Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga
Qadrli yurtdoşlar!
Avvalo, Yangi Özbekistonning yangilanayotgan matbuotida, teleradiokanallar, internet naşrlari, naşriyot va matbaa korxonalarida, axborot xizmatlari va platformalarida öz burçini sidqidildan ado etib kelayotgan siz, hurmatli jurnalistlar, muhtaram faxriylarni, barça ijodiy va texnik xodimlarni bugungi kasb bayramingiz bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Global ijtimoiy-siyosiy jarayonlar beqiyos şiddat bilan özgarayotgan hozirgi öta murakkab va notinç dunyoda ommaviy axborot vositalarining örni va taʼsiri har qaçongidan ham kuçli ahamiyat kasb etayotganini hammamiz sezib-anglab turibmiz.
Şu maʼnoda, bepoyon mediaolamda xolis va haqqoniy axborot tarqatiş bilan birga, milliy manfaatlarimizni qatʼiy himoya qiladigan jurnalist ahlining maşaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslasak, öylaymanki, örinli böladi.
Uşbu qutluğ ayyomda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan tarixiy işlarga öz isteʼdodi, professional mahorati bilan munosib hissa qöşib kelayotgan ommaviy axborot vositalarining barça xodimlariga xalqimiz nomidan yuksak hurmat va ezgu tilaklar izhor etiş men uçun katta şarafdir.
Aziz döstlar!
Atoqli jadid bobomiz Hoji Muin aytganidek, “Matbuot tarixi – Uyğoniş davri tarixining bir bölagidir”.
Biz keyingi yillarda, uluğ ajdodlarimiz boşlab bergan ibratli anʼanalarni davom ettirib, demokratik jamiyatning muhim şarti va tamoyili bölgan ommaviy axborot vositalarini izçil rivojlantirişga ustuvor eʼtibor qaratmoqdamiz.
Ana şunday yondaşuv tufayli media makonimizga ilğor loyiha va texnologiyalar, yangiça mulkiy munosabatlar jadal kirib kelmoqda. Respublikamizda faoliyat körsatayotgan 2 ming 400 ga yaqin ommaviy axborot vositalarining 65 foizi nodavlat sektor hissasiga töğri kelayotgani, xususiy naşrlar, teleradiokanallar, internet resurslari tobora ortib, ulardan foydalanuvçilar soni 14,7 milliondan 32,7 millionga yetgani, axborot kontentlarini yaratuvçilar safi kengayib borayotgani, heç şubhasiz, mamlakatimizning media sohasidagi salohiyatini oşirişga xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, milliy mediakontentni rivojlantiriş yölida yoş ijodkorlar, mustaqil studiya va prodyuserlik markazlari faoliyati qöllab-quvvatlanayotgani virtual makonda yuksak sifatli, raqobatbardoş loyihalar paydo bölişi uçun zamin yaratmoqda.
Mamlakatimizda fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini, matbuot va söz erkinligining qonuniy ijrosini taʼminlaş böyiça sezilarli işlar amalga oşirilmoqda. Biz kelajagimiz egalari bölgan farzandlarimizni barkamol etib tarbiyalaş bilan birga, ularni zararli axborotlardan himoya qilişga ham alohida eʼtibor bermoqdamiz. Bu borada 2030 yilgaça bolalar uçun möljallangan milliy kontentlar, jumladan, naşr mahsulotlari foyda soliğidan ozod qilinib, ijtimoiy soliq 1 foiz miqdorida belgilangani, qöşilgan qiymat soliğini qaytariş tartibi joriy etilgani muhim qadam böldi.
Ana şu özgarişlarning davomi sifatida yaqinda Bolalar kontentini rivojlantiriş markazini taşkil etdik. Uşbu markaz yoş avlodimizni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, ularni ezgulik va maʼrifatga oşno etiş böyiça amaliy harakatlarni boşlab yuborgani albatta eʼtiborlidir.
Bu haqda gapirganda, onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvçilarining huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilganini ham qayd etiş lozim.
Hozirgi vaqtda sunʼiy intellekt texnologiyalarining şiddat bilan rivojlanayotgani jurnalistika uçun katta imkoniyatlar oçiş bilan birga, bu boradagi işlarimizni zamon talablariga mos holda yölga qöyişni talab etmoqda.
Sönggi yillarda mamlakatimizda öz kasbini, ona tili bilan birga xorijiy tillarni, IT texnologiyalarini puxta egallagan, jonkuyar va vatanparvar yangi jurnalistlar avlodi yetişib kelayotgani barçamizni xursand qiladi.
Ayni vaqtda ommaviy axborot vositalarida xolislik va qonun ustuvorligini taʼminlaş, professional bilim va mahoratni oşirib boriş, axborot tarqatişning zamonaviy usullarini özlaştiriş, aholi örtasida axborot, bahs va muloqot madaniyatini şakllaştiriş, jamiyatimizdagi turli illatlar, korrupsiya balosiga qarşi kuraşiş kabi dolzarb vazifalar böyiça hali köp iş qilişimiz zarur.
Qadrli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Mamlakatimiz jurnalistlari va ijodiy jamoalari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib, bu yil “Oltin qalam” milliy mukofoti birinçi marta 27 iyunda – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida topşirilmoqda.
Fursatdan foydalanib, bugun sizlarning iştirokingizda tantanali ravişda taqdirlanadigan barça tanlov ğoliblarini va yuksak davlat mukofotlariga sazovor bölgan soha xodimlarini çin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Sizlarning har biringiz kelgusida öz tajriba va mahorat maktabingizni yaratib, milliy jurnalistikamiz ravnaqiga yanada katta hissa qöşasizlar, deb işonaman.
Heç şubhasiz, ommaviy axborot vositalari xodimlarining maşaqqatli mehnatini qadrlaş, ijodiy jamoalarni qöllab-quvvatlaş, sohaning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlaş bundan buyon ham Yangi Özbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yönalişi bölib qoladi.
Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor çin dildan tabriklab, qalbimdagi eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Doimo soğ-omon böling, masʼuliyatli va şarafli mehnatingizdan baraka toping, azizlar!
Şavkat MIRZIYOYEV,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
