi bölgan tizimli fikrlaşni rivojlantirişning ham alohida ahamiyati bor.
Asqar ARTIKOV,
texnika fanlari doktori,
professor.
