Yozning birinçi kuni tuhfasi

Biz öqigan davrda maktab har yili avgustning oxirida öquvçilarga bepul darsliklar tarqatar edi. 5-sinf uçun darsliklarni olib keldim. Orasida, xotiram adaştirmasa, “Maktabda işlab çiqarişni taşkil etiş” degani ham bor edi. Bu amalda mehnat fani darsligi hisoblanar edi.

Lekin…

Uç oyga yaqin paxta terimida qatnaşganimiz uçun mehnat darsi keragidan ortiq darajada qisqarib ketar, qolganlarida ham maktabning boğida işlar edik. Öqituvçimiz loaqal bir marta bölsin: “Şu kitobni oçinglar, falon mavzuni öqinglar”, — demagan. Musiqa fani darsliklarining ahvoli ham şunga öxşaş edi.

Kamina “Musiqa” darsligini mustaqil öqib, notalarni örganganman. Keyin “Yulduzça” aşulasi kuyini aynan şu darslikdagi notalar orqali örganib, rubobda çaladigan bölganman. Demak, “Maktabda işlab çiqarişni taşkil etiş” darsligi ham boşdan-oxir öqilgan, albatta.

Bir joyida parnik qiliş örgatilgan-da.

Yanvar oyi örtalarida ustini şişa (oyna) rom bilan yopiş mumkin bölgan miqdordagi yerni 1 metrdan ziyodroq qilib qazasiz. Keyin uning 70-80 santimetriga yangi göng solasiz. Ustidan biron çelak issiq suv ham sepib yuborasiz. Şişali romni bostirib, termometr qöyib qöyasiz. Biron hafta kutsangiz, içkarida issiqlik 10 darajadan oşadi. Tamom, yanvarning oxirgi ön kunligida pomidor uruğini ekiş mumkin. Keçalari juda sovuq kelsa, rom ustidan eski kigizmi yo körpami yopasiz. Juda qattiq sovuq bölsa, sim tortib, içkarida bir lampoçka yoqib qöyiş yölini qilasiz. Xullas, ikki oyda pomidor köçati yerga olib ötqazişga tayyor holga kelib, gullay deb qoladi.

Şuni öqidim-u, tinçim buzildi-ku. Dadamning jonlarini yedim. Ayvondagi aşqol-daşqollar orasidan bir eski derazaning romini topdim. Ustaga ularga şişa qöydirib berişlarini söradim. Dadam rahmatli tuman qişloq xöjaligi boşqarmasi kolxozlar bölimining boşliği edilar.

— Pomidor köçatining tayyorini keragiça keltirib beraman, ötqazasan, — dedilar. Şu gapga könamanmi?

Xullas, beşinçi-öninçi sinflarda öqiganimda har yili özim ana şu kiçkina parnikda köçat yetiştirib, 1 aprel kuni yerga ötqazganman, 1 iyun kuni birinçi qizargan pomidorni uzganman. Maxsus daftar tutib, pomidor östiriş jarayonlarini yozib borar edim. Şuning uçun bu sanalar qattiq yodimda qolgan.

Kim bolaligini qömsamaydi, deysiz?

Bu yil bozordan tayyor pomidor köçati sotib olib, 1 aprel kuni yerga ötqazdim. Taxminimça, 1 iyun kuni birinçisini uzişim kerak edi. Xudoning qudratini qarang: öşa kuni ilk hosilni oldik.

Mana, bugun 4 iyun. Yana 2 dona pomidor qizaribdi.

Bozor pomidorga töla. Oşxonamizdagi sovitkiç (xolodilnik) ham bu neʼmatdan xoli emas, albatta.

Biroq…

Öz qöllaring bilan yetiştirib, uzib oliş gaştini, kayfini, şukronasini boşqa heç narsa bilan ölçab bölmaydi-da!..

Sultonmurod OLIM

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan