Ayol – mehr timsoli, jamiyat tayançi
Abdurauf Fitrat kelajak avlodlarning ongsiz, irodasiz, tarbiyasiz, nodon va johil bölmasliklari uçun xotin-qizlar öqimişli, soğliqni saqlaş va bolalar tarbiyasidan xabardor bölişlari zarur deb biladi. U tarbiyani juda muhim ijtimoiy hodisa deb bilgan va unda “Oiladagi muşkul vazifa gödak tavalludidan söng, er-xotin zimmasiga tuşadigan farzand tarbiyasidir”, — deya uqtiradi. Fitratning jamiyatda xotin-qizlarning bilim olişi haqidagi qaraşlaridan “Birinçi tarbiya bu — tarbiyaning eng muhimi hisoblanadi, uning taʼsiri odam tabiatiga mustahkam örnaşadi”, — degan fikrlar bugungi kunda ham öz qiymatini yöqotgan emas.
“Dunyoning yarmi ayollar, qolgan yarmi ularning tarbiyalanuvçisidir!”, – deydi Şayx Ali Tantoviy. Xotin-qizlar masalasi, ularning taʼlim olişi, ösişi va rivojlanişi uçun bugungi kunda katta imkoniyatlar yaratilgan va yaratilib kelinmoqda. Xotin-qizlarga bölgan eʼtibor bir neça asrlar oldin ham bölgan va bu masala bugungi kunga kelib ham öz ahamiyatini yöqotmagan.
Sadriddin Ayniy fikri ham dolzarb: “Agarda xotun kişi tarbiyat topgan, savodli bölsa, farzandini ham tarbiyat qilib, taraqqiylik odami qiladur”. Bu tarbiyada, ayniqsa, bolalar bilan köproq şuğullanuvçi ona hal qiluvçi ahamiyatga ega hamda onaning bola tarbiyasiga eʼtiborsizlik bilan qaraşi fojiali oqibatlarga olib kelişi mumkinligi jadidlar tomonidan eʼtirof etilgan.
Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning örni, ularning jamiyat hayotidagi nufuzini har tomonlama oşiriş, ularning taʼlim olişi, iş bilan taʼminlaş va mavqeini oşiriş borasida qator samarali işlar olib borilmoqda.
XIX asr oxiri — XX asr boşlarida ölkadagi maʼnaviy hayotga nazar taşlaydigan bölsak, öşa davrda ommalaşgan otinçilik qizlar uçun boşlanğiç taʼlim vazifasini ötadi. Ularga bibiotinlar va bibixalifalar dars berdi. Maktab yillarida qizlar öz ustozlari bilan “Haftiyak”, Qurʼonning 2-3 surasini örganganlar. “Qizlar uçun ilm oliş mutlaqo ortiqça, ularga uyda tikiş-biçiş va töqişni örgating, öqiş va yoziş qizlar uçun emas”, — degan jamoatçilik fikri adabiyotlarda keltiriladi. Kam sonli qizlar öqiş va yozişga örgatilgan, asosan, kunduzgi ibodat va namoz uçun tahsil berilgan. Turkistondagi maktablarda qizlar köproq fors va turk adabiyotini örganib, yozuvga kam eʼtibor berganlar. Maktab tugagaç, ularning tahsil olişi ham tugatilgan va yoş turmuşga berib yuborilgan. Bularning barçasi XIX asr oxiri — XX asr boşlarida Turkiston maktab-maorifining öziga xos xususiyatlaridan biri edi. Taʼlimga alohida eʼtibor qaratilişi ayollarni ham, albatta, çetlab ötgani yöq. Jadidlik harakatining boşlanişi va Turkistonga taʼlim könikmalarining kirib kelişi nafaqat erkaklar va ayollar tarbiyasi, balki ularning salohiyatli bölişi uçun ham katta ahamiyat kasb etdi.
Ismoilbek Gaspirali “usuli jadid” maktabini oçib, maorif tizimini isloh etiş borasidagi ğoyalarini “Tarjimon” gazetasida eʼlon qilib, maorif tizimi oldida hal etilişi kerak bölgan vazifalardan biri — qizlar maorifiga ham alohida tubdan yondaşiş kerakligini taʼkidlagan. Jadidlar oila va jamiyatda öqimişli ayolning örni, mavqei özgaça ekanligini tuşuntirişga harakat qilganlar. Bu haqda manbalardan biliş mumkin: “…xotinlarni öqitmoq va ularning qöllarini jilo bermak va erlari birla yaxşi muomala qilmak, bolalarni yaxşi tarbiyalamakni bilmak xususida taʼlim albatta zarurdir”.
Bugungi kunga kelib, jadidlarimiz tamal toşini qöygan ayollar masalasi va ularni ziyoli qiliş, öqitiş, jamiyatda yetuk şaxs sifatida şakllantiriş davom etib kelmoqda. Xotin-qizlarimiz oilada, jamiyatda, fanda, sport va yana boşqa turli xil sohalarda özlarini körsatib kelişmoqda. Bu uçun davlatimiz va muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan qator imkoniyatlar, grantlar, xotin-qizlar uçun subsidiyalar joriy etilgani ham bejizga emas. Gender tengligi, haq-huquqlarning tengligi asosida bugungi kunda ayol deputatlar, ayol senatorlar, ayol prezidentlarning yetişib çiqayotganligi bunga yaqqol dalildir. Ilm-fandagi ixtirolar ayollar nomi bilan atalayotgani, jahon arenalarida Vatanimiz bayroğini erkaklar bilan baravar ayollarimiz ham köklarga kötarayotgani bu, albatta, faxr tuyğusidir.
Ayollarning jamiyatdagi örni juda muhim va köp qirralidir. Ular oilaning tayançi, farzandlar tarbiyaçisi, ilm-fan, sanʼat, siyosat, iqtisod va boşqa köplab sohalarda faol iştirok etuvçi kuçdir. Ötmişda ayollar nafaqat uy-rözğor işlari bilan şuğullangan, balki jamiyat rivojiga ham katta hissa qöşgan. Zamonaviy davrda esa ayollar taʼlim olib, öz kasbiga ega bölmoqda, rahbarlik lavozimlarida işlamoqda, tadbirkorlik bilan şuğullanmoqda. Ular teng huquqlilik asosida jamiyatning har bir jabhasida faol. Ayollarning mehri, sabr-toqati va ijodkorligi jamiyatda barqarorlik va taraqqiyotning muhim omillaridan biridir. Ayollarni qadrlaş, ularning huquqlarini himoya qiliş esa soğlom va farovon jamiyat qurişning asosi hisoblanadi.
Bugungi kunda ayollarning, xususan, xotin-qizlarimizning har jabhada erkaklardan qolişmasligini va ayollar ham jamiyatning bir bölagi ekanligini, ayol ham Vatan uçun tirgak va uning istiqboli yölida bor kuç, mehnatini ayamasligini yana bir karra amalda Diyora Keldiyorova — zamonaviy Özbekiston sportining faxrli vakilalaridan biri isbotlab berdi. U ayollar sporti rivojiga katta hissa qöşayotgan, yoş yigit-qizlarga ilhom baxş etuvçi çinakam namunadir. Osiyo çempionatlari va jahon miqyosidagi köplab musobaqalarda sovrinli örinlar egallagan. 2021 yilgi Tokio olimpiadasida ham iştirok etgan. 2022 yil Osiyo çempionatida oltin medalga sazovor bölgan. 2024 yilgi Parij olimpiadasida çempionlikni qölga kiritib, Özbekiston nomini dunyoga maşhur qildi. Diyora nafaqat sportçi, balki köplab yoş ayollar uçun iroda, qatʼiyat va vatanparvarlik timsolidir. U sport orqali ayollarning ham kuçli, aqlli va irodali bölişi mumkinligini isbotlab berdi.
Ayol — jamiyat tayançi, mehr va qudrat timsoli. Uning jamiyatdagi örni erkaklar bilan teng bölişi taraqqiyot garovidir. Ayollarni qadrlaş, ularning imkoniyatlarini kengaytiriş jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ayol faqatgina oila bekasi emas, balki jamiyatning faol, kuçli aʼzosidir.
Şuhrat XUDAYBERGANOV,
Urganç davlat pedagogika instituti
magistratura bölimi boşliği,
pedagogika fanlari böyiça
falsafa doktori (PhD), dotsent.
