Yiğlayotgan daraxtlarning uvoli bor
Urganç şahar hokimi diqqatiga!
Prezidentimiz joriy yil 1-2 may kunlari Xorazm viloyatiga qilgan taşrifida vohada 10 million tup tut, jiyda va gujum ekiş böyiça uç yillik dastur işlab çiqiş vazifasini qöygan edi. Bu juda muhim vazifa uçun xorazmliklar mamlakatimiz rahbariga tasannolar aytgani ayni haqiqat. Çunki yoz fasli öta darajada issiq, qişi esa juda qattiq sovuq keladigan ölkada qadim-qadimlardan buyon voha tabiatiga, iqlimiga mos keladigan dov-daraxtlarni köpaytirişga alohida eʼtibor qaratib kelinişi bejiz emas.
Ammo nima böldiyu, bu anʼana biroz çetga surildi va birvarakayiga arça daraxtini majburiy ravişda köpaytirişga kirişilgani ham sir emas. Xorazmning iqlimiga mos kelmaydigan arçalar esa juda qimmatga tuşgan. Negaki, har yili ming-minglab tup arçalar ötqazilaveradi va vohaning issiq havosi tufayli ular qurib qolaverdi. Bu hol yaqin-yaqinlargaça hukm surdi.
Faqat vohaning keksa otaxonlari arça ekiş kompaniyasiga parvo ham qilmay gujum daraxti nihollarini ekişda davom etişdi. Gujumlarning barglari qalin bölganligi bois saratonning issiğida tanaga orom beradi, yerga tangadek quyoş nurini tuşirmaydi. Çang va şamolda gujumning sadoqatli barglari çanglarni tutib qoladi. Tabiatga körk bağişlaydi, inson vujudiga orom, sokinlik baxş etadi.
Albatta, ekilgan nihollarni asraşni ham biliş kerak. Gurkirab ösib turgan gujumlarning qurişi köp açinarli holdir.
Urganç şahrining qoq markazida, mustaqillikning ilk yillarida bunyod etilgan “8-blok” deb ataladigan hududida tadbirkorlik binolari joylaşgan. Savdo rastalarida kiyim-keçaklar, xalq isteʼmoli mollari, oziq-ovqat mahsulotlari sotişadi. Turli xil taomlar pişiriladi. Bir paytlar mazkur dökonlar atroflari yam-yaşil daraxtlar bilan ziynatlangan edi. Ammo sönggi paytlarda daraxtlar kesilib, bir keçada beton qilinib, dökonçalar qurib taşlanganiga ne deysiz?
Yaqinda böyi ikki-uç metr keladigan gujum daraxtining şundoqqina biqiniga örnatilgan tandirlarni körib açindik. Tandirdan çiqayotgan olov gujum yaproqlarini qoraytirib taşlayotgan ekan.
Tandirga bir boğ ğözapoyani tiqib, somsa pişiriş uçun hozirlanayotgan sotuvçi bu manzarani telefonga tuşirayotganimizdan aççiği çiqib tönğilladi.
— Ösib turgan daraxt yonib ketsa yaxşimi? — dedi hamrohim, jurnalist Erpölat Baxt. — Bilasiz-ku, gujum neça yillarda daraxt böladi?
— Mayli, tandirni boşqa joyga köçiramiz, — dedi yonidagi kişi.
Bunday holatga “8-blok” hududida yana uç-tört joyda duç keldik. Aynan daraxtlarning ostiga, soya-salqindagi tandirlar gurillab yonib, tutun qaytarib yotibdi. Binolarning atroflariga ğözapoya uyib taşlangan. Mazkur binoda bir neça ovqatlaniş şoxobçalari joylaşgan.
Nahotki, Urganç markaziy dehqon bozoriga yondoş hududdagi bu manzara Urganç şahri hokimiyatidagi masʼullarni, tabiatni muhofaza qilişga masʼul idoralarni, qolaversa, mahalla fuqarolar yiğini mutasaddilarini taşvişlantirmasa?
Viloyatdagi obodonlaştiriş, sanitariya-epidemiologiya boşqarmalari kattalari-çi, bunday xöjasizlik bilan murosa qilişyaptimi? Bu gözal Urganç şahar husniga doğ emasmi?
Eng açinarlisi, turli xil kabob, somsa va boşqa taomlar pişirilayotgan öçoq va tandirlardan çiqayotgan zaharli tutunlar nafas olişni qiyinlaştiradi. Özi noçor ekologik holatni yana yomonlaştirmoqda.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligining viloyat boşqarmasidagi masʼullar qayerga qaraşmoqda? Ekologiya partiyasidagilar, faollar uxlab yotaverişadimi?
EH, GUJUMLAR, GUJUMLAR…
Urganç şahrining “Keçki yarmarka” deb ataladigan hududidan yurib boraversangiz, yölaklar çetiga ötqazilgan gujum daraxtlarini körib quvonasiz. Ammo bu daraxtlarning qarovsiz, parvarişsiz, eʼtiborsiz qolayotganligidan ökinasiz…
Bu hududdagi böyi 5-6 metr keladigan gujumlar uzoqdan juda çiroyli körinadi. Yaqiniga borib qarasangiz, daraxtlarning yaproqlari sarğayib, qovjirab qolganini körasiz. Yaproqlari ilma-teşik bölib qolayotgan gujumlar taqdiriga nega befarqsiz?
Yaşillikni asrab qolaylik!
Yiğlayotgan daraxtlarning uvoli tutmasin!
Feruza TANGRIBERGANOVA
