Tibbiy taʼlimda xalq tabobati

u çeklanadimi yoki rivojlanadi?

Dunyoda inson salomatligini asraş va kasalliklarning oldini olişda zamonaviy tibbiyot va yuqori texnologiyalarga asoslangan davolaş usullari tobora keng qöllanilmoqda. Ammo şunga qaramay, kasalliklar kamayib ketayotgani yöq. Buning sabablariga özimiz guvoh: sunʼiy va kimyoviy moddalarning organizmga zarari, ekologik muammolar, insonlarda stress holatlari köpayişi, tabiiy mahsulotlar isteʼmoli kamaygani, soğlom turmuş tarzidan uzoqlik va boşqa omillar. Şu bois baʼzi hollarda zamonaviy tibbiyot imkoniyatlari ojiz qolyapti. Va tabiiyki, asrlar sinovidan ötgan xalq tabobati yana bir bor eʼtibor markaziga çiqmoqda.

Maʼlumki, tib ilmining sultoni, uluğ alloma Abu Ali ibn Sino insoniyatga ölmas meros qoldirgan. 450 dan ortiq asar yozgani maʼlum, ularning 160 ga yaqini bizgaça yetib kelgan. Qomusiy olimning merosi hanuz töliq tadqiq etilmagan bölsa-da, asarlaridagi tabobat yöl-yöriqlari bugun ham zamonaviy tibbiyot uçun katta ahamiyatga ega.

1999 yili Respublika Ibn Sino jamğarmasi taşabbusi va YUNESKO kömagida Buxoro tibbiyot instituti tarkibida “Anʼanaviy tibbiyot” kafedrasi taşkil etildi. Şu vaqtdan xalq tabobati mustaqil yönaliş sifatida öquv jarayoniga kiritildi. Talabalarni alloma taʼlimoti bilan yaqindan taniştiriş uçun 132 soat ajratildi.

Dastlab igna bilan davolaş kursi sifatida boşlangan bu yönaliş 2020 yilga kelib alohida ixtisoslik sifatida şakllandi va talabalar qabul qilina boşlandi. Fanlar soni köpaytirildi, tajribali ustozlar jalb etildi. Asosiy maqsad — özbek xalq tabobati asoslarini va ibn Sino taʼlimotini çuqur örganiş, xalq orasida qöllanilayotgan davolaş hamda profilaktika usullarini ilmiy asoslaş va ularni amaliyotga tatbiq etiş. Eng muhimi — xalq tabobati bilan zamonaviy tibbiyotni uyğunlaştiriş.

Bugun kafedra “Xalq tabobati, kasb kasalliklari va allergologiya” nomi bilan faoliyat körsatmoqda. Unga tibbiyot fanlari doktori, professor Xolmurod Qayumov rahbarlik qilmoqda. U ham kafedrani taşkil etiş taşabbuskorlaridan biri sifatida bu yönalişni rivojlantirişda faol qatnaşmoqda.

Taʼkidlaş joizki, Xitoy, Koreya, Yaponiya kabi tibbiyoti ilgarilab ketgan mamlakatlarda ham anʼanaviy tabobatga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bugun bu davlatlarda aholining salmoqli qismi dori-darmondan köra köproq tabiiy giyohlarga suyanadi. Ular bu sohada ilmiy-tadqiqot institutlarini ötgan asrning 50-yillaridayoq yölga qöygan. Bizda ham ana şunday izçil qadamlarga katta zarurat bor.

Qiziği, koreyalik olimlar ibn Sinoning “Tib qonunlari” asariga katta qiziqiş bildirib, uni koreys tiliga tarjima qilişni söraşgan. Turkiyalik şifokorlar ham şu yösinda murojaat qilgani xalq tabobatiga bölgan xalqaro qiziqiş yuqori ekanini körsatadi.

— Janubiy Koreya bilan hamkorlik istiqbollaridan umidimiz katta, — dedi biz bilan suhbatda kafedra mudiri Xolmurod Qayumov. — Bu yönalişdagi eng katta işimiz dorivor mahsulotlar işlab çiqariş kölami va samaradorligini oşirişdir. Koreyaga borib örganiş davomida smart issiqxonalar faoliyati bilan tanişdik. Şu asosda önta “aqlli issiqxona”ni olib kelib, institutimiz hududiga örnatdik. Hozirda ularning birida mehrigiyo yetiştirişni boşladik, qolgan töqqiztasi esa foydalanişga tayyor holatga keltirilgan. Ammo hujjatlaştiriş bilan boğliq kiçik tösiq tufayli bu jarayonlar hozirça keçikib turibdi.

Issiqxonalar töliq kompyuterlaştirilgan, barça jarayonlar avtomatik tarzda nazorat qilinadi. Havo harorati, namligi, yoruğlik va issiqlik darajasi — barçasi maxsus dastur orqali boşqariladi. Namlik kamaysa, tizim uni avtomatik ravişda normallaştiradi, suv miqdori yetarli bölmasa, kerakli miqdorni qöşib beradi.

Agar issiqlik belgilangan meʼyordan oşib ketsa, kompyuterlaştirilgan sovitiş tizimi işga tuşadi. Yaʼni endilikda dorivor ösimliklarni sunʼiy intellekt parvarişlaydi. Masalan, jenşenning ilk partiyasi yetiştirilib, ulardan nastoyka va turli preparatlar tayyorlandi va amaliyotga yönaltirildi.

Aslida mehrigiyo ösimligi faqat toğli hududlarda uçraydi. Tabiiy şaroitda undan foydalaniş uçun 3-5 yil kutiş talab etilsa, smart issiqxonada 3-4 oydayoq tayyor mahsulot oliş mumkin. Buning ahamiyati beqiyos. Şuningdek, Koreya tajribasi asosida institutda ilmiy laboratoriya taşkil etildi. Unda har bir ösimlikning rivojlaniş bosqiçi, iqlimga çidamliligi, tarkibi va şifobaxş xususiyatlari atrofliça örganilmoqda.

Özbekiston florasi öta rang-barang. Şahar-u qişloqlarda, çöl-u toğlarda ösuvçi minglab giyoh va ösimliklar borki, ularning şifobaxş xususiyatlari hali töliq tadqiq etilmagan. Masalan, kiyik ötning toğda ösgani çöldagisiga nisbatan ança foydali. Yoki köpçilik hovlisidan örin olgan gulxayrining qirqdan ortiq turi mavjud. Uning guli, tanasi va uruği ham şifobaxş xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Asosan, nerv tizimi va oşqozon-içak kasalliklarini davolaşda qöllaniladi. Şuningdek, parfyumeriya sanoatida ham undan samarali foydalaniladi. Buxorolik olimlar Qaşqadaryo vohasidan gulxayrining noyob turini olib kelib, yetiştirişga kirişgani ham bejiz emas.

2018 yildagi Prezident qaroriga muvofiq ajratilgan maydonda hozirgi kunda rayhon, naʼmatak, maxsar guli, qoraqiz (ittikanak), quşqönmas, zanjabil, qalampirmunçoq, gulxayri kabi yigirmadan ziyod dorivor giyohlar parvarişlanmoqda. Yantoq guli, anor yoği va ğoz yoğidan tayyorlangan malham va dorilar şifokorlar amaliyotida qöllanib, köplab samara bermoqda.

Tajriba maydonidagi natijalar institutning boşqa kafedralarini ham qiziqtirib qöydi. Masalan, stomatologiya kafedrasi tadqiqotçisi oğiz böşliğidagi kasalliklarni xalq tabobati asosida davolaş yöllarini örganayotir. Terapiya yönalişi izlanuvçisi yurak-qon tomir kasalliklarida xalqona usullarni sinamoqda. Boşqa bir olim bronxial astmada şirinmiya ildizining samarasini oçib bermoqda. Yoş tadqiqotçilar maxsar gulining allergik kasalliklardagi foydasini kaşf etyapti. Fitoterapiyada ham kun sayin yangiliklar kuzatilmoqda: zaʼfaron va zarçavaning şifobaxş xususiyatlari ham alohida örganilmoqda.

2024-2025 öquv yilidan kafedra “Jöyzar” soğlomlaştiriş maskani hududidagi yangi bazada iş boşladi. Bu yerda “Integrativ va xalq tabobati klinikasi” taşkil etildi. Endi bemorlar xalqona usullar bilan zamonaviy tibbiyot uyğunligida davolanmoqda. Hijoma, igna terapiyasi, fizioterapiya, manual terapiya, fitoterapiya va Koreyadan keltirilgan tabiiy mahsulotlar asosida muolajalar keng qöllanilyapti. Şu tufayli dori-darmondan foydalaniş 30-40 foizga kamaygani ham qayd etilmoqda.

— Bizning asosiy maqsadimiz, — dedi professor Xolmurod Qayumov, — xalq tabobati merosini zamonaviy tibbiyot bilan uyğunlaştiriş. Bu yönalişda allaqaçon sezilarli işlar qilindi: mingdan ziyod ilmiy maqolalar çop etildi, öndan ortiq darslik va yigirmadan ziyod monografiya yaratildi. Şogirdlarimiz orasidan köplab fan nomzodlari va doktorlari yetişib çiqdi.

Joriy yilning dastlabki yarmidayoq uç nafar yoş tadqiqotçi ilmiy işini muvaffaqiyatli himoya qildi. Yana bir neça nafari yaqin orada ilmiy kengaş oldida tadqiqotlarini taqdim etmoqçi. Xalqaro konferensiyalardagi iştiroklari ham quvonarli hol.

Olimlarning navbatdagi dolzarb vazifasi — xalq tabobatidagi davolaş, profilaktika va diagnostika usullarini ilmiy jihatdan asoslab beriş. Şu maqsadda işlar izçil davom ettirilmoqda.

Ayni paytda mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari orasida xalqaro hamkorlikda yetakçi örinni egallab kelayotgan mazkur kafedra xorijiy tibbiyot universitetlari va nufuzli taşkilotlar bilan imzolangan memorandum va şartnomalar asosida faoliyat yuritmoqda.

Jumladan, 2018 yilda Janubiy Koreyaning Gvanju şahridagi “Çong-Yeng” klinikasi, Xitoyning Fudan universiteti bilan hamkorlik şartnomalari imzolangan. 2021 yilda Hindistonning “Jame Hamdard” va Ayurveda universitetlari, 2022 yilda esa Janubiy Koreyaning Degu Xaani universiteti bilan xalq tabobati sohasida kadrlar tayyorlaş va hamkorlik yölga qöyildi. Şuningdek, Çoson davlat universiteti, Kuandju tibbiyot universiteti va boşqa nufuzli tibbiyot muassasalari bilan ham aloqalar izçil davom etmoqda.

Kelişuvlar doirasida BuxDTI va Degu Xaani universiteti örtasida talabalar hamda professor-öqituvçilar almaşinuvi yölga qöyilgan. Kelgusida esa xalq tabobati yönalişida qöşma taʼlim dasturini taşkil etiş rejalaştirilgan.

Yutuqlar barobarida muammolarni ham aytmasak bölmas. Mana, ikki yildirki, oliy öquv yurtining Xalq tabobati yönalişiga qabul töxtatilgan. Sababi nomaʼlum. Ayni paytda ikkita kurs (3-4 bosqiç) talabalariga ustozlar dars ötişmoqda. Ular ham öqişni tamomlab ketsa, keyin nima böladi?

Ruxsatnoma masalasi. Giyohlardan tayyorlangan dori vositalari sinovlardan muvaffaqiyatli ötganidan söng ularni bemorlarga qöllaş ruxsatnomalarini oliş oson keçmayapti. Ilmiy laboratoriya tekşiruvlari, tarkib va toksikologiya tahlillari, hayvonlarda sinovlar — bularning barçasi zarur jarayon. Ammo ruxsat jarayonining ortiqça çözilişi va xarajatning 30-40 million sömgaça yetişi murakkab dori vositalarini amaliyotga tatbiq etişga jiddiy tösiq bölmoqda. Ibn Sino asarlarida oltmişdan ortiq mahsulot aralaşmasidan tayyorlangan vositalar zikr etilganini eslasak, bugungi amaliyotdagi holat kişini öylantirmay qöymaydi.

Hukumat xalq tabobatini rivojlantirişni maqsad qilib qöygan ekan, avvalo, bu yölda paydo bölayotgan tösiq va muammolarni ham bartaraf etişi kerak, albatta.

Hamzabek TURDIYEV,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan