Özbekiston Markaziy Osiyoning xalqaro investitsiya markaziga aylanişi uçun barça imkoniyatlarga ega

Xorijiy iştirokçilar va ekspertlar mamlakatimizda bölib ötgan IV Toşkent xalqaro investitsiya forumi haqida

Maʼlumki, poytaxtimizda Özbekistonning global sarmoyaviy muloqotning muhim iştirokçisi sifatidagi maqomini mustahkamlagan keng kölamli tadbir – IV Toşkent xalqaro investitsiya forumi muvaffaqiyatli tarzda bölib ötdi. Tadbirda 100 ga yaqin davlatdan davlat va hukumat rahbarlari, yirik transmilliy kompaniyalar rahbarlari, nufuzli xalqaro moliya institutlari vakillari, investorlar, şuningdek, biznes vakillari iştirok etdi.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev forumning yalpi majlisida  sözlagan nutqida “Birgalikda şunday investitsiya muhitini yarataylikki, u daromad keltiriş bilan birga, inson qadrini uluğlaydigan, uning hayotiy manfaatlarini taʼminlaydigan va jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan mustahkam poydevorga aylansin”, – deya taʼkidladi.

Forum dasturidan global va mintaqaviy iqtisodiyot, sarmoyaviy hamkorlik, barqaror rivojlaniş, raqamli transformatsiya va “yaşil” ösişning eng dolzarb muammolariga bağişlangan qator panel sessiyalari, davra suhbatlari va muhokamalar örin oldi. Muhokama mavzulari zamonaviy iqtisodiy kun tartibining ustuvor yönalişlarini özida aks ettirdi va biznes amaliyotçilari, tahlilçilar va ekspertlarda katta qiziqiş uyğotdi.

Anjuman Özbekistonning sarmoyaviy salohiyatini namoyiş etiş uçun asosiy platformaga aylandi. Iştirokçilar eʼtiboriga energetika, infratuzilma, sanoat, qişloq xöjaligi, turizm va AKT sohalarida amalga oşirilayotgan yangi loyihalar, işbilarmonlik muhitini yaxşilaş va investorlar huquqlarini himoya qilişga qaratilgan islohotlar taqdim etildi.

Iştirokçilar ham, xalqaro ekspertlar ham hamkorlik aloqalarini örnatiş, özaro tajriba almaşiş va strategik taşabbuslarni muhokama qiliş uçun samarali maydon sifatida Toşkent xalqaro investitsiya forumining ahamiyati ortib borayotganini taʼkidladilar.

Odil Reno-Basso, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti:

— Islohotlar va iqtisodiyotni liberallaştiriş nuqtai nazaridan Özbekiston xususiy sarmoya kiritiş imkoniyatlarini kengaytirişni davom ettirişi kerak. Xususiylaştiriş va meʼyoriy-huquqiy bazani mustahkamlaş borasida sezilarli yutuqlarga erişilgan bölsa-da, tadbirkorlik muhitini yaxşilaş va xususiy sektor ösişini rağbatlantiriş uçun hali köp işlar qilinişi lozim.

Hozirgaça erişilgan natijalar juda quvonarli. Masalan, qayta tiklanadigan energetikaga investitsiyalar katta miqdorda töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qildi, iqtisodiy faollikni rağbatlantirdi va ijobiy taʼsir körsatdi.

Sönggi yillarda investitsiyalar darajasi barqaror ösib bormoqda, Özbekiston YETTB investitsiyalari hajmi böyiça yetakçi 5 davlat qatoriga kiradi. Uşbu ijobiy tendensiya kelgusi yillarda ham davom etişini kutamiz.

Idrakas Dadasovas, “Penki Kontinentai Group” xalqaro korporatsiyasi boşqaruvi raisi:

— Men forumda birinçi marta iştirok etmayapman va har safar bu tadbir qay darajada aniq va professional taşkil etilganiga yana bir bor amin bölyapman. Bu oddiy forum emas – bu puxta tayyorgarlik asosida ötkazilayotgan jiddiy xalqaro tadbirdir. Butun dunyodan şunçalik band va taʼsirli şaxslarni bir joyga jamlaşning özi Özbekistondagi investitsiya muhiti va unga bölgan yuqori işonçni körsatadi.

Men davlat tuzilmalarida raqamli maʼlumotlarni qayta işlaş böyiça yeçimlar qanday tezlikda joriy etilayotganini köryapman. Bu esa davlat darajasida çuqur strategik iş olib borilayotganini anglatadi. Prezidentning modernizatsiya va raqamlaştiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratayotgani Özbekiston uzoq muddatli va puxta öylangan rivojlaniş strategiyasini şakllantirayotganidan dalolat beradi.

Yovanka Porşe, “Global Neighbours” taşkiloti raisi va asosçisi:

— Menimça, Özbekiston çinakam boy madaniy merosga ega bölib, bu meros çin dildan qoyil qoldirdi. Şu bilan birga, mamlakat biznes rivoji uçun ulkan salohiyatni namoyon qilmoqda. Bunday forumlarning ötkazilişi juda muhim taşabbus bölib, alohida eʼtiborga loyiqdir. Mazkur şakldagi tadbirlar odamlarni birlaştiradi, yangi aloqalarning paydo bölişiga xizmat qiladi va dunyoning uşbu mintaqasida qanday ijobiy özgarişlar röy berayotganini bevosita köriş imkonini beradi. Bu haqiqatan ham ilhomlantiruvçi va men bu yerda  ekanligimdan mamnunman.

Mening fikrimça, Özbekiston Markaziy Osiyoning xalqaro investitsiya markaziga aylanişi uçun barça imkoniyatlarga ega. Bu rol nafaqat mumkin, balki ayni vaqtda juda ham dolzarb hisoblanadi. Garçi mintaqaviy integratsiya asta-sekinlik bilan yuz bersa-da, u bu jarayonda muhim rol öynaşi mumkin. Bu nafaqat Özbekistonga, balki butun mintaqaga tegişli. Ammo aynan Özbekiston investitsiyalar va barqaror rivojlaniş markaziga aylanişi uçun zarur salohiyat va geoiqtisodiy ustunliklarga ega.

Investitsiya muhiti borasida şuni aytmoqçimanki, bu mening Özbekistonga birinçi taşrifim va men faqat ijobiy taassurotlar oldim.

Çjan Xe, Xitoyning “CGTN” global televizion tarmoğining ijroçi prodyuseri:

— Işonçim komilki, IV Toşkent xalqaro investitsiya forumi Özbekistondagi sarmoyaviy muhitni yanada yaxşilaş, mamlakat iqtisodiyotiga global sarmoya oqimini jalb etişda muhim bosqiç böladi.

Özbekistonda keyingi yillarda soliq tizimini soddalaştiriş, xususiy sektorni qöllab-quvvatlaş, taşqi savdo rejimini liberallaştiriş kabi yönalişlarda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar investorlar uçun yanada qulay şart-şaroit yaratdi. Bu jarayon xorijiy sarmoyadorlar işonçini barqaror davom ettiriş va mustahkamlaşda hal qiluvçi omil bölmoqda.

Özbekistonda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlarni baholaş platformasi bölmiş IV Toşkent xalqaro investitsiya forumi yangi hamkorlar, loyihalar va strategik yönalişlarga salmoqli turtki berişi şubhasiz.

Emin Garibli, Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti:

— Toşkent xalqaro investitsiya forumi nafaqat Markaziy Osiyo uçun asosiy iqtisodiy platforma, balki Yevropa va Osiyo örtasidagi integratsiya jarayonlarini çuqurlaştirişning muhim vositasiga aylanib bormoqda.

Forum Toşkentning investitsiyalarni jalb etişning mintaqaviy markazi maqomini mustahkamlaydi va mamlakatimizning Yangi Özbekiston  strategiyasi doirasidagi islohotlarni ilgari suriş qatʼiyatini namoyiş etadi.

Forumga Yevropa davlatlarining yuqori martabali vakillari, jumladan, Prezident Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Toşkentga taşrif buyurgan Slovakiya Boş vaziri Robert Fitso va Bolgariya Prezidenti Rumen Radev iştirok etayotgani qöşimça ahamiyat kasb etmoqda.  Uşbu taşriflar nafaqat Özbekistonning taşqi iqtisodiy hamkorlik sohasidagi strategik intilişlarini taʼkidlabgina qolmay, balki xavfsizlik, raqamli hamkorlik va transport infratuzilmasi kabi sohalarda ham aniq kelişuvlar imzolanişiga xizmat qiladi.

“Dunyo” AA.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan