“Xilvat” xilvat, “anjuman” anjuman emas
Dunyoning bizga yaqin va uzoq makonlarida şunday xalqlar yaşaydiki, ulardan ayrimlarining yozma adabiyot yarata boşlaganiga bir asrdan oşgan, baʼzilariga esa endi bir asr bölyapti. Bu jihatdan biz baxtli xalqmiz. Çunki eramizning V asrlaridan yaratila boşlagan, “Örxun-Enasoy yodgorliklari” deb ataladigan toşbitiklardagi til — Yer yuzidagi 40 ta turkiy zabon orasidan bugungi özbek va uyğur lisonlariga yaqin. Çunki agar ularda “jil”, “jetov”, “jiladi” deb emas, “yil”, “yetti”, “yiğladi” deb, “gög”, “geldi”, “dört” emas, “kök”, “keldi”, “tört” deb yozilgan bölsa, demak, biz haq bölib çiqamiz. Barça turkiy tillarda yaratilgan yozma merosning eng katta qismi aynan ana şu V asrda tamal toşi qöyilgan tilning davomi yangliğ yuzaga kelgan.
Biz, bugungi özbek qalamkaşlarining yana bir buyukdan-buyuk baxtimiz bor. Çunki yozişni faqat özimizgagina emas, butun dunyo ijod ahliga örgatsa örgatgudek mahorat sohibi bölmiş uluğ Alişer Navoiy ona tilimizda sözning gözalligini, sehrini oçgan!
Har bir ifodada uyğunlikning oliy darajasiga intiliş — Navoiy ijodining bir muhim fazilati. Mantiqiy boğliqlik, fikriy uzviylik, ifodaviy vobastalik şoir qitʼalarida yaqqol namoyon böladi.
“Ğaroyib us-siğar” devonining 8-qitʼasida (devondan jami 50 qitʼa örin olgan) bir kosa ovqat uçun birovga qul bölgan kişining yuziga qozonning qorasini surtiş kerakligi aytiladi. Bu — naqşbandiya tariqatidagi birovga qul ham bölmaslik, birovga “qul” deb ham qaramaslik ğoyasining özginasi. Buning uçun esa har kim öz mehnati orqasidan kun körişi kerak. Xuddi şu aqida talqinini “Hayrat ul-abror”ning maşhur ötinçi çol haqidagi hikoyatida ham köramiz. Çol ötin terib, öz mehnati bilan umrguzaronlik qilişni Hotami Toyning tekin, lekin minnatli ovqatidan ustun köradi. Hatto saxiylikda tengi yöq Hotami Toy öşa ötinçi çolni özidan köra saxiyroq deb biladi. Demak, saxiylik faqat birovga mol-mulk ulaşişgina emas, balki birovdan bekorga bir narsa olmaslik ham — oliy saxiylik. Bu — naqşbandiyaning asosiy axloqiy meʼyorlaridan biri edi.
9-qitʼada, “kimki Xudo qolib, banda xizmatiga berilsa, yaʼni boy yo mansab egasiga xuşomad qilsa, uning yelkasi çiqib, qöli sinsin, nafasi tutilib, tili kesilsin”, deyiladi. Demak, naqşbandiyaning “öz kuningni özing kör”, degan aqidasi, avvalo, zimdan kişining kişiga qul bölmasligini tarğib etiş edi. Bu naqşbandiyaning pinhona juda oliy darajadagi ijtimoiy adolat tarafdori bölgan tariqatlardan biri ekanini körsatadi.
10-qitʼada Navoiy kişi özini kamolga yetkazişi kerakligini tarğib etadi. Hatto özini östirmay yaşab ötgan odamni olam uyidan ğamgin bölib çiqqan kişiga, pişib yetilmagan çala (“notamom”) narsaga öxşatadi, jahondan notamom ötmak esa hammomga kirib, çala yuvingan va nopok çiqqan kişidan heç ham farq qilmaydi:
Kamol et kasbkim, olam uyidin,
Senga farz ölmağay ğamnok çiqmoq.
Jahondin notamom ötmak biaynih,
Erur hammomdin nopok çiqmoq.
“Kamol et kasb” sözlari — “kamolga yetişni kasb qil” degani. Biroq uni “kasb örganişni kamolga yetkaz” deb ham tuşuniş mumkin. Har ikkalasida ham insonning bu dunyoda komillikka erişiş sari intilişi közda tutilgan. Kasb örganiş ham — komillik sari taşlangan qadam. Bu ham “dast-ba kor”lik şartlaridan. Buni “Farhod va Şirin” dostonidagi Farhodning kasbu kor va ilm örganiş borasidagi intilişlari tasviridan ham yaxşi bilamiz.
Naqşbandiyaning kasbu korga alohida eʼtibor berganiga işora şoirning boşqa devonlaridagi qitʼalarida ham davom etgan. Masalan, “Badoyeʼ ul-vasat”ning 3-qitʼasi maxsusan bir hadisning hazrat Naqşband amalga oşirgan talqini haqida.
Şoirning qitʼaga: “Hadis mazmunikim: “Al-kosibu habibulloh”, hazrat Xojayi Naqşband qaddasa sirrahu mundoq bayon qilibdurkim” degan sarlavha qöyişidan ham maʼlumki, bu asar bir hadisning aynan Naqşband talqiniga şarh. Xöş, hadis şarhiga şarh bitişga ne hojat edi?
Tasavvuf, jumladan, naqşbandiya aqidalarini ifodalagan tuşunçalarning badiiy adabiyotdagidek timsollar ekanini anglamay, ularni töğridan-töğri tuşunsak, yuzaki bir tasavvur paydo böladi. Ana şu xavf bu tariqat yoki, umuman, tasavvufni töğri tuşuniş va tuşuntirişda hali-hanuz raxna solib turibdi. Navoiy buni öta nozik fahmlagan körinadi. Bilamizki, naqşbandiya kasbu kor egalari orasida keng tarqalgan, har bir muriddan biror hunar egallaş talab etiladigan tariqat edi. Bunda, albatta, hazrati payğambarimiz (s. a. v.)ning ana şu: “Kosib — Allohning dösti”, degan muborak hadislariga tayanilgan. Lekin, hamma gap şundaki, Bahouddin Naqşband bu hadisni ham tasavvufona şarhlaganlar.
Qitʼa şuni şeʼrxonga bildirib ötiş uçun yozilgan:
Nukta asnosida Habibulloh
Dedi: “Al-kosibu habibulloh”, —
Maʼni aytur bu sözga piri komil, —
Ki sözi erdi Haq sari şomil.
Ğaraz ermas bu kasbdin dunyo,
Bal erur kasbdin murod fano.
Şu tariqa Navoiy qitʼalari boşqa-boşqa devonlardan örin olganiga qaramay, mazmun va mantiq jihatidan bir-birini töldirib boradi.
Xojagon-naqşbandiya ğoyalarining köpi badiiy tarzda ifodalangan, şiorlardagi aksar sözlar öz maʼnosida emas, köçma maʼnoda işlatilgan, ular bir timsol yangliğ edi. Bu esa Navoiy uçun juda qöl kelgan. Şoir qitʼalarida lirik qahramon könglidagi nozik insoniy keçinmalar bayoni uçun ana şu timsollardan mahorat bilan foydalangan. “Navodir uş-şabob” devonidagi 16-qitʼaga: “Xilvatda falak jafosining ozori va anjumanda ulus bedodining izhori” deb sarlavha qöyilişidan ham maʼlumki, bunda naqşbandiyaning “Xilvat ‒ dar anjuman” şioriga tayanilgan.
Xilvat va anjuman ‒ bir-biriga batamom zid tuşunçalar. Xilvat — yolğizlik. Anjuman — el bilan birga böliş, xalqdan xoli bölolmaslik. Inson tabiati şunçalar tuşunarsiz, injiq, beqarorki, xoli qolganida odamlarni qömsaydi, odamlar orasida esa yolğizlikni soğinadi. Butun umrini böydoqlikda ötkazgan Navoiy uçun goh xilvatni, goh anjumanni xumor qilib turiş köp sodir böladigan tabiiy hol ekani ayon. Qitʼada u özida köp keçadigan ana şu nozik ruhiy holatni qalamga olgan:
Bayt ul-hazanğa kirsam,
ulustin qoçib dame,
Atrofdin ğubori malolat manga yoğar.
Silkay, deb, ul ğuborni,
çiqtim çu kulbadin,
El javru zulmidin boşima yuz balo yoğar.
“Bayt ul-hazan” — ğamxona degani. Bunda şoir xilvatxonani — yolğiz ötiriladigan uyni közda tutgan. Agar ana şu xilvatni makon tutsa, har tarafdan unga malollik, ğam, aziyat çanglari qönaveradi. Çunki axir odam bolasining bir uyda yakka-yolğiz ötirişi osonmi, deysiz?!
Ammo agar u, ana şu malomat çanglarini qoqay, deb kulbadan taşqariga çiqsa, ahvoli bundan beş battar böladi: endi uning boşiga el javru zulmidan balolar yoğiladi…
Garçi şoir faqat “xilvat” va “anjuman” timsollari orqali öz tuyğusini izhor etayotgan bölsa ham, aslida, qitʼa zamirida teran va keng hayotiy maʼno yaşirin. Bu maʼno esa “Xilvat ‒ dar anjuman” şiori mazmuni çegaralaridan çiqib ketadi. Qitʼaning zohiriy mazmunigina hisobga olinganda şunday. Bunda hali “xilvat” va “anjuman” tuşunçalari naqşbandiyona şior mazmunidan uzoqlaşmay turib anglanadi.
Qitʼaning botiniy mazmuni esa kişi xayolini hatto “xilvat” va “anjuman” tuşunçalarining özidan ham kengroq maʼnolar sari yetaklaydi. Çunki yakkaş xilvatda anjumanni, anjumanda xilvatni emas, umuman, issiqda sovuqni, sovuqda issiqni, yozda qişni, qişda yozni soğiniş va hokazolar kabi bir-biriga zid holatlar istagining almaşinib turişi — odamzod könglida köp keçadigan tabiiy bir ruhiy holat. Keng maʼnoda şoir qalbidagi ana şu içki beqarorlikni — otaşinlikni qalamga olgan. Naqşbandiya şiori buning uçun zör dastak bölgan.
Xojagon-naqşbandiya tariqatidagi Abdulxoliq Ğijduvoniy tayin etgan tört şiorning ikkinçisi — “Bozgaşt”. Bu “qaytiş” degan maʼnoni ifodalaydigan zikr amali. Bahouddin Naqşband tariqatning boşqa şiorlari qatori, buni ham maxsus şarhlab tarğib etganlar. Navoiy pir sözlarini turkiyda şeʼriy til bilan ifodalaşga tutinadi. Bunday talqinlar uçun qitʼa eng qulay şeʼriy şakl edi. Binobarin, “Favoyid ul-kibar”ning 42-qitʼasi ayni ana şu Naqşband sözlari tarjimasidan iborat. Buni sarlavhadanoq bilib olamiz: “Masnaviy Xojayi Naqşband quddusa sirruhu kalomi tarjimasidakim, avval bozgaşt xotiri xasta va baʼd az on tavajjuhi dili şikasta”.
“Xasta”ning maʼnosi köpçilikka tuşunarli bölsa kerak. U, sözma-söz aytganda, “xastalangan”, yaʼni “yaralangan”, mazmunan esa “ezilgan” yoki “kasalmand” tuşunçalarini ifodalaydi. “Şikasta dil” — köngli siniq degani. Demak, Bahouddin Naqşband nazdida xotiri xasta kişigina şikastadil pirga yuzlanadi va şifo topadi. Çunki şikastadil pir ‒ xuddi Iso payğambar (a.), yaʼni Masih (a.) kabi ilohiy nafasga ega. Lekin kimningki könglida havoyilik, mağrurlik, manmanlik tuğyon ursa, uning umr şamiga ziyon yetadi. Demak, ğurur — inson hayoti uçun zararli bir illat. Çunki ğurur Allohgagina yaraşadi. Şuning uçun ham söfiyning boş maqsadi — özidagi ana şu ğururni yengişdan iborat. Axir inson hamişa özining juda köp jihatdan bağoyat ojiz ekanini tan olib yaşaşi kerak. Aks holda, u erişgan yutuği yo mavqeiga mavh bölib, kibrga berilişi, takabburlik yöliga kirib ketişi, umrning ötkinçiligini ham unutib, nomaʼqulçiliklar qilişi, jamiyatga talay ziyon yetkazişi mumkin.
Mana, öşa qitʼada kelgan masnaviy:
Xastaning boşiğa çu qöydi qadam,
Piri şikastadile Masihodam.
Bozgaşt ayladi çu xasta köngul,
Neki istar, topar şikasta köngul.
Könglida çun havo qilur tuğyon,
Umri şamʼiğa yetkurur nuqson.
Demak, Bahouddin Naqşband: “davo topiş uçun avval dard bölişi kerak”, deydilar. Şunda “bozgaşt” (tuzaliş) böladi.
Maʼlum böldiki, Navoiy özi mansub naqşbandiya taʼlimoti ğoyalarini izçil ravişda tarğib qilgan. Biroq tariqat şiorlaridagi tuşunçalar uning şeʼrlarida çinakam badiiy timsolga, yaʼni obrazga aylantirilgan. Timsolga aylandimi, bilingki, unga tariqatda anglatgan maʼnolaridan köra ham köproq va kengroq maʼno yuklanadi.
Buning uçun esa buyuk sohibi qalamning badiiy mahorati kerak böladi.
Sultonmurod OLIM,
filologiya fanlari doktori,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
