Biz qaçon kitobga döst bölamiz?

Qaçonki bolalar öz naşrlarini mutolaa qilsa, oilalarda esa

gazeta-jurnallarni öqiş maʼnaviy ehtiyojga, anʼanaga aylansa…

Kitob va kitobxonlik ahamiyati xususida ommaviy axborot vositalarida köp gapiriladi, muntazam bahs-munozaralar olib boriladi, kitob mutolaasiga daʼvatlar baland yangraydi. Kitob tarğiboti böyiça turli çora-tadbirlar körilmoqda. Yaqinda, aniqroği, 21-27 aprel kunlari mamlakatimiz uzra “Özbekiston — kitobxonlar yurti” şiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” ötkazildi. Haftalik doirasida bir qança xayrli maʼrifiy tadbirlar amalga oşirildi, minglab kitoblar yoşlarga taqdim etildi va hokazo.

Davlatimiz rahbarining “Kitob mahsulotlarini naşr etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğib qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi töğrisida”gi, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş milliy dasturi töğrisida”gi qarorlari uşbu masala davlat siyosati darajasida dolzarb ekanligidan dalolat. Yana bir muhim hujjat Prezidentimizning 2023 yil 28 noyabr kuni qabul qilingan “Yoşlar uçun ming kitob” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroridir. Bu qaror yoşlarning intellektual va ilmiy salohiyatini oşirişga xizmat qiluvçi yana bir muhim qadam böldi. Mana bir neça yildirki, “Yoş kitobxon” musobaqasi dovruği xalqimiz, yoşlar orasida eng sevimli tanlovlardan biriga aylandi. Tanlovda birinçi örinni egallagan ğoliblarga Prezident sovğasi — avtomobillar topşiriladi. Ötgan yili tanlovda ikkinçi örinni zabt etganlarga 75 million, uçinçi örin sohiblariga 50 million sömdan berildi. Bu yilgi “Yoş kitobxon” tanlovining respublika bosqiçi yakunida eng bilimdon yoşlar aniqlandi, Prezident sovğasi — “BYD Chazor” elektromobili va pul mukofotlari öz egalariga topşirildi. Bu tanlovga monand tadbirlar hamma mamlakatlarda ham ötkazilmaydi.

Ha, kitob başariyatning eng yaxşi kaşfiyoti. Ajdodlarimizdan viqorli saroy-qalʼalar, toşdagi bitiklar, Şaşmaqom taronalari-yu oğzaki dostonlardan taşqari, bizga kitoblar olami meros qoldi. Darhaqiqat, atoqli adib Anton Çexov aytganidek, “Kitoblar qarşisida jamiki narsalar nursiz bölib tuyuladi”. Kitobga nisbatan insonning eng yaqin dösti, tafakkur qanoti, kitob bu — oftob, aql qayroği, bilim sarçaşmasi kabi sözlarni aytişga örganib qolganmiz. Mavlono Jomiy kitobga şunday taşbeh bergan:

 

Kitobdan yaxşiroq döst yöq jahonda,

Ğamxöring bölgay u ğamgin zamonda.

U bilan qol tanho, heç bermas ozor,

Joningga yuz rohat beradi takror.

 

Bu hikmatli satrlarga şak-şubha yöq. Kitob şarofati ila dunyo uzra maşhur bölgan buyuk siymolar qadimiy yurtimizdan köp çiqqan. Köhna zaminimizda Ilk Renessans, Ikkinçi Renessans ham kitob, bilimning qudrati tufayli yuz bergan. Şu boisdan Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Yangi Özbekiston şaroitida Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş haqida söz yuritganda kitob va kitobxonlikning ahamiyati, natijadorligiga alohida urğu beradi.

Ammo, taassuflar bölsinki, respublikadagi kitob savdosi, tarğiboti holati hamda aksar xonadonlardagi kitobga bölgan munosabatlar tahlilidan kelib çiqadigan xulosamiz şulki, biz hali kitobxonlar mamlakatiga aylanişimiz uçun köp zahmat çekişimizga töğri keladi.

Buning uçun köp omillarga eʼtibor berişimiz zarur.

Keling, yaxşisi, Finlyandiya kitobxonlik madaniyatiga bir nazar solamiz. Aholisi 2023 yil holatida 5 584 million nafarni taşkil etgan uşbu mamlakatda bir yilda qariyb 10 million dona bolalar kitobi sotilarkan. Bolalar va ösmirlar uçun çop etilgan kitoblar miqdori kattalar adabiyotidan bir neça barobar köp. Muhimi, kitoblarning aksariyati ilk naşr hisoblanadi. Ota-onalar farzandlarini kiçik yoşidan kitob öqişga oşiq qiladilar, dunyoga endigina kelgan bolaga oilasiga mahalliy kutubxonadan gözal, jozibali illyustratsiyaga ega kitoblar töplami, şuningdek, “Men kitobxon bolaman!” futbolkasi armuğon etiladi. Maʼlumotlarga qaraganda, 70 foizdan köp ota-onalar öz farzandlari bilan ovoz çiqarib kitob öqirkan. Yuqorida aytganimizdek, har yili uşbu kiçkina mamlakatda qariyb 10 million adad bolalar kitobi sotiladi. Bolalar yozuvçi va şoirlari uçun davlat tomonidan grantlar ajratiladi, turli xil tanlovlar eʼlon qilinadi. Eng qiziği, bu borada rassomlar işi birinçi örinda turadi. Xalq oğzaki ijodi, ertaklardan, zamon fan va texnologiyasi yangiliklaridan boxabar va fantaziyaga boy rassomlar tomonidan avval bölajak kitob uçun suratlar yaratiladi, undan keyin yozuvçilar rasmlarga qarab öz matnlarini yozadi. Dunyo bolalar adabiyoti rivojiga katta hissa qöşgan Mauri Kunnas ham suratlarga qarab, miyasida tafakkur hosil bölganini, söngra asarlar yozganini eʼtirof etgan. Fin xalqining qahramonlari hayoti, ertaklari bolalar adabiyotining rangin olamining asosiy qismini, “mağzi”ni taşkil etarkan. Sönggi paytlarda internetning taʼsiri tufayli, bolalar adabiyotiga eʼtibor biroz susayganini inobatga olib, fin adiblari bolalarni kitobxonlikka faolroq jalbu jazm etiş maqsadida bolalar hajvi (yumor)ga katta eʼtibor berişayotgan ekan. Kitoblarning poligrafik sifati, rang va qoğozi ham fin noşirlari uçun birinçi örinda turadi.

Öylaşimça, bizda bolalar adabiyoti tarğibotiga eʼtibor yuksak darajada emas. Bu borada alohida tizim şakllantirilsa, faqat millatimiz maʼrifati yölida juda foydali tizim bölardi. Qani endi, Turkiya mamlakatidagidek, bizda ham anʼanaviy bolalar kitoblari va naşrlari yarmarkasi taşkil etilsa, ayni muddao bölardi. Töğrisi, naşr etilayotgan kitoblar sifati bilan ham özimizni maqtay olmaymiz.

Jurnalistika fakultetlariga hujjat topşirgan abituriyentlar bilan ötkazilgan ijodiy suhbatlar jarayonidan şu xulosaga keldikki, keçagina maktab partasidan turib, jurnalist böliş niyatida bölgan yoşlarimizning köpçiligi maktabda tahsil olayotgan çoğlarida biror-bir bolalar naşrini körmagan, nomini ham bilmaydi va tabiiyki, ularni öqimagan, jurnalistikaga bölgan “zavqlari” esa ijtimoiy tarmoqlar taʼsiri ostida şakllangan. Mana şu ham yoşlarimizning matbuotga bölgan munosabatiga oid oddiy indikator, körsatkiç!

Holbuki, aholida, ayniqsa, bolalar va ösmirlarda kitob mutolaasiga zavq va havas uyğotişni, nazarimizda, eng avvalo, boşlanğiç sinflardan boşlab, ularni bolalar naşrlari bilan oşno qilişdan boşlaş kerak. Buni bugun jurnalistika va adabiy ijod borasida ulkan yutuqlarni qölga kiritgan, elimizning faxriga aylangan önlab maşhur jurnalist va yozuvçi-şoirlarimiz tarjimai holi, ibratli hayoti, ijod laboratoriyasidan bilsa böladi. Ularning har biri adabiyotga bölgan zavqni, eng avvalo, bolalar uçun gazeta va jurnallardan olganliklarini, ilk ijod namunalarini ham aynan şu naşrlar imtihonidan ötkazib, keyin adabiyotning katta yöliga qadam taşlaganliklarini faxr bilan eslaydilar.

Afsuski, sönggi yillarda kitobxonlik madaniyati xususida söz yuritganda, bolalar naşrlarini tilga olmaymiz, kitobxonlik aynan bolalar va ösmirlar naşrlarining mutolaasidan boşlanişi kerakligini unutib qöyamiz. Biz uşbu maqolamizni “Kitobga qaçon döst bölamiz?” savoli bilan bejiz boşlamadik.

Özimning hayotiy tajribamdan anglaganmanki, bolaligimda buyuk adiblarning asarlarining mutolaasiga ötişdan oldin, bolalar naşrlarida ularning kiçik-kiçik hikoyalari, lavhalarini öqişdan boşlaganmiz. Zero partamizda, sinfimiz devorlarida, kutubxonalar stollarida birinçi bolalar va ösmirlar jozibasi bor gazeta va jurnallarni körar edik. Oilamizda kamida 5 ta gazeta yo jurnal, ularning orasida kamida ikkita bolalar va ösmirlar naşrlari poçta orqali kirib kelardi. Öqituvçi, sinf rahbarlari darsni bolalar naşrlarida eʼlon qilingan hikoya va ibratomuz maqolalar, şeʼrlarning hozirgi tilda aytganda, “anons-reklamasi”dan boşlaşardi.

Bugun-çi? Bugun xonadonlarimizni qöyib turing, ayrim maktablarimizga bolalar gazeta va jurnallarining hattoki bir nusxasi ham yetib bormayotganini yaxşi bilamiz. Bu juda aççiq haqiqat! Bu holatning oqibatida 38 million nafarga yaqin aholisi bor, şu nufusning aksariyatini yoşlar taşkil etadigan mamlakatimizda bolalar gazeta va jurnallari: “Tong yulduzi”, “Ğunça”. “Klass!”, “Gulxan” naşrlarining tiraji bugungi kunda 5 ming nusxa atrofida çop etiladi. Bu raqam, bu körsatkiçdan bolalar naşrlari, adabiyoti qamrovini bilib oliş, anglaş qiyin emas! Işoning, bugun öz gazeta va jurnalini öqimagan bolalar ertaga katta naşrlar, maşhur va atoqli adiblarimizning asarlarini öqişga moyillik, kayfiyat hosil qilmaydi.

Xulosaviy savol: biz qaçon kitobga döst bölamiz? Qaçonki bolalarimiz öz naşrlari mutolaasini odatga, oilamizda esa anʼanaga aylantirsak, albatta kitobxon millatga aylanamiz!

Şoqahhor SALIMOV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan