“OLTIN QALAM” XIX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g'oliblari RO'YXATI

Jurnalistika sohasida Bosh milliy mukofot

“Gulxan” jurnali jamoasi – bosh muharrir Hasanova Zahro To'lqunovna

 Asosiy nominatsiyalar

Eng yaxshi jurnalistik material uchun

(bosma nashrlar)

1-o'rinBo'ronov Yunus Ulashovich – “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bo'lim muharriri

1-o'rinHayitova Laylo Sattorovna – “Buxoro yoshlari” gazetasi bosh muharriri

2-o'rin – Bozorov Faxriddin Xudoyberdiyevich – “Xalq so‘zi” gazetasi iqtisodiyot bo'limi muharriri

2-o'rin – Qosimov Xolboy  – “Imkoniyat” gazetasining Samarqand viloyati bo'yicha muxbiri

3-o'rin – “Jamiyat” gazetasi jamoasi – bosh muharrir Mahsud Jonixonov

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio)

1-o'rin – Maxamadsaidova Halima Fayzullayevna – “O‘zbekiston” radiokanali katta muharriri

 2-o'rin – Qosimova Shahnoza Shomurodovna – “Oltin voha” radiokanali guruhining 2-toifali muharriri

3-o'rin – Azimova Mohigul Maxammatqulovna – “Yoshlar” radiokanali “Ko'ngilochar-musiqiy dasturlari” bo'limi mudiri

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televidenie)

1-o'rin – “Mening yurtim” telekanali jamoasi – telekanal rahbari Axmedov Qobuljon Xoliqovich

2-o'rin – Mardonov Jahongir  Ahmad o'g'li – “O‘zbekiston 24” telekanali “Tahlilnoma” axborot-tahliliy dasturiy bo'limining 1-toifali muharriri

2-o'rin – Hasanboyev Olimjon Adxamjon o'g'li     – “Milliy telekanali” muxbiri

3-o'rin – Jabbarbergenova Zulfiya Jannazarovna – Qoraqalpog'iston telekanali “Ijtimoiy siyosiy va ijtimoiy iqtisodiy dasturlari” bosh muharririyatining bosh muharriri

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet nashrlari)

1-o'rin – Islomova Farida Ahad qizi – “Dunyo” axborot agentligi bosh mutaxassisi

2-o'rin – Jonibekov Ziyodulla  Toshtemirovich – O'zbekiston Milliy axborot agentligining bo'lim markazi boshlig'i

 3-o'rin – Saburov Ruslan Shomurodovich – “Kun.uz” internet nashri muxbiri

Chet ellik jurnalistning O'zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun

1-o'rin – Madibek Janibekov –  “Kazinform” axborot agentligi bo'lim boshlig'i (Qozog'iston Respublikasi)

M.Janibekov ikki qardosh xalq, o'zbek-qozoq munosabatlarini yanada rivojlantirish, hamkorlik va do'stlik rishtalarini mustahkamlashga hissa qo'shib kelmoqda. Uning muallifligida “Kazinform” axborot agentligida O'zbekistonga bag'ishlangan 50 dan ortiq tahliliy maqolalar e'lon qilingan.

 2-o'rin – Yeshi Seli – “Business India” biznes jurnali muharriri (Hindiston)

Y.Seli O'zbekistonda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholaydi. Uning muallifligida “The New Indian Express” gazetasi hamda “Business India” jurnalida O'zbekistondagi islohotlarga bag'ishlangan turkum maqolalar berib borilmoqda.

 2-o'rin – Raza Said – “The London Post” axborot portali muharriri (Buyuk Britaniya)

R.Said O'zbekistondagi islohotlarni keng qo'llab-quvvatlab, buni Birlashgan Qirollik jamoatchiligiga yetkazishda doimo faollik ko'rsatib kelmoqda. Uning muallifligida Yangi O'zbekiston taraqqiyotiga bag'ishlangan “EM Insight” jurnalining birinchi soni nashr etildi. Nashrning 10 ming nusxadan iborat adadi diplomatik korpus va ekspert-siyosatshunoslik hamjamiyati orasida, shuningdek, Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari, jumladan, Oksford universiteti, Imperial va Kings kollejlari kutubxonalarida tarqatildi.

2-o'rin – Shohruhbek Olimov “TRT” telekanali muxbiri (Turkiya Respublikasi)

U so'nggi yillarda “TRT” telekanali orqali O'zbekiston haqida 250 dan ortiq jonli efirlarni uzatdi. O'zbekiston-Turkiya o'rtasidagi strategik sheriklik aloqalarining turli sohalar, jumladan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-adabiy hayotida erishilayotgan yutuqlari orqali keng targ'ib qilib kelmoqda.

 2-o'rin – Dmitriy Povarov “RIA Novosti” axborot agentligi muxbiri (Rossiya Federatsiyasi)

Uning O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, O'zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari haqidagi turkum maqolalari, tezkor yangiliklari katta qiziqish bilan o'qib boriladi.

Rag'batlantiruvchi mukofotlar uchun nominatsiyalar g'oliblari

 

  1. Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyotni targ'ib qiluvchi eng yaxshi materiallar uchun

Ermatov Po'lat Baxtiyorovich (Erpo'lat Baxt) – “Oila va tabiat” gazetasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo'yicha muxbiri

 

  1. Davlat tilini rivojlantirish, nufuzini yanada oshirishga bag'ishlangan eng yaxshi tahliliy materiallar uchun

Baymuratov Baxrom Yangibayevich – “Yangi Sirdaryo” gazetasi bosh muharriri (Sirdaryo viloyati)

 

  1. Yoshlar hayotiga oid eng yaxshi materiallar uchun

Abdusamadova Muqaddas – erkin ijodkor

 

  1. OAVda e'lon qilingan eng yaxshi milliy kontent (materiallar) uchun

Mamarasulov Umidjon Alijon o'g'li – “Daryo.uz” internet nashrining Andijon viloyati bo'yicha muxbiri, bloger

  1. Ta'lim-tarbiya sohasidagi islohotlar yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun

Qirg'izboyev Dilmurod – “Hurriyat” mustaqil gazetasi bo'lim muharriri

 

  1. Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun

Hazratqulov Mamatqul – “Guliston” va “Teatr” jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri o'rinbosari – “Qirg'oqsiz daryolar” kitobi uchun

 

  1. Sport sohasi yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun

Sadirov Suhrobjon Obidjon o'g'li – “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari bosh muharriri o'rinbosari

 

  1. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga bag'ishlangan eng yaxshi materiallar uchun

Normurodova Inobat Qodirovna – O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali siyosiy sharhlovchisi

 

  1. Eng yaxshi

fotoreportaj uchun

Xusniddin Ato – fotobloger

 

  1. 10. Oila va mahalla hamkorligi bo'yicha eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun

Abdurahimov Muslimbek Fozil o'g'li – “Zo‘rTV” telekanali “Bu kun” yangiliklar dasturi rahbari

 

  1. Dolzarb mavzudagi eng yaxshi tanqidiy-tahliliy materiallar uchun

Shayxov Qamariddin Qutbiddin o'g'li – “Qalampir.uz” internet nashri direktori, bloger

 

  1. Umummilliy hamjihatlikni targ'ib qilish va mustahkamlashga qaratilgan eng yaxshi materiallar uchun

Yuldashev Faridun Farxadovich – “Ovozi tojik” gazetasi muxbiri

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

5 × three =