Özbekiston radiosi uning umr mazmuni edi

yoki taniqli yozuvçi, maşhur jurnalist Jonrid Abdullaxonov hayot yöliga bir nazar

Tariximizdan maʼlumki, öttizinçi yillarning boşlarida xalqimiz eng oğir kunlarni boşidan keçirgan, turmuşi öta noçor ahvolda edi. Ayrimlar katakday hovlisidagi bir qariç yerida yetiştirgan arpa yoki jöxorisi bilan bola-çaqasini arang boqişardi. Şunga qaramay, ular ilmga öta çanqoq bölişgan. Öşa yillari Farğona vodiysining şahar va qişloqlarida savodsizlikni, şuningdek, çalasavodlikni tugatiş harakati boşlanib, maktablar taşkil etişga kirişilgan. Bu maktablar xonadonlarda, boylarning katta hovlisida oçilib, SB, ÇB maktablari deb atalar edi. Qolaversa, bu maktablarda maʼrifatçi ziyolilar yurtdoşlarining savod çiqarişlariga yaqindan yordam berişgan.

Namangan şahrining Hojiboy sovunguzar mahallasida boylardan birining katta hovlisida ana şunday maktab taşkil qilinib, kunduz kunlari ayollar, keçki paytda erkaklar öqişgan. Erkaklarga Muhiddin Abdullaxonov, ayollarga u kişining umr yöldoşlari Şahribonu dars berişgan. Darslar yangi “Alifbe” böyiça olib borilgan. Bu ikki ziyoliga Hamza Hakimzoda Niyoziy bilan bir kunda xalq öz şoiri deb bilgan Muhammadşarif Söfizoda, taniqli maʼrifatparvar şoirlar Rafiqiy, Xoliqiy, Maorifiy, Olim Şamşi kabi ziyolilar tez-tez kelib, kömak berişgan, Toşkentdan taşrif buyurgan maʼrifat, madaniyat va sanʼat xodimlarini taklif qilib, maktabda qiziqarli uçraşuvlar uyuştirişgan. Ayniqsa, maşhur şoir Muhammadşarif Söfizoda boşliq köplab maʼrifatparvarlar Abdullaxonovlar oilasida bölib, uzoq suhbat qurişar, dutor çalib, qöşiq aytişar, jörovoz bölib “Çamanzor”, “Yöl bölsin”, “Omon yor” singari öşa davr qöşiqlarini kuylaşardi.

Muhtaram öquvçi, men hikoya qilmoqçi bölgan ajoyib inson ana şunday oilada, qizğin madaniy jarayonda ösib, kamolga yetdi. U ana şu kezlarda endigina maktabning boşlanğiç sinfiga qadam qöygan, alloma-otaxonlarning gurungidan bahramand bölgan bola edi. Ziyrak bolakay yiğilgan maʼrifatparvarlarga dastyorlik qilib, çoy taşir, qöliga obdasta, çilopçin, yelkada soçiq bilan ularning qöllariga suv quyar, ikki quloği esa ularning har bir sözlarini diqqat bilan tinglardi.

Kunlarning birida ustoz Söfizoda taşabbusi bilan millatparvar, ilm ahlining jonkuyari, zukko şoir Elbek (Maşriq Yunusov) Abdullaxonovlar oilasida mehmon böladi. Kattalarga mulozamat körsatib, biyron tili bilan salom-alik qilib yurgan çaqqon bolajon allomaning diqqatini tortadi.

— Bu yoqqa kel-çi, kimning öğlisan?

— Dadamning.

— Dadang kim böladilar?

— Dadamning otlari Muhiddinxon.

— E-e-e! Barakallo, özimizning Abdullaxonovning öğliman degin.

Elbek domla mamnun Söfizodaga köz taşlaydi. Yoşi hammadan uluğ bölgan ustoz şoir bolakay haqida sözlab ketadi:

— Bu Muhiddinxonning uçinçi farzandi, Juhut mahallasidagi 21-boşlanğiç maktabda öqiydi. Öziyam aʼloçi, hozirdan şeʼrlar maşq qiladi.

— Barakallo! Ismingni ayt-çi, yaqinroq tanişib olaylik.

— Otim Jonrid, — iymanibroq javob qiladi bolakay.

— Iye, senga bu ismni kim qöydi?

— Bilmadim.

— Bu ismga kamina ham biroz aybdor, — deya ustoz Söfizoda aniqlik kiritadi. — Öşa paytda amerikalik yozuvçi Jon Ridning Nabi Alimuhamedov tarjima qilgan “Yer yuzini titratgan ön kun” kitobi çop etilgan edi. Şu kitobni öqiş uçun Muhiddinxonga sovğa qilgan kunlari uning xonadonida öğil tuğiladi. “Ustoz bu kitobni bekorga bermagan, bir xosiyat bölsa kerak”, degan öy bilan öğliga şu ismni qöygan ekan.

Elbek domla bu gapdan ranjib: “Çakki qilibsizlar, özimizda ajoyib ismlar bor-ku! Ism-şarif ham kişining qaysi millatga mansubligini anglatib turadi. Ranjişimning boisi şuki, bu nom bolaga köp ozor yetkazişi mumkin. Moskopda ötirgan daho (Stalin demoqçi)ga bu nom heç qaçon xuş kelmagan. Ha, mayli, öqigin, maktabni bitirib, Toşkentga borgin. U yerda taʼlim oliş bilan birga adabiyot ahliga qöşilsang, niyatingga yetasan, — deya boşini silab-siypab ögit beradi.

Yigirmançi asrning qirqinçi yillari farahbaxş onlar zavq-şavqi bilan yaşayotgan bu oila boşiga tösatdan qayğuli kunlar tuşdi. Ikkinçi jahon uruşining kulfatlari barça qatori Abdullaxonovlarni ham çetlab ötmadi. Köplab yoşlarga taʼlim berayotgan va savodsizlikni tugatişga katta hissa qöşgan oilaning qörğonboşisi Muhiddinxon ham jangga otlandi. Oradan köp ötmay, poçtaçi bu xonadonga “qora xat” kötarib keldi. Unda otasi Kursk ostonasidagi janglarda qahramonlarça halok bölgani töğrisidagi şum xabar bitilgan edi. Oila taşvişi, ikki öğil va bir qizning tarbiyasi muştipar Şahribonu aya yelkasiga tuşadi.

Öşa yillarda boşlangan yetişmovçiliklar onaxonning ham tinkasini quritdi. Uç nafar bola onasidan ham judo bölib, kuni keça gavjum bölib turgan keng hovli huvullab, özlari yetim bötadek közlarida şaşqator yoş bilan qayerga borişini bilmay qolişdi. Ziyrak va tiyrak bölib ösgan, örta maktabni endigina tugatib, issiq-sovuqning farqiga boradigan Jonrid opasiga yiğlab ötirişdan najot çiqmasligini, har kim öz yölini topiş uçun kuraşmoği kerakligi töğrisida maslahat  soldi. Yetimlarga ham otalik, ham onalik qilayotgan opasi uning  maslahatlariga quloq soldi. Yoş bolakay yelkasiga xalta-xurjunini taşladi-da, tavakkal qilib yölga tuşdi. Poyezd yöli yoqalab boşi oqqan tomonga ketaverdi. Kuz oylari qahraton qiş kunlariga ulandi. Sarson-sargardonlikda uç oydan ziyod yöl bosdi. Yaxşi insonlarning bir burda nonidan bahramand bölib, yöl yursa ham möl yurib, azim Toşkentga yetib keldi.

Öşa kezlari qadimiy şaharda ham ahvol noçor edi. Biroq uning taqdiriga Özbekiston radiosi yozilgan ekan, şu yerdan panoh topdi. Bu Ikkinçi jahon uruşi nihoyasiga yetayotgan, odamlar bir burda non uçun dökonlar yonida erta tongdan keçgaça navbat kutayotgan oçarçilik va qahatçilik avj olgan kunlar edi. Biroq özbekçilikda oğir kunlarda ham bir-birini qöllab-quvvatlaydigan mehr-oqibat Jonridning joniga ham ora kirdi. Radioning jonkuyar xodimlari özlarining odamgarçiliklarini dariğ tutmadilar. Norasida Jonridni bağirlariga olib, muruvvat va saxovat körsatdilar. Öz navbatida Jonrid ham ularning xizmatini qildi, kattalarning mehrini qozondi. U radioda işlab yurib, 1950 yili SAGU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika bölimida tahsil ola boşladi. Kunlarning birida maşhur xonanda Fayzixon opa Mirzajonova Jonridning ahvolidan xabar topib, uni uyida yaşaşga taklif etdi. Opaning taklifi quvonç bilan kutib olindi.

Jonrid Abdullaxonov bu xonadonda yaşagan yillarini mamnuniyat bilan eslar edi.

— Fayzixon opa menga onalarga xos mehr bilan qarardi, — deya bot-bot tilga olar edi u. — Bu xonadon doimo buyuk sanʼatkorlar, maşhur yozuvçilar bilan gavjum bölib, adabiyot, sanʼat, Özbekistonimizning kelajagi haqida suhbatlaşar va ularning gurunglari yarim tungaça davom etardi. Bunday uçraşuvlarda Yunus Rajabiy, Doni Zokirov, Halima Nosirova, Komil Yaşin, Berta Davidova, Mirtemir domla, Uyğun, Turob Töla va boşqa adibu sanʼatkorlar iştirok etar edi. Hatto ustoz Abdulla Qahhor ham qadam ranjida qilib, suhbatlarga jon kiritganlarini körganman. Şuning uçun bu xonadonni yaşaş kulbasi emas, badiiyatga yöllangan möʼtabar dargoh deb hisoblayman. Axir murğak qalbimda kurtak otayotgan ijodiyotimning ğunçalaşiga hamda gullaşiga bunday allomalarning suhbatlari katta turtki bölgan-da! Öşa davrda bolalar gazetasida bosilgan birinçi şeʼrim — “Mening modelim” ham ustoz Abdulla Qahhor nazaridan ötgan.

J.Abdullaxonovni katta adabiyot yöliga çorlaşda bolalar uçun eşittirişlar tahririyatining boş muharriri va uning asosçisi Hakim Nazirning xizmatlari hadsiz, beqiyosdir. Benazir yozuvçi uning Namangandan Toşkent radiosiga kirib kelgan kunidan boşlab otalik mehrini körsatdi, qalam tebratiş yöl-yöriqlarini örgatdi. Hatto namangança şevada sözlaşlarini ham töğrilaşga erişdi.

Özbekiston xalq yozuvçisi bolalarbop asarlarini radioinsenirovka qildirib, unga ataylab Jonrid Abdullaxonovni iştirok etişga jalb qilardi. Radioning ilk rejissyori, ustoz Neʼmat ota Döstxöjayev Valentin Katayevning “Polk öğli” qissasini insenirovka qiladi. Bu asar Hakim Nazir va Hibziddin Muhammadxonov tarjimasida Jonrid Abdullaxonov, endigina ön uç yoşdan oşgan Farhod Musajonov va boşqa iqtidorli bolalar iştirokida insenirovka qilingan edi. Bu ham bölğusi qalam sohiblariga ijobiy taʼsir körsatgan.

J.Abdullaxonov maşhur xalq yozuvçisining ilm-maʼrifatidan qongan, fayz-fazilatlari, fasohatidan bahra olgan hamda yozuvçilikka havas uyğotgan ustozi sifatida umrining oxirigaça uning nomini mamnuniyat bilan tilga olib ötdi.

1956 yili Toşkent televideniyesi taşkil bölarmiş, degan gaplar tarqaldi. Öşa yillari Markazqömda Zahro Rahimboboyeva kotiba bölib işlardi. Uning boşçiligida televideniyeda işlaş qobiliyati bölgan yoşlarning tanlovi ötkazildi. Unda Jonrid Abdullaxonov birinçilardan bölib masʼul muharrirlikka qabul qilinadi. Uning telejurnalistika sir-asrorlarini egallaşida talabçan, tabiatan bosiq, biroq mehr-oqibatli inson Mirsolih aka Miraʼzamovning xizmatlari beqiyos bölgan. Mirsolih aka bu möʼjizaviy dargohning birinçi rahbari edi. Uning boşçiligida J.Abdullaxonov hayotida katta özgarişlar yuz berdi.

Televideniyega radio va teatrlarda köp yillar işlagan tajribali rejissyorlar, texniklar, muharrirlar taklif etildi. Televideniyening birinçi masʼul muharriri J.Abdullaxonov dastlabki kunlardanoq taşkilotçilik işlarida ham faol iştirok eta boşladi. Uning yelib-yugurişlari bilan televideniyening dastlabki diktorlari ham topiladi. Körik-tanlovda iştirok etgan yuzlab qizlar orasida Toşkent tibbiyot  instituti (hozirda Toşkent davlat tibbiyot universiteti)ning talabasi Iqbolxon Olimjonova ğolib topilib, Toşkent televideniyesining birinçi diktoriga aylanadi. Rus tilida körsatuvlar olib borişga navnihol Yunona Stolyarova, keyinroq Galina Melnikova qabul qilinadi.

Bölğusi adibning kamolotga yetişida televideniyening hissasi katta böldi. U öşa davrlarda respublikamizga rahbarlik qilgan muhtaram zot Şarof Raşidov va boşqa önlab adiblarning yordamlaridan bahramand böldi.

— Mening Namangandan Toşkentga yuzlab çaqirim yölni piyoda bosib, azob-uqubatlar çekib poytaxtda makon topişim, elga tanilişimda eng avvalo Özbekiston radiosi va uning saxovatli xodimlaridan  minnatdorman hamda ulardan qarzdorman, — degan sözlarni ustoz adibimiz köp taʼkidlar edi. — Yetim norasidaga mehr, oliy himmat va marhamat körsatgan Şarof Raşidovga, onamdek issiq bağriga olgan Fayzixon opa Mirzajonovaga, birinçi romanim — “Yöl”ni tahrir qilib, yöl-yöriq körsatgan Said Ahmad va Saida Zunnunovaga, yozuvçilikning katta dargohiga yetaklab kirgan Abdulla Qahhor, söz iqlimining xoqoni Maqsud Şayxzoda, haqiqiy “Hazrati inson” Rahmat Fayziy, radioda otalik va ustozlik qilgan Hakim aka Nazirov, Neʼmat ota Döstxöjayev va boşqalarga körsatgan mehr-oqibatlari, yordamlari uçun minnatdorçilik sözlarimni aytişdan çarçamayman. Ularning yotgan joylari nurga tölsin. Axir Şarof aka tufayli pasport egasi böliş, Abdulla Qahhor Yozuvçilar uyuşmasiga aʼzo qilib, Moskvadagi Oliy Adabiyot kursida öqitgani, men uçun söz sanʼatining sultoni, ilmda ham, şeʼriyatda ham kamolot daryosining qimmatbaho injusi hisoblangan ustoz Maqsud Şayxzoda esa yozgan kitoblarimga dil tortadigan nomlar topib berganlarini unutib böladimi?! Lekin men uçun eng uluğ maskan bu — radiodir. Radio — bu nur deganidir. Nur esa oddiygina şuʼladan boşlanib, bir avlod hayotiça davr içida asrlarning hokimi bölib qolgan. Nur sözi haqiqat, baxt, erk, ozodlik maʼnosini beriş bilan birga şu aziz kurramiz, koinot va nihoyat insoniyat ramzi sifatida yangraydi. Bu nur, takror aytaman — radiodir. Bu muqaddas va möʼjizaviy dargoh millionlab odamlarga nur, maʼrifat tarqatmoqda. Mening baxtim, onam ham şu qadrdon Özbekiston radiosidir.

Xalqimizda “Bir kun tuz içgan joyingga qirq kun salom ber”, degan maqol bor. Jonrid Abdullaxonov aziz va möʼtabar dargohi — Özbekiston radiosi va televideniyesiga qirq kun emas, balki umrining oxirigaça sadoqatli farzand bölib qoldi. U şöro davrida ham, mustaqillik yillarida ham özining oçerk va lavhalari, badiiy  asarlari bilan radio tahririyatlarining eşittirişlarida faol qatnaşib turdi. Radio va televideniyedagi faoliyati, ustoz va hamkasblari haqida xotiralar yozib, çop ettirdi. Uning radio va televideniye tahririyatlari hamda bölimlari xodimlarining iş jarayonlari, taniqli kişilarning suratlarini jamlab, rangli tasvirda çop ettirgan kitobi — “Oh, öşa közlar” nomli hikoyalar, xotiralar, hangomalar jamlanmasida yuqorida aytgan fikrlarimiz öz ifodasini topgan.

Şuningdek, adibning “Töfon”, “Borsa kelmas”, “Oriyat”, “Xonadon”, “Suiqasd”, “Tergov”, “Tarki dunyo” romanlari, ikki roman va bir neça hikoyalarni jamlagan ikki jildlik “Saylanma”si, “Gulçehra”, “Azizaxon”, “Afsonaga teng umr” nomli qissalari, bir neça hikoyalar töplamlari çop etilib, kitobxonlarga tuhfa qilingan. Bu asarlarning aksariyati Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Ukraina, Albaniya, Bolgariya, Vyetnam va boşqa xorijiy davlatlarda ham tarjima qilinib, naşr qilingan.

J.Abdullaxonovning tarjimonlik faoliyati töğrisida ham aytib ötiş örinlidir. D.Graninning “Izlovçilar”, Abbat Prevoning “Kavaler de Griyo va Manon Lesko qissalari”, “Yunon qizining qismati” singari romanlarini özbek tiliga mahorat bilan ögirgan.

Radioning sodiq farzandi Jonrid Abdullaxonov faqat nasrdagina emas, balki dramaturgiya, şeʼriyat, publitsistikada ham ijod qilgan köp qirrali adib edi. Uning köp yillik ijodiy faoliyati yuksak qadrlanib, 1999 yili Prezidentimiz farmoniga köra “Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Namanganda tavallud topib, hayotining turli qiyinçilik va baxtli onlarini boşdan keçirgan taniqli adib umrining sönggi nafasigaça radioga oşifta bölib yaşadi. U sakson beş yoşdan oşib, foniy dunyoni tark etdi. Uning asarlari, porloq çehrasi keng kitobxonlar hamda şogirdlari xotirasida toabad saqlanadi.

Abdusamad ISOQOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan