Maktabgaça taʼlim tizimida

Oxirgi paytlar maktabgaça taʼlim tizimida sezilarli işlar amalga oşirildi. Jumladan, sobiq vazir Hilola Umarova davrida maktabgaça taʼlim tizimida ota-onalar uçun keng imkoniyatlar işlab çiqildi. Uning davrida ayollarning işlaşiga alohida eʼtibor qaratilib, farzandi 3 yoşga tölmagan ota-onalar uçun qöşimça tölov evaziga boğçaga çiqiş şaroiti yölga qöyildi.

Bundan taşqari, joriy yilga kelib boğça qamrovi körsatkiçi 77 foizga yetdi. Bu sohadagi islohotlar samarasining yorqin körsatkiçi. Yangi davlat va xususiy boğçalarning oçilişi minglab ayollarni iş bilan taʼminladi, natijada ayollar bandligi 12 foizga oşdi.

Bolalar soğliğini taʼminlaş maqsadida ovqatlaniş sohasiga ham eʼtibor kuçaydi:

mavsumiy yagona menyu tizimi joriy etildi;

barça ovqatlaniş xizmatlari şaffof tender orqali autsorsing asosida tanlanmoqda;

“ISUDO” axborot tizimi orqali oziq-ovqat sifati nazorat qilina boşlandi;

şakar va tuz miqdori kamaytirilib, yodlangan tuz, sabzavot va tolali mahsulotlar asosida soğlom retseptlar işlab çiqildi.

Bundan taşqari, bolani rivojlantiriş kartasi va elektron sertifikatlar tizimi joriy etilmoqda.

Jamoatçilikni xursand qilgan yana bir jihatlardan biri — bu sobiq vazir faoliyati davomida ijtimoiy tarmoqlardagi har qanday salbiy holatlarga vaqtida yeçim topib, bartaraf qilişga harakat qildi. Xullas, maktabgaça taʼlim tizimi oxirgi yillar öz iziga tuşmoqda.

Qöşiq tarmoqdan öçirildi

Adliya vazirligi 2 mlrd söm sarflangan “Ovoz” loyihasini plagiatda aybladi.

Adliya vazirligi Madaniyat vazirligining 2 milliard sömlik loyihasini mualliflik huquqini buzganligi uçun ogohlantirgan.

Özbekiston Respublikasi Mualliflik va turdoş huquqlarni himoya qiliş jamiyatining marhum Şerali Jörayev muallifligidagi “Qora közli sanamjon” asari huquq egasi yoki boşqa vakolatli şaxslarning ruxsatisiz “TALENT SHOW” MÇJning “Ovoz” loyihasida ­ommalaştirilgani yuzasidan qonuniy çora köriş töğrisidagi murojaatni körib çiqdi.

Şerali Jörayevning muallifligidagi “Qora közli sanamjon” asari “TALENT SHOW” MÇJ tomonidan huquq egasi yoki boşqa vakolatli şaxslarning ruxsatisiz “YouTube” ijtimoiy tarmoğining “The voice of Uzbekistan” orqali keng ommaga tarqatilgani mualliflik huquqi buzilişi sifatida qabul qilindi.

Tekşiruv ötkazilgunga qadar qöşiq tarmoqdan öçirilgani sababli vaziyat ogohlantiriş bilan çeklangan.

Manba: @platformauzb

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan