Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning törtinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi
Hurmatli forum iştirokçilari!
Xonimlar va janoblar!
Aziz mehmonlar!
Avvalo, sizlarni – hamkor davlatlarimizning yuqori martabali vakillari, xalqaro taşkilotlar rahbarlari, biznes olamining yirik namoyandalarini törtinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumida çin qalbimdan samimiy qutlayman.
Tadbirimizda qatnaşayotgan Bolgariya Prezidenti Rumen Radev Janobi Oliylari, Slovakiya Boş vaziri Robert Fitso Janobi Oliylari, Qozoğiston Boş vaziri Öljas Bektenov Janobi Oliylari, Qirğiziston Hukumati raisi Adilbek Qosimaliyev Janobi Oliylari, Tojikiston Boş vaziri Kohir Rasulzoda Janobi Oliylari, Ozarbayjon Boş vaziri Ali Asadov Janobi Oliylari, Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi örinbosari Aleksandr Novak Janoblari, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari Nokerguli Ataguliyev Janoblarini körib turganimdan ğoyat xursandman.
Şuningdek, Rossiya, Xitoy, Amerika Qöşma Ştatlari, arab davlatlari hamda Yevropa, Osiyo va Afrika mintaqalaridan kelgan nufuzli delegatsiyalarni ham çin dildan qutlayman.
Biz bilan yaqindan hamkorlik qilayotgan moliyaviy institutlar rahbarlari – Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso xonim va Yangi rivojlaniş banki prezidenti Dilma Rusef xonimga alohida minnatdorlik izhor etaman.
Bugungi forumda 7,5 mingdan ortiq delegat, jumladan, 100 ga yaqin davlatdan salkam 3 ming nafar xorijiy mehmon iştirok etmoqda. Biz buni, avvalambor, mamlakatimizga bölgan hurmat, özaro işonç va yaqin hamkorlikning çinakam ifodasi sifatida qabul qilamiz.
Özbekiston zaminiga xuş kelibsiz, qadrli döstlar!
Hurmatli anjuman iştirokçilari!
Bugungi dunyo katta sinovlarni boşidan keçirmoqda. Global xavfsizlik va barqaror rivojlanişga jiddiy tahdidlar tobora kuçaymoqda, geosiyosiy jarayonlar köz öngimizda şiddat bilan özgarmoqda.
Jahonda qurollaniş poygasi yana avj olmoqda. Yirik mamlakatlarning harbiy xarajatlari 2010 yilga nisbatan bir yarim barobar ortib, 2,5 trillion dollarga yetdi. Iqtisodiy inqiroz asoratlari, moliyaviy resurslar taqçilligi tufayli jahon yalpi içki mahsulotining ösiş surʼatlari esa ketma-ket uç yil davomida pasaymoqda.
Ming afsuski, xalqaro huquq normalari va diplomatiya kuçi zaiflaşmoqda. Eng açinarlisi, insoniyat uçun eng dolzarb muammolar – oziq-ovqat xavfsizligi, kambağallik, iqlim özgarişlari kabi masalalarga eʼtibor kamaymoqda. Dunyoda tinçlik, adolat va inson qadriga bölgan umumiy işonçni tiklaş har qaçongidan ham muhim.
Biz Ukraina bilan boğliq vaziyatni faqat diplomatik yöllar bilan hal etiş zarur, deb hisoblaymiz va Istanbulda bölib ötayotgan töğridan-töğri muzokaralarni olqişlaymiz.
Şu bilan birga, köpdan buyon çözilayotgan Ğazo fojiasiga eʼtiboringizni qaratmoqçiman. XXI asrda köz öngimizda köplab begunoh insonlarning nobud bölayotganini heç nima bilan oqlab bölmaydi. Bu muammoning yagona yeçimi – nizoni xalqaro huquq meʼyorlari va qabul qilingan rezolyutsiyalar asosida adolatli hal qilişdir. Falastin xalqi öz mustaqil davlatiga ega bölişga haqlidir.
Global kun tartibidagi yana bir masala – bu qöşni Afğonistonning tinç va barqaror rivojlanişiga kömaklaşişdan iborat. Bu davlatning amaldagi hukumati bilan xalqaro maydonda konstruktiv muloqot olib boriş, uning yakkalanib qolişiga yöl qöymaslik har qaçongidan ham muhim. Zero, mazkur mamlakatdagi osoyiştalik va iqtisodiy rivojlaniş yon-atrofdagi barça mintaqalarning uzoq muddatli taraqqiyoti uçun zarur omildir.
Men hozir taʼkidlab ötgan muammolar böyiça barça şerik davlatlarimizni oçiq va keng kölamli xalqaro hamkorlikka çaqiramiz. Çunki, forumning asosiy mavzusi bölgan investitsiyalar – faqat iqtisodiy taraqqiyotning emas, balki tinçlik va barqarorlikning kafolatidir!
Keling, birgalikda şunday investitsiya muhitini yarataylikki, u daromad keltiriş bilan birga, inson qadrini uluğlaydigan, uning hayotiy manfaatlarini taʼminlaydigan va jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan mustahkam poydevorga aylansin!
Aziz mehmonlar!
Hozirgi qiyin şaroitda biz Özbekistonda iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolişga asosiy eʼtibor qaratyapmiz.
Yalpi içki mahsulotimiz sakkiz yilda 2 barobar köpaydi. 2030 yilga borib, bu körsatkiçni 200 milliard dollarga yetkazişni öz oldimizga maqsad qilib qöydik.
Ötgan yili investitsiya hajmi 35 milliard dollarga, eksportimiz 27 milliard dollarga yetgani – tört yildan buyon ötkazib kelinayotgan Toşkent xalqaro investitsiya forumining ham amaliy natijasidir.
Yangi Özbekistondagi islohotlar samarasi xalqaro reytinglarda ham özining munosib aksini topmoqda.
“Iqtisodiy erkinlik indeksi”dagi örnimiz sönggi beş yilda 48 poğonaga yuqori kötarildi. Garvardning “Iqtisodiyot murakkabligi indeksi”dagi örnimiz 28 poğonaga yaxşilandi. Ötgan oyda nufuzli “S&P” agentligi Özbekistonning suveren reytingi prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga oşirdi.
Bugun dunyo iqtisodiyoti yangi davr va özgarişlar ostonasida turganini barçamiz yaxşi tuşunamiz. Bu esa barqaror rivojlaniş yölidan borayotgan davlatlarni quyidagi törtta yönalişda hamkorlikda işlaşga undamoqda.
Birinçidan, “yaşil” iqtisodiyot modeliga ötiş.
Biz iqtisodiyotimizni barqaror energiya resurslari bilan taʼminlaş uçun aynan “yaşil” energetikani rivojlantirişga qattiq bel boğlaganmiz.
Ötgan qisqa davrda bu sohaga qariyb 6 milliard dollar töğridan-töğri xorijiy investitsiya kirib keldi. Elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 59 milliarddan 82 milliard kilovatt-soatga yetdi. Keyingi beş yilda bu körsatkiç 120 milliard kilovatt-soatdan oşib, “yaşil” energiya uluşi 54 foizga yetadi.
Şuningdek, elektr tarmoqlarini yangilaşga ham 4 milliard dollar jalb qilamiz.
Bu borada joriy yilda Samarqandda, kelgusi yildan yana 8 ta hududda elektr tarmoqlarini xususiy şeriklikka beramiz.
Bundan taşqari, ilk bor “yaşil” sertifikat va uglerod birliklari savdosini boşladik. Şu yil global uglerod bozorlariga qöşilib, “Yaşil Özbekiston” iqlim investitsiyalari platformasini yaratamiz.
Ikkinçidan, raqamli texnologiya va sunʼiy intellekt iqtisodiyotning “drayveri”ga aylanmoqda.
Mamlakatimizda şu yilning özida IT eksporti 1 milliard dollarga yetadi. 2030 yilga borib, bu körsatkiçni 5 karra oşiriş uçun salohiyatimiz ham, imkoniyatimiz ham yetarli.
Bu işlarimiz xalqaro darajada eʼtirof etilib, Sunʼiy intellektga tayyorlik böyiça xalqaro indeksda bir yilda 17 poğonaga kötarildik.
Kelgusi yil “Bulutli texnologiyalar” milliy platformasi işga tuşadi. Yaqin beş yilda xususiy investorlar bilan birga quvvati 500 megavattdan ziyod 20 ta “data markaz” barpo etamiz.
Şuningdek, boy tariximiz, azaliy qadriyatlarimiz hamda yangi kreativ ğoyalarni mujassam etgan sunʼiy intellektning milliy modelini işlab çiqamiz. Bu tizim samaradorligini taʼminlaş uçun “Bir million sunʼiy intellekt yetakçilari” loyihasini boşladik.
Işonçim komil, sizlar bilan birgalikda Özbekistonni nufuzli IT va Fintech xabiga aylantiramiz.
Uçinçidan, bugungi şaroitda moliyaviy tizim va texnologiyalar keskin özgarmoqda.
Biz yaqinda Xalqaro valyuta jamğarmasi va Jahon banki bilan birga Özbekiston moliya sektorini ilk bor kompleks baholaşdan ötkazdik. Ular bank, moliya, suğurta, kapital bozoridagi islohotlarimizni töliq qöllab-quvvatladi.
Bu sohalarni keyingi rivojlaniş bosqiçiga olib çiqiş maqsadida Özbekistonda Moliyaviy barqarorlik kengaşi taşkil etiladi, Markaziy bankda kiberxavfsizlik va moliyaviy texnologiyalar platformalari işga tuşiriladi.
Suğurta tizimida ham katta islohotlarni boşladik. Milliy qayta suğurtalaş kompaniyasi va Global qayta suğurtalaş raqamli platformasi taşkil etildi.
Startaplar uçun muqobil moliyaviy instrument – vençurlar bizda tez rivojlanib boryapti. Misol uçun, ötgan yili 2 ta startap kompaniyamizning qiymati ilk bor 1 milliard dollardan oşdi. Bunday kompaniyalarni albatta köpaytiramiz.
Şu bois “Muqobil investitsiya jamğarmalari töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqildi. Kelgusi beş yilda vençur va boşqa muqobil sarmoyalar hajmini 1 milliard dollarga olib çiqamiz.
Yana bir yönaliş. “Törtinçi sanoat inqilobi” “texnologik minerallar”ga talabni bir neça karra köpaytirmoqda.
Özbekistonda volfram, molibden, magniy, litiy, grafit, vanadiy, titan va boşqa minerallarning katta zaxirasi aniqlangan. Umuman, yer osti boyliklarimizning salohiyati 3 trillion dollarga baholanmoqda.
Mintaqamizning minerallardan yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş “xabi”ga aylanişi uçun barça imkoniyatlar mavjud. Bu borada Toşkent va Samarqand viloyatlarida “Kelajak metallari texnoparki”ni bunyod etmoqdamiz.
Şu örinda bir taşabbusni ilgari surmoqçiman: bu sohada geologiya-qidiruv işlaridan boşlab, tayyor mahsulot zanjirini yölga qöygan investorlarga ön yil davomida renta soliği qaytarib beriladi.
Işonçim komil, sizlar bilan uzoq muddatli samarali aloqalarimiz aytib ötilgan barça yönalişlarda özaro manfaatli biznes hamkorlikka aylanadi.
Hurmatli investorlar!
Biz “Yangi Özbekiston – investitsiyalar uçun katta imkoniyatlar mamlakati” degan tamoyilni amaliy natijalarga aylantiriş maqsadida barça çoralarni köryapmiz.
Eng avvalo, bir narsaga eʼtiboringizni qaratmoqçiman: global işlab çiqariş zanjirlarida har bir davlat uçun teng şaroitni taʼminlaydigan işonçli qoidalar bölişi şart va zarur.
Heç şubhasiz, bu borada Jahon savdo taşkilotining alohida örni bor. Şu bois, kelgusi yilda uşbu Taşkilotning aʼzosiga aylaniş böyiça oldimizga maqsad qöyganmiz va bu borada hamkorlarimiz bilan faol işlayapmiz. Buning uçun önlab qonun, yuzlab standartlarni xalqaro talablarga moslaştirdik va bu işlarni şu yil töliq yakuniga yetkazamiz.
Ikkinçidan, mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlarga yanada qulay muhit yaratiş uçun mahalliy kompaniyalar bilan bir xil şaroitlarni kafolatlovçi “milliy rejim” joriy qilinadi, davlat organlari bilan munosabatga kirişişda “yagona darça” tamoyili tatbiq etilişi belgilandi, investitsiya faoliyatini ortiqça tekşiruvlardan kafolatli himoyalaş tizimi yaratiladi.
Bular orqali 2030 yilga borib, Özbekistonning kredit reytingini “investitsion” darajaga olib çiqişni maqsad qilib qöyganmiz.
Uçinçidan, biz davlat kompaniyalarini xususiylaştirişda ularni yurtimiz farovonligiga xizmat qiluvçi yirik aktivlarga aylantiriş yölini tanlaganmiz.
Şu bois, 18 ta yirik kompaniya va banklardagi qariyb 2 milliard dollarlik davlat uluşini özida birlaştirgan “Milliy investitsiya jamğarmasi” taşkil etildi. Jamğarma boşqaruviga nufuzli “Franklin Templeton” kompaniyasi jalb qilindi. Kelgusi yilning özida jamğarmaning aksiyalar paketi xalqaro IPO ga çiqariladi.
Şuningdek, professional konsultantlar jalb qilinib, ikki yilda 29 ta yirik davlat kompaniyasi xususiylaştiriladi.
Törtinçidan, biz transport va logistika sohasini iqtisodiyotimizning qon tomiri sifatida köramiz.
Şu bois, bu sohaga ham xususiy kapitalni faol jalb qilmoqdamiz. Birgina misol, Samarqand, Namangan, Buxoro va Urganç xalqaro aeroportlari davlat-xususiy şeriklik asosida salohiyatli investorlar boşqaruviga berildi.
Urganç aeroporti boşqaruviga dunyoning yetakçi “Inçon” kompaniyasi jalb qilindi. Kelgusi yilda Nukus, Termiz, Farğona, Navoiy aeroportlari böyiça ham tenderlar ötkazamiz.
Yana bir muhim yönaliş – poytaxtimizda yaşab va işlayotgan aholi soni 5 milliondan oşdi. Şu bois, 2 million aholiga möljallangan “Yangi Toşkent” şahrini barpo etib, poytaxtni megapolisga aylantiramiz.
Bu yerda yiliga 20 million yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega aeroport, temir yöl va avtomobil transportini qamrab olgan “multimodal xab” quriladi. Yirik savdo komplekslari va moliya markazlari qad kötaradi.
Uşbu mega loyihani birgalikda amalga oşiriş uçun investorlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarni taklif qilamiz.
Beşinçidan, sönggi yillarda qöşnilarimiz bilan yölga qöyilgan oçiq va döstona siyosat natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi hamkorlik muhiti şakllandi.
Bugun uşbu davlatlarning hukumat rahbarlari forumda iştirok etayotgani ham sözimning yaqqol isbotidir.
Eʼtibor bering, sakkiz yilda qöşnilarimiz bilan tovar aylanmasi hajmi 3,5 barobardan ziyod oşib, qariyb 13 milliard dollarga yetdi.
Katta investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Jumladan, Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yölini qurişni boşladik, yirik energetika va infratuzilma loyihalarini tayyorlaş böyiça salmoqli işlar qilinmoqda.
Umuman, biz Markaziy Osiyoda “Investitsiya va savdo uçun yaxlit hudud konsepsiyasi”ni ilgari surişni taklif qilamiz.
Şu örinda xalqaro taşkilotlarga murojaat qilmoqçiman: mintaqaviy loyihalarni qöllab-quvvatlaş uçun yangi moliyaviy mexanizmlarni yölga qöyiş vaqti keldi. Birgalikda harakat qilsak, Markaziy Osiyoni tinçlik va taraqqiyot makoniga aylantiramiz.
Hurmatli yiğiliş iştirokçilari!
Bugungi forum yangi, kengaytirilgan formatda ötkazilmoqda. Uning doirasida ilk bor ixtisoslaşgan körgazma taşkil etilib, unda Özbekiston kompaniyalari öz loyihalari va qöşma taşabbuslari bilan iştirok etmoqda.
Bir masalaga alohida urğu bermoqçiman: biz uçun investitsiya – faqatgina moliyaviy manba emas. Bu – texnologiya, bilim, malakali kadrlar, xalqaro işlab çiqariş zanjiriga qöşiliş, yaʼni, haqiqiy taraqqiyot demakdir.
Özbekiston mana şunday ezgu ğoyalar bilan keladigan xorijiy investorlarga barça şaroitlarni yaratib beradi, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaydi va buni kafolatlaydi.
Yurtimizda sizlar uçun barça eşiklar doimo oçiq.
Eng muhimi – faoliyatingizni himoya qiladigan qonunlar bor, muloqotga oçiq davlat va hamkorlikka tayyor mehnatkaş xalqimiz bor.
Bugungi anjumanda iştirok etayotgan, mamlakatimizga mehmon bölib kelgan har bir investor, xorijiy hukumat va xalqaro taşkilotlar vakillariga yana bir bor çin dildan minnatdorlik bildiraman.
Barçangizga omad va ulkan yutuqlar tilayman.
