Maktablarda dinlar tarixi öqitilişi lozim

Bu voqeani bir döstim hikoya qilib bergandi.

…Xolmatning öğli örta maktabni bitirgan yili katta ball bilan oliy öquv yurtiga öqişga kirdi. Xolmat tönğiç farzandining bu yutuğidan nihoyatda xursand böldi. Oddiy imtihonlar örniga test tizimi joriy qilingan yillar edi. Öşa yillari bilimi sayoz öğil-qizlar ilgarigidek taniş-biliş, röyxat asosida öqişga kirolmadi. Hatto otasi durustgina amaldor bölsa ham. Falonçi hokimning yoki falonçi rektorning bolasi testdan ötolmabdi, degan gaplar ham quloğimizga çalindi. Bu taʼlimda inqilob bilan baravar edi.

Bu yutuq otaning öğliga eʼtibor qaratib, 4-5 yil davomida darsdan söng qöşimça saboq oliş uçun repetitorga berganining natijasi edi.

Xolmat xursand bölganidan qöy söydi. Qöni-qöşni, oşna-oğaynisini çaqirib, xudoyi qildi. Taniş mulla Qurʼondan oyat öqidi.

Öqiş boşlangaç, hamma qatori uning öğlini ham çöldagi xöjaliklardan biriga paxta yiğim-terimiga haşarga olib ketişdi. Bu endi öşa yillari mamlakatda oddiy hol edi.

Biron oylar ötgaç, xotinining qistovi bilan bozor-öçar qilib, öğlini izlab paxta dalasiga bordi.

Dala şiyponida 1-kurs talabalarining rahbari — şu institutda Xolmat öqigan yillari ilmiy ateizm fanidan dars bergan taniş öqituvçi unga: “Öğlingiz falon dalada paxta teryapti va ayni paytda namoz öqiyotgan bölsa kerak”, dedi soatiga bir qarab qöyib.

Domlaning javobi Xolmatni ajablantirdi. “Nima deyapsiz?” deb söradi.

— Bir yoş öqituvçi işga kelgan institutimizga. Öşa bolalarning ongini zaharladi. Öşanga ergaşib, hammasi namoz öqiyapti. Hozir peşin böldi, — domla böynini çözib, paxta dalasiga qaragan böldi. — Körinişmayapti. Demak, biron daraxtning soyasida öqişyapti.

Xolmat ham ustozini “çaqib” oldi:

— Siz bir vaqtlar bizga “din — afyun” deb öqitgansiz-ku, nega bugun yoşlarga qaramayapsiz?

— Bilmadim, lekin, hozir ham şu fikrdaman, — domla munğayib oğir xörsindi va yerga qaradi. — Endi mening gapimga işonişmayapti. Bir mahmadona oliftaning izidan ergaşib yurişibdi. Hali köp puşaymon bölişadi. Bu haqda albatta rektoratga yozib beraman.

Xolmat paxta dalasiga borib, domlaning aytganlari rostligiga işondi. Öğli bilan birrov körişdi. “Uyga qaytgin, sen bilan bafurja gaplaşamiz”, deya ortiga qaytdi.

Yöl-yölakay öylab keldi: “Öğlining tarbiyasida qayerda xato qildi? Bolalarimni halol non-tuz bilan boqyapman, deb öylardi. Xolmatning özi sovet maktablarida öqidi, kommunistik mafkura saboqlarini ongiga singdirdi. “Ilmiy kommunizm”, “Ilmiy ateizm” degan fanlarni yaxşi özlaştirgan. Endi bu tuzum uning öğlini qanday qabul qiladi, uning kelajagi qanday böladi?”

Yoşi qirqdan oşib, boşi sajdaga egilmagan otani qörquv bosdi.

Talabalar paxta haşaridan qaytgaç, bir kuni öğlini oldiga çaqirdi. Paxta dalasidagi holatni, “ustozi”ni batafsil suriştirdi. Diniy saboqlarining darajasi bilan qiziqdi. Hali öğlining diniy bilimlari boşlanğiç holatda edi.

Keyin qatʼiy dedi:

— Endi işlaysan: ham işlab, ham öqiysan.

— Dada, meni kim işga oladi, öqişimga qanday ulguraman?

— Işni men topib beraman senga. Ulgurasan. Namoz öqişga ulguryapsan-ku?

Dökondor oğaynisidan iltimos qildi. Öğli tuşlikka qadar öqişga boradi, keyin yarim tunga qadar dökonda işlaydi.

Bolaning yuriş-turişi va öqişini dökondor oğaynisi, ayoli va domlalaridan suriştirib turdi.

“Bolam beçora çarçayapti, şekilli, namoz öqimay qöydi”, dedi bir kuni ayoli.

Bundan Xolmat xursand böldi. Paxta dalasidagi “ustozi” institutdan haydaldi. Öşa guruhdagi bolalar institut maʼmuriyati tomonidan qattiq siquvga olindi. Aşaddiylari öqişdan çetlatildi. Bir xöjalik raisi öğlining xulqi tufayli vazifasidan olinganini ham eşitdi.

Bir neça yil oldin Xolmatni bir tadbirda uçratib qolib, öğlini söradim.

— Öğlim öqişni muvaffaqiyatli tugatdi. Işlagani foyda qildimi, odamlar bilan muomalani örgandi. Özimga öxşagan zamonaviy va dunyoviy odam bölib kamolga yetdi. Neça yildirki, davlat xizmatida. Faqat töğri va tekis yöllardan yuradi. Endi esa men oromimni yöqotganman, jöra. Har sajdaga boş ekkanimda öylayman: öğlimga nisbatan adolatli yöl tutdimmi? Şu savol menga sira tinçlik bermaydi.

Xolmatning mana şu gapi uşbu mulohazalarni yozişimga turtki böldi.

Darvoqe, mamlakatimizda keyingi yillarda odamlarning eʼtiqod, diniy erkinligini taʼminlaşga doir tösiqlar olib taşlandi. Aholi emin-erkin Haj va Umra ziyoratlariga borib kelmoqda. Şaharu qişloqlarimizda odamlar azon ovozidan uyğonib, xufton namozidan söng orom olmoqda.

Men tuğilib ösgan qişloqda ilgari kiçikkina masjid bölardi va uning atrofida beş-önta çolga közim tuşardi. Bugun uning örnida salobatli va haşamatli masjid qurildi. Juma kunlari masjidning köçasidan ötib bölmaydi. Jamoat namoziga kirib-çiqayotgan odamning son-sanoği yöq. Ularning orasida yoş bolalar — maktab öquvçilari ham köp.

Sezib turibsiz, bu nozik mavzu. Boş qomusimizga binoan Özbekiston töğri yölda, biz dunyoviy, huquqiy-demokratik, odamlar erkin va farovon yaşaydigan jamiyat barpo etiş yölidan boryapmiz.

Keyingi yillardagi oçiqlik, erkinlik siyosati eʼtiqod erkinligiga yöl oçib berdi. Jamiyatimizda aholining diniy qadriyatlarga amal qilişi kuçaydi. Bu aholisining katta qismi musulmon bölgan davlat uçun yaxşi, albatta. Özbek oilalarida ham ayni paytda ğalati tabaqalaşuv jarayoni bormoqda. Sovet tuzumi mafkuraviy saboqlaridan bahramand bölib ulğaygan keksa avlodning katta qismi — yoşi ellikdan oşganlar hamon ehtiyotkor va ikkilanişlar orasida, ulardan keyingilar esa diniy rasm-rusumlarga amal qilib yaşaş yölini tutmoqda.

Yana bir toifa borki, ular özini ham dunyoviy, ham qatʼiy eʼtiqodli hisoblaşadi. Musulmonçilikning barça farzu amallarini ado etişadi va bir vaqtning özida öz huzur-halovatini ham esdan çiqarişmaydi.

Qaysi yili yozuvçilarning “Dörmon” ijodiy uyida bir hurmatli şoir akamiz bilan birga dam oldik. Sovet zamonida öqigan, amallarga mingan, köp narsani biladigan ulfat odam. Suhbatlaridan zerikmaysiz. Şoirlik uning qöşimça maşğuloti — xobbisi deydimi?

— Xotinim oğir dardga çalinib yotib qoldi, — deya hikoya qildi u. — Köp qaratdik. Özi vraç edi. Hammasini tuşunib turardi. Bir kuni işxonamga telefon qilib: “Bugun ertaroq keling va içmay keling”, dedi. Keyingi paytlarda biroz özimni xotirjam qilişim uçun “sabil qolgur”dan köproq “otayotgan” edim. Uyga kelsam, ayolim nogironlik aravaçasida darvoza oldida meni kutib turibdi. Yaxşi kiyinib, öziga oro ham bergan. “Meni bir quçoqlang”, dedi. Egilib, uni bağrimga bosarkanman, xuşböy atir hidi dimoğimga urildi. “Rustam (ism şartli), — dedi senlab (biz maktabda ham, institutda ham rus guruhida öqiganmiz). — Uyga dugonalarimni çaqirdim. Biri vraç, biri öqituvçi, biri mahallada işlaydi. Taqdir taqozosi bilan beva ular. Bolalarimiz öz yöllarini topib ketişdi. Mendan keyin şu dugonalarimdan biriga uylanasan. Sen energiçniy, soğlom odamsan. Mendan keyin qiynalib qolişingni istamayman”.

Yiğlab yubordim. U ham yiğladi. Birgalaşib uzoq yiğladik. Xotinim öşa kuni tunda uzildi. Ha, turmuş örtoğim şunaqa mard ayol edi!

Şoir akamiz ayoli haqida şunday mehr bilan soatlab gapirardi. Bir kuni undan “Dörmon”ga köp kelişi sababini söradim.

— Özim va oilam öris maktabida öqiganimiz uçunmi, bolalarni ham öris maktablarida öqitdik. Ular qobiliyatli edi va hayotda ham öz yöllarini topib ketişdi. Hozir kiçik öğlim bilan birgaman. Kasbi vraç, namozxon, kelin ham römolda. Endi nabiralar ham namoz öqişyapti.

Men esa yolğizman, ularga qöşilolmayman. Butun umr boşqaça hayot tarzida yaşagan odamning birdan özgarişi qiyin ekan. “Farzandlarim mening hayot tarzimni inkor qilişyapti, demak, notöğri yaşabman-da”, deya öylayman. Vaholanki, men Vatanga sidqidildan xizmat qildim. Davlat bergan orden-medallarim, ilmiy darajam ham bor. Endi öz uyimda begonadayman. Şularni öylab, siqilaman. Erkinlikni xohlayman. Şuning uçun bu yerga köproq kelaman. Mening yoşimdagi odamni özgartirib böladimi? Endi biz şunday ötdik-da. Bu yerda esa sizga öxşagan ukaxonlar köp.

Rustam akaning gaplari kişini öylantirib qöyadi. Ayniqsa, hali voyaga yetmagan bolalarning ommaviy dinga berilişi jiddiy öylab köradigan masala. Bu bolalar saboqlarni kimdan olişyapti, ularni dinga daʼvat qilayotgan ota-onasi, yaşirin hujralarda ularga taʼlim berayotgan otinoyilar yoki mullavaççalarning saviyasi qay darajada? Ular yoşlarga nimalarni örgatişyapti?

Bu jamiyatni ikki-uçga — dunyoviy-zamonaviylar, namozxonlar, aralaş-quralaş toifalarga bölib taşlamaydimi? Hozir işxonalarda ham şunday guruhlar paydo bölmoqda. Bu qandaydir xavotirlar, xavflarga asos bölmaydimi? Oilaga ketgan darz jamiyatni ham parokanda qilmaydimi?

Uşbu mulohazalardan kelib çiqib, bir taklifni örtaga taşlamoqçiman: mamlakatimizning barça davlat va nodavlat maktablarida islom dini tarixi öqitilsa maʼqul bölardi. Bolalar diniy bilimlarni qandaydir közdan pana joylarda emas, davlat dasturlari asosida yozilgan darsliklardan olişi lozim. Ularga oliy maʼlumotli diniy ulamolar saboq berişi kerak.

Şunda muqaddas islom dinini bir yoqlama talqin qiluvçi aqidaparastlar, ekstremistlar, fanatlar, johillar paydo bölişining oldi olinarmidi?

Xulosa örnida buyuklar aytgan gapni takrorlaymiz: dunyoni jaholatdan faqat ilm-fan qutqaradi. Islom dini esa yaxşilikka, ezgulikka xizmat qiladi. Qalblarimizni munavvar qiladi.

Abdujalol TAYPATOV,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan