Haqiqatni aytiş ehtiyoji

Men yaxşi muxbirlarni qadrlayman. “Yaxşi muxbir” deganda gapning töğrisini yozadigan qalamkaşlarni nazarda tutayapman.

Lekin “Töğri gap tuqqaningga yoqmaydi” degan maqol behudaga aytilmaganini ham yaxşi bilaman. Zero, töğri gap özimga ham yoqmaydi — oğir botadi. Lekin bu dunyoda töğri gapsiz yaşab bölmas ekan. “Döst açitib gapirar” degan maqol töğri bölsa ham, ota-ona, döst-birodarning senga bergan dakki va tanbehlari odamga baribir malol keladi. Ammo töğri gap kerak, juda kerak. Şundagina hayot yölimiz yoruğ böladi.

Haqiqatni köpinça qabul qiliş qiyinligi, kimdir kamçiligimizni aytsa, sira yoqmasligi… balki bu bizning ojizligimizdandir. Ehtimol, şuning uçun odam umrbod komillikka intilar. Lekin bunday muhtaşam va munavvar manzilga yetişgan odamlar köp bölmaganligini tarixiy kitoblardan öqib bilganimiz bor haqiqat. Bunday paytlarda özimizga taskin beramiz: “Har tökisda bir ayb!”

Odam bolasining, yaʼni bizning töğri gapni eşitişga toqatimiz yöq ekan, unday bölsa, nega töğri gaplarni yozadigan muxbirlarni yaxşi köramiz? Çunki odamzodning haqiqatga bölgan ehtiyoji to qiyomatgaça qonmasa kerak. Şuning uçun haqiqatning — töğri gapning poyoni yöq. Yaʼni haqiqatni aytişdan, uni yozişdan heç qaçon töxtamaslik kerak — qörqmaslik, çöçimaslik şart. Zero, haqiqatni aytiş hammaga emas!

Köryapsizmi, el boşiga kötaradigan muxbir böliş qançalar muşkul. Maʼlumotlarga  qaraganda, hozir mamlakatimizda 5 ming bölmasa ham, 4 mingga yaqin jurnalistlar yozganlarini gazeta va jurnallarda çop etiş bilan maşğul. Hozirgi paytda maktab öquvçilarigaça şeʼr yozib, kitob çiqarişga kirişib ketişdi. Demoqçimanki, mustaqilligimizdan söng barça ommaviy axborot vositalari va naşriyotlarning eşiklari qalam ahli uçun lang oçildi: şöro zamonida har 3-4 yilda bir kitob çiqaradigan adiblarning ayrimlari hozir bir yilda 5-6 ta kitob çiqarmoqdaki, buni faqat olqişlamoq kerak. Va nihoyat, xuddi xorijiy yurtlardagi singari mamlakatimizda ham kitob yozib, uni çop etiş tijorat maqomiga erişdi.

Bu — yaxşi-yu, lekin… lekini bor-da. “Bemaza qovunning uruği köp böladi” degan gaplar ham bejiz aytilmagan-da. Oçiq aytaman, ayrim “kitob”larni qölimga olsam, beixtiyor şu qöllarim oğriydi. Ularda na mazmun bor, na saviya. Şuning nimasini kitob deb çiqarişdi ekan deb dilim ozor çekadi. Demak, maʼnaviyat masalasi tijorat bölişi maʼqul emas. Ozgina nazorat, tartib kerak ekan. Yana bu mayli, bu kitob ekan desangiz, qator gazetalarni qölimga olib (öqib emas), böyoqqa emas, qoğozga içim açiydi. Gazetxon, yaʼni bizga öxşagan fuqarolar xuddi quşga öxşaydi. Bilasiz, quş xuşi tutgan daraxtga qönadi: biz ham könglimiz xuş köradigan gazetani sotib olamiz va unga obuna bölamiz.

Şu yerda yanada oğirroq gap aytaman: şaxsan özim yaxşi köradigan jurnalistlarni sanay ketsam, ularning sanoğini 15-20 nafardan oşira olmayman. Vaholanki, men bu masalada “oq” bilan “qora”ning farqiga boraman. Umr böyi qölimdan gazeta, jurnal, kitob tuşgan emas. Demoqçimanki, xuddi ilgarigidek, hozir ham gazeta-jurnallarning ahvolini, adabiy jarayonni bir öquvçi sifatida va öz imkoniyatim darajasida baholay olsam kerak. Nimasini aytayin, gazeta-jurnallar qançalik köp bölgani bilan, odam öqib huzur qiladigan, köngli taskin topadigan naşrlar kam, judayam kam.

Men baʼzan hayron qolaman, yolğonçi odamni sinamoq uçun ham aldasangiz, jahli çiqadi. Demak, odam bolasi tabiatan ezgulikka, yoruğlikka moyil ekan-da. Bilsangiz, bangidevona ham gullaydi. Ammo bu gulga, masalan, asalarining qönib turganini tasavvur qiliş qiyin. Bitta-yarimta esi past asalari şunday qilgan taqdirda ham uyadagi qöriqçi asalarilar haligi “esi past” arining boşini uzib taşlaydi…

Hozir dunyoni bangidevona bosib ketdi — men informatsion xurujlarni nazarda tutib, şunday demoqdaman. Bu xurujlar bizning milliy qadriyatlarimizga tahdid solmoqda. Agar biz maʼnaviy olamimizda böşliq qoldirsak, haligi bangidevonaning uruğlari ana şu joyga tuşib, tez orada gullaydi va şu tariqa milliy qadriyatlarimiz zavol topadi. Könglimizdagi maʼnaviy olamni boğu böstonga aylantiriş esa maʼnaviyat ahlining, ommaviy axborot vositalarining milliy vazifasidir.

Ming afsuski, bugun ijtimoiy tarmoqlarni – matbuot deb hisoblaydigan, oddiy bir telegram oçib olgan kimsani – axborot agentligi qatoriga qöşadigan oddiy odamlar desak, katta-kiçik amaldorlar ham yöq emas. Saviya, ahvol şu darajaga tuşib qoldi. Xöp, internet zamoni ekan, lekin haqiqiy OAVning örnini bilişimiz kerak emasmi? Tarmoqlar, turli telegram kanallarida berilayotgan yolğon-yaşiq, yuzakilik, hayosizlik, andişasizlik, savodsizlik qaçondan va qaçongaça bizga kerak böladi? Odamlarni, yoşlarni qay yölga, qay manzilga olib boradi şu narsalar?

Öylab köraylik va keç bölmasdan közimizni kattaroq oçaylik. Qaçonki, qölida telefoni bor kimsaning bari – jurnalist bölib qolavermaydi. Bloger deganlarining barçasi ham matbuot degan muqaddas sohaning nimaligini bilaveradiganlar emas. Keça bir işning boşini tutmagan, maktabda faqat 2 baho olgan ğirt savodsiz, tuturuği yöq ayrim kimsalar bugun özidan “bloger” yasab olişgan. Köza kunda emas, kunida sinadi deganlaridek, ularning köpining asta-sekin asl başaralari namoyon bölmoqda, albatta.

Faqat  “Ommaviy axborot vositalarining tişi ham, tirnoği ham” bölişi kerak. Ularda bugungi kundagi ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda avj olgan korrupsion jinoyatlar, taniş-bilişçilik va yuzakiçilik, loqaydlik kabi illatlarni oçiq-oydin foş qiliş talab etiladi.

Toştemir TURDIYEV,

Denov tuman maʼnaviyat-maʼrifat

bölimi rahbari,

Özbekistonda xizmat körsatgan

madaniyat xodimi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan