Toşkent osmonini yana çang qopladi
Ayni paytda Toşkent havosi nafas oliş uçun xavfli darajaga çiqdi. Maʼlumotlarga köra, hozir poytaxt dunyoning eng iflos şahriga aylangan.
Havosi “zararli” va hatto “xavfli” darajaga yetgan Uçtepa va Olmazor tumanlarida ahvol eng oğir.
Poytaxtliklarga quyidagilar tavsiya etilmoqda:
▪️ Taşqarida vaqt ötkazişni qisqartiriş;
▪️ Derazalarni yopiq holda saqlaş;
▪️ Taşqariga çiqayotganda niqob yoki respiratordan foydalaniş.
Hokim örinbosari uşlandi
Sariosiyo tumani hokimi örinbosari Asqar Qurbonov 2025 yil 20 sentyabr kuni korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça yiğiliş çoğida Termiz şahrida xuquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan qöliga kişan solingani aytilmoqda.
Manba: platformauzb

