Novda ham “bolam” derkan!..

Hovlimizning oldidagi dasturxonday yerga bundan yetti yil burun uç tup ildizli husayni tok ekdim. Zör kökardi-yu, meva solmadi. Hosilxonasidan kökartirilmagan ekan-da.

Oxiri ötgan yili Namangan çillakisiyu Toşkent obakisini payvand qildim. Qarang, bu yilning özidayoq çillaki ön, obaki beş boş gullamoqçi.

Yangi çiqqan novda yomon mört böladi-da. Qölim tegib ketib, obakining bir novdasi yarim uzildi-ku. Qattiq açindim. Rahmim ham kelib ketdi. Şoşa-pişa hovliga kirib, qurişi uçun dorga osib qöyilgan daströmolçani olib keldim-da, şu bilan yaxşilab örab, boğladim. U yarim uzilgan novdani joyiga mahkamlaşdan taşqari, öşa yamalgan yerni oftob issiğidan himoya ham qiladi-da.

Ikki soatdan keyin qarasam, ming afsus, qariyb bir qariç bölgan bu novdadagi barça barglar sölib bölibdi. Gulboş ham sulayib qolgan.

Lekin ikki kundan keyin qarasam, gulboş biroz tiklana boşlagandek tuyuldi. Demak, sal-pal suv ötyapti. Novdaning gulboşdan keyingi qismini şartta kesib taşladim. Yukini kamaytirdim-da.

Uç-tört kunda gulboş boş kötardi, desangiz. Xayriyat!

Bugun qarasam, yonidan bargça ham çiqara boşlabdi. Ikki marta xayriyat!

Xudojon-yey! Yaratganing har qanday tirik mavjudoting borki, avvalo, “bolam” deydi ekan-da. Bu novda ham özi töliq qurib, hosilini olib qoldi-ya!

Odamzodning feʼli şundayki, to öz közlari bilan körmaguniça bir gapga işonmaydi. Şuning uçun bugun bu “tabib”ligim natijasida “şifo” topgan “patsiyent”im fotosuratini eʼtiboringizga havola etişni maʼqul topdim.

Endi işongandirsiz?

Sultonmurod OLIM

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan