XXI asrda — mediasavodxonlik
“Bugungi kunda yolğon va asossiz maʼlumotlarni tarqatiş orqali odamlarni aldaş, töğri yöldan çalğitiş holatlari köpayib borayotgani aholining mediasavodxonligini oşirişni oldimizga keçiktirib bölmaydigan vazifa qilib qöymoqda. Axborot maydonida yuzaga kelayotgan bahsli tortişuv va muammolar faqat va faqat qonun doirasida, huquqiy meʼyorlar negizida hal etilişi şart”.
Şavkat MIRZIYOYEV.
Mediasavodxonlik va mediataʼlimning, ayniqsa, hozirgi dunyo miqyosida globallaşuv jarayonlarining kuçayib, axborot makonlari va manbalari köpayayotgan bir davrdagi örni, ahamiyati ortib bormoqda.
Mediasavodxonlik — jamiyatdagi fuqaro sifatidagi masʼuliyatni his qilgan holda faol va savodli böliş, mediamatnlarni qabul qila oliş, yaratiş, tahlil eta oliş va baholaş, zamonaviy medianing ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tuşuna oliş demakdir.
Xorijiy olimning fikriga köra, mediasavodxonlik harakat bölib, uning asosiy vazifasi insonlarni audiovizual va bosma matnlarning madaniy ahamiyatini tuşuniş, yaratiş va baholaşga undaşdan iborat.
Mediasavodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamçiliklarini tuşungan holda, ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay biliş va zarurini qabul qiliş könikmalarini şakllantirişdir. Asosiy vazifasi esa insonlar tomonidan isteʼmol qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuçini anglagan holda undan çegaralanişdir. Şuningdek, odamlarga ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jurnalistikasi rolini tuşunişga yordam berişdir.
Mediasavodxonlik XXI asrdagi könikmalardan biri bölib, klassik savodxonlik (asosiy öqiş va yoziş qobiliyatlari)dan raqamli yoki axborot savodxonligiga va natijada mediasavodxonlik yoki mediakompetensiyaga ötadigan evolyutsiya jarayonida paydo böldi.
Mediataʼlim esa pedagogik nazariya va amaliyotda öziga xos, alohida bilim sohasining bir qismi sifatida qaraladigan zamonaviy ommaviy axborot vositalarini özlaştiriş uçun nazariy va amaliy könikmalarni örgatişdir. Masalan, matematika, fizika yoki geografiya kabi boşqa bilim sohalarini öqitişda ommaviy axborot vositalaridan yordamçi vosita sifatida foydalanişdan farq qilişi kerak.
Mediataʼlim bu — ommaviy axborot vositalarini örganiş va örgatiş jarayoni, mediasavodxonlik esa talabalar tomonidan olingan bilim va könikmalar yiğindisi, yaʼni bu jarayonning natijasidir.
Mediasavodxonlik Buyuk Britaniya va Avstraliyada gumanitar fanlar majmuasida alohida fan sifatida ötilmoqda. Finlyandiyada 1970 yildan örta maktablarning, 1977 yildan esa oliy öquv yurtlarining öquv dasturlariga kiritilgan edi. 1990 yillarda esa mamlakatda mediasavodxonlik mediataʼlim tuşunçasi bilan almaştirildi.
Mediataʼlim komponenti maktab dasturlariga avvaliga mustaqil fan sifatida emas, balki ona tili, tarix, estetik fanlar va ekologiya fanlariga integratsiya qilingan. 2021 yilda Finlyandiya “yolğon xabarlar va dezinformatsiyaning salbiy taʼsirlariga qarşi turişda eng yuqori salohiyatga ega mamlakat” sifatida eʼtirof etilgan.
Şvetsiyada mediataʼlim 1980 yildan boşlab taʼlim muassasalarida alohida fan sifatida öqitila boşlangan. Mediataʼlimni joriy etişdan asosiy maqsad, yoşlarda ommaviy axborot vositalarining xabarlarini tanqidiy idrok etiş qobiliyatini rivojlantiriş, turli xil maʼlumotlar manbalaridan olingan xabarlar haqida öz fikrini şakllantiriş, şuningdek, tomoşa qilingan filmlar va teledasturlar haqida öz fikrini bildiriş qobiliyatini şakllantiriş bölgan. 2000 yilning kuzidan boşlab mediataʼlim Şvetsiya milliy öquv dasturiga rasman kiritilgan.
1990 yillarda Rossiyada mediataʼlimni ilmiy tadqiq etişga urinişlar bölib, 2005 yili esa YUNESKO homiyligida “Mediataʼlim” darsligi yaratildi va Rossiyada kinotaʼlim va mediapedagogika sayti işga tuşirildi.
Mediasavodxonlik — ommaviy axborot vositalari orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralaş könikmalarini, turli axborotlarni qabul qilgandan keyin ham har qanday vaziyatda töğri qaror qabul qiliş, axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadda uzatilyapti, özida kimning manfaatlarini aks ettiryapti degan tuşunçalarni şakllantirişga xizmat qiladi.
Ommaviy axborot vositalari yoşlar hayotidagi katta taʼsirga ega kuçdir. Musiqa, televizor, video öyinlar, jurnallar va boşqa ommaviy axborot vositalari dunyoni qanday körişimizga kuçli taʼsir körsatadi, bu taʼsir köpinça bolalik davridan boşlanadi. Ommaviy axborot vositalarini isteʼmolçilar tanqidiy tahlil qila olişlari uçun ularda mediasavodxonlik könikmalari va odatlarini bolalikdan rivojlantiriş kerak böladi. Bu könikmalarga ommaviy axborot vositalariga bazaviy darajada kiriş, uni muayyan tuşunçalar asosida tanqidiy tahlil qiliş, şu tahlil asosida baholaş va nihoyat, ommaviy axborot vositalarini özi işlab çiqariş kiradi.
YUNESKO taşkiloti tomonidan XXI asrda mediataʼlimni tarğib qiliş madaniy-maʼrifiy rivojlanişning ustuvor yönalişi sifatida eʼtirof etildi hamda aynan şu yöl bilan mediasavodxonlikni oşiriş mumkinligi taʼkidlandi. YUNESKO odamlarning tanqidiy fikrlaş va töğri qaror qabul qiliş darajasini yaxşilaş uçun ommaviy axborot vositalari va mediasavodxonlikni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaydi.
Bugungi kunda mediasavodxonlik böyiça butun dunyo mamlakatlarida keng tarğibot va taşviqot işlari olib borilmoqda. Öz qadriyat va anʼanalariga ega bölgan Osiyo mamlakatlarida mediasavodxonlik va uning taʼlimga kirib kelişi jarayoni Ğarb mamlakatlarinikidan biroz farq qiladi. Ötgan asrning 90-yillaridan boşlab Şarqiy Osiyoda mediasavodxonlik tomon siljiş kuzatildi. Sönggi yillarda Osiyoda mediasavodxonlik darajasi ösib bormoqda va Osiyo-Tinç okeani mintaqasida bir neçta dasturlar ham amalga oşirilmoqda. Xususan, Özbekistonda 2021-2022 öquv yilidan boşlab 10-11-sinf öquvçilarining “Tarbiya” darsligiga “Mediasavodxonlik” bölimi kiritildi. Respublikamizning ÖzJOKU, TDŞU, ÖzMU, ÖzDJTU, QDU, SamDÇTI, ÖzMU kabi oliy taʼlim muassasalarining jurnalistika fakultetlari va pedagogik yönalişlarida mediasavodxonlik darslari ötila boşlandi.
Sönggi yillarda axborot oqimining bir neça barobar tezlaşişi, ijobiy maʼlumotlar bilan bir qatorda, salbiy xarakterdagi axborotning köpayişi media savodxonlikka ega böliş zaruratini yanada oşirdi. Anʼanaviy tarzda mediasavodxonlik şaxsning adabiy asarlarni tahlil eta oliş va sifatli matnlarni yaratişidan iborat bölgan. Inson öziga axborotni kim va nima maqsadda yaratgan, uşbu xabar men uçun zarurmi, degan savolni bera olişi va töğri xulosa çiqarişi, unga nisbatan tanqidiy yondaşişi lozim.
Ayni paytda media taʼlim asoslarini har bir taʼlim muassasasi öquv dasturiga kiritiş, bolalarga maktabgaça taʼlim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli öyinlar şaklida tuşuntiriş, ösib kelayotgan avlod tomonidan şiddatli axborot oqimida zarurini tanlaş va unga tanqidiy yondaşgan holda baholay oliş imkonini beradi. Bu esa öz navbatida yoşlarning kelajakdagi fuqarolik pozitsiyasi yanada mustahkamlanişiga, jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, töğri qaror qabul qila olişiga asos böladi.
“Internet jahon axborot tarmoğida yoşlar va voyaga yetmaganlar uçun milliy kontentni rivojlantiriş, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş madaniyati va zararli axborotdan himoya qiliş dolzarb ahamiyatga ega.
Prezidentimiz axborot maydonini sifatli va raqobatdoş milliy kontent bilan töldiriş masalasi har qaçongidan ham dolzarb bölib borayotgani ayni vaqtda, mediasavodxonlikni ham keng miqyosda yölga qöyiş bugungi kunning talabi! Ommaviy axborot vositalari orqali yolğon va asossiz maʼlumotlar tarqatilişining oldini oliş esa har bir jurnalistning vijdon amridir.
Yusuf HAMDAMOV,
filologiya fanlari doktori.
