Vatanga armuğon guldasta

mockups-design.com

Ğayrat Majidning şeʼrlari ötgan asrning oxirlarida, yangi asrning boşlarida matbuotda naşr etila boşlagan.

Şoirning “Gul sanam” nomli ilk şeʼrlar töplami 1997 yili Ğafur Ğulom nomidagi adabiyot va sanʼat naşriyotida çop etilgan bölsa, söngra “Heç kimga öxşamaysan”, “Seni soğinaman”, “Köksimdagi yulduzlar”, “Işqqa borar yöl”, “Bobolarim yurti”, “Oqquşlarga aylanar yurak”, “Mumkin emas sening yiğlaşing”, “Beş dars” kabi şeʼriy töplamlari ketma-ket öquvçilar qöliga yetib bordi. Uning yaqin yillarda bosmadan çiqqan bolalarga bağişlangan “Ayiqçaning tuşi” nomli şeʼrlar töplami, Prezidentimiz taşabbusi bilan taşkil etilgan ijod maktablari haqidagi “Bunda bulbul kitob öqiydi…” nomli risolasi hamda “Yöldaman, nurli yölda” nomli badiiy-publitsistik maqolalar töplami ijodkor isteʼdodining yangi, xilma-xil qirralarini namoyon etadi.

Yangi Özbekistonimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, davlatimiz rahbari rahnamoligida Uçinçi Renessans poydevorini bunyod etayotgan zamondoşlarimizning orzu-umidlari, ezgu maqsadlari, içki dunyosini tasvirlaş şoirning ijodiy dasturi va faoliyatiga aylanganidan guvohlik beradi yuqorida nomlari taʼkidlangan kitoblardagi şeʼr, doston va maqolalar. Yurtimizning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy hayotiga daxldorlik tuyğusi va şoirning fuqarolik pozitsiyasi yarq etib közga taşlanadi.

Şoir navbatdagi yangi kitobi nomini “Oppoq tabassum” deb qöyibdi. U nafaqat kitobdagi şeʼrlarning rangini, balki unda izhor etilgan tuyğular, tasvirlangan manzaralar, his etilgan sezgilar, talaffuz qilingan tovuşlarning ranglarini ham oppoq rangda tasavvur qiladi va kitobxonga taqdim etadi. “Tabassumning ham rangi böladimi?” deya ajablanişi mumkin şeʼriyatni jön tuşunguvçi baʼzi öquvçilar. Nafaqat tabassumning, bu dunyoyu u dunyodagi hamma narsaning rangi böladi. Faqat uni köriş, seziş va his etiş kerak. Xalqimizda “Oq fotiha”, “Oq yuvib, oq taragan”, “Oq yöl”, “Oq köngil”, “Oq oltin”, “Oq suv”, “Oq toğ” kabi atamalar bor. Bularning har birining tagida teran mazmun mujassam. Albatta, oq rang salbiy mazmunda qöllanilgan sözlar ham bor: “Soçim oqarib ketdi” (“azob çekdim” maʼnosida), “Otasi farzandini oq qildi” (“qarğadi”, “voz keçdi” maʼnosida), “Oq kiydi” (“motam tutdi” maʼnosida) kabi.

Özbekiston xalq şoiri Usmon Azimning “Grafika” şeʼrida oq va qora ranglarning turfa xil maʼnolari tovlanişi nihoyatda nozik ifodalangan. Bu bus-butun tadqiqot mavzusi.

Umuman, şeʼriyatda ranglar poetikasi alohida hodisa.

Ğayrat Majidning “Oq tabassum”idagi “oq” ezgu, yoruğ, baxtli, saodatli, xayrli kabi turfa maʼnolarni beradi.

 

Yulduzlar jimirlab kezadi oqşom,

Sirli koinotning dala-daştida.

Bir tuğro singari oyning nurafşon —

Oppoq tabassum bor sayru gaştida.

 

Yulduzlar, samoviy sayyoralar, quyoş va oy timsollari har qaysi şoir ijodida öziga xos maʼno-mazmun kasb etadi. Ğayrat Majid tasavvuriga köra, yulduz töla oqşom osmonu falaklarni sayr etiş naqadar gaştli. Xayol sayri, tasavvur sayri bu. Ana şunda gözallik va nafosat bor, göyo odam xayoli emas, özi rosmanasiga samoda parvoz qilayotgandek böladi. Bölmagan narsalarni böldiriş bu — şeʼriyatning, söz sanʼatining kuçi. Oy taratayotgan nurli şuʼlalar oppoq tabassum deya tasavvur qilinmoqda. Şoir uşbu obraz mohiyatini kengaytirib, butun şeʼrlar töplamining nomini “Oppoq tabassum” deya atagan.

Bir qaraşda, uşbu şeʼrlar osmonda sutdek şuʼla soçib, sayr etib yurgan oyli oqşomlarda bitilgan, tunlari bedor yozilgan şeʼrlardir, demoqçidek. Yana bir qarasang, bu şeʼrlar göyo osmondan ingan, demoqçidek. Yana bir qarasang, bular yuragimning oy nurlaridek beğubor va ötli tuyğularidir, deyayotgandek. Öylasangiz, tasavvur boyiyveradi, xayol osmoni tobora kengayaveradi. Eng muhimi, “Oyning oppoq tabassumi”, “Oppoq tabassum” degan iboralar nozik va köngilni nurlantiruvçi şeʼriyatdir.

Şoir şeʼrlarida boşqa ranglarga ham poetik mazmun yuklatilgan. Masalan, qora.

 

Çöğ kovlab qoradir kosovning rangi,

Dillarda qolmasin adovat zangi…

 

Özbek didaktik şeʼriyati ohanglarida yozilgan bu şeʼr obrazlari bilan öziga xos. Kosovning qilmişi yomonlik — adovat olovini yoqiş, dov-janjal qözğaş… Urğu kosovga emas, köngli kosovdek qora odamlarning munofiq va ğarazli qilmişlariga qaratilgan. Qora va zang singari sifatlar, ranglar mazmunni yorqinlaştiradi.

 

Qora öylar tark etdi qalbim,

Ketkazgani kabi kirni suv.

 

Qora bu örinda yomon, şubha-gumon, dardli-taşvişli degan maʼnolarni ifodalamoqda. Kirni suv yuvgani kabi oq niyatlar, beğubor hislar köngilni qora öylardan, kirdan tozalaydi, demoqçi şoir.

Şeʼrlarda yaşil rang poetikasi muvaffaqiyatli oçilgan.

 

Kun kelar, azamat toğlar ham qular,

Yaşil-yaşil boğlar sarğayar, sölar.

 

Uşbu satrlarda xabar beriş, ogohlantiriş ohangi ustuvor. Toğlarning qulaşi, boğlarning sarğayib xazon bölişi umrning, hatto dunyoning omonat ekanidan darak bermoqda. Şunday ekan, faqat yaxşilik qiliş, xayrli amallar bilan yaşaş, insonda bunyodkorlik — yaratiş hissi va ezgu fazilati ustun bölişi zarur degan xulosani taʼkidlamoqçi ijodkor.

Vatan ozodligi yölida şahid ketgan jadidlar umrini daraxtdan bevaqt uzilgan yaşil barglarga öxşatadi:

 

Daraxtdan uzilgan yaşil barglarim,

Oh, juvonmardlarim — juvonmarglarim.

Hayotim tölagan ölponlarimdir —

Fitratu Qodiriy, Çölponlarimdir.

 

Şoir bir şeʼrda zulmkor şöro zamonini tasvirlaşda qizil rangdan foydalangan.

 

Tumşuği qip-qizil,

Bu kalxat — avboş,

Qoningni sörmoqda jonim — özbegim.

Neçun zolimlarga otmaydilar toş…

 

Bu Çölpon kabi şoirlarning dil faryodidir. Ğayrat Majid bu dardli nolani öz yuragidan ötkazib, şunday tasavvur qilgan va tasvirlagan. Odamlarga olovdek ilohiy neʼmatni Olimp toğidan yerga tuşirib, keltirib bergani uçun ilohlar Prometeyni baland qoyalarga zanjirband qilib qöyib, jazolaydi. Quzğunlar qonli tumşuqlari bilan zanjirband Prometeyning jigarini çöqiydi… Prometey ado böladi. Tundan tonggaça uning vujudida yangi jigar ösib çiqadi. Ertasiga quzğunlar uçib kelib, uning jigarini çöqişda davom etadi. Har kuni şunday azob davom etadi.

Ğayrat Majid tasvirlagan tumşuği qip-qizil qon quzğunlarning ham Prometeyning jigarini çöqiyotgan quzğunlar bilan zoti bir. Bu zolim va qonxör zamon, şafqatsiz va qattol jamiyat timsoli.

Uruş fojiasi, umrlarni qiyratgan faşizm balosi asoratlarini ham xazon bölgan yaşil bahorlarga öxşatadi şoir va “yaşil-yaşil havolar” degan yangi obraz bilan zukko va nozik taʼbli öquvçini zavqlantiradi.

 

Yöq, uruşga odamlar emas,

Ğamli, ğamsiz navolar ketgan.

Otalarning umriga qafas —

Yaşil-yaşil havolar ketgan.

 

Ijodkor dunyoni qabul qilişida öz qaraşlari mavjud böladi. U boşqalarga öxşamaydi. Xöş, yaşil havo ketsa, uning örniga nima qoladi? Otaşda yonib kul bölgan muhit qoladi. Vayronagarçilik, şahid ketgan jonlar, aʼzoyi badanda qolgan jarohatlar, nogironlik, yetimlik… Uruşning maşʼum asoratlariga işora qiladi şoir.

Şoir dunyoni yaşartiriş, unga orzu va umid bağişlaş, baxtli kelajak yaratiş uçun dunyoga keladi. Söz nafaqat köngildagi tuyğularni yangilaydi, balki olamni yangilaydi. Quyidagi şeʼrda ana şu falsafa badiiy ifodalangan. Bu yaşil rang tasviri orqali berilgan.

 

Qartaygan dunyoga,

Keksa dunyoga,

Aytgim kelaverar yaşil-yaşil söz.

 

Yaşil söz — yaşayotgan, yaşarayotgan, gurkirab ösayotgan, heç qaçon sölmaydigan söz. Bunda soğinç, armon, orzu, ayni paytda dard mujassam. Inson olamdan ötişi mumkin, lekin uning yaşil sözi — yaratgan yaxşilik boği bu dunyoda qoladi. Kuz timsolida köpinça umrning poyoni nazarda tutiladi. Şeʼrda kuz bilan bahor bir-biriga qarama-qarşi tuşunçalarni ifodalaydi. Lekin xazon bölib sölayotgan kuzning nimadir demoqçi bölayotgani — bu fasl ham bir mahallar yam-yaşil bahor bölganini aytmoqçiligiga işoradir.

 

Manim gul könglimga,

Bahor könglimga,

Nimadir demoqçi bölayapti kuz.

 

Keyingi satrlarda mutlaqo yangi obraz hayratlantiradi:

 

Senga işonaman, ertaga menga

Yaşil qöllaringni uzatasan, kuz.

 

Kuzning yaşil qöllarini uzatişi — daraxt ildizlari heç qaçon sölmas, yana-yana novdalarga, şoxlarga yaşil yaproqlar ösib çiqişiga zamin bölişiga fikr qaratilmoqda. Bu örinda buyuk ajdodlar anʼanalarini davom ettirayotgan yoş avlod nazarda tutilgan.

 

Hislarim şu qadar, hislarim yaşil,

Mehridil nigohim — közlarim yaşil.

Dunyoni yaşnatar sözlarim yaşil…

 

Dunyoni poetik idrok etişda, yurakdagi izhorlarni taʼsirçan va yorqin ifodalaşda feʼl, olmoş, ot söz turkumlaridan taşqari sifat nihoyatda samarali xususiyatga ega. Satrlarda sifat köp bölsa, şeʼr yuqori sifatli böladi. Bu xususiyat Ğayrat Majid şeʼrlarida ham öz isbotini topgan.

Xullas, “Oppoq tabassum”. Şoir uluğ ajdodlarga ehtirom, yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlar badiiy ifodasi, diyorimizda röy berayotgan yangilanişlar, ota-ona va qişloq soğinçi, sayohat daftari kabi mavzularni zavqu şavq bilan tarannum etgan.

Oq köngilli yaxşi insonning tabassumi oppoq, beğubor böladi. Şoir ana şu niyat bilan aziz kitobxonlarga yangi şeʼrlarini taqdim etmoqda.

Uşbu yangi kitob Ona Vatanimizning Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa bölişiga işonaman.

Şuhrat SIROJIDDINOV,

akademik, Özbekistonda xizmat körsatgan

yoşlar murabbiysi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan