Unutmadim çehrangni aslo…

Xoliq HAKIM

Muallif haqida:

Xoliq HAKIMOV — 1949 yil Samarqand viloyati Toyloq tumanida tuğilgan.

Samarqand davlat universitetining özbek va tojik filologiyasi fakultetida tahsil olgan.

Ijodkorning “Daştda bayram”, “Zamin saxovati”, “Yaxşilikdan yaralgan dunyo”, “Dalalarda qolgan hislarim”, “Xumorim” singari öndan ziyod şeʼriy va nasriy kitoblari naşr etilgan.

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.

ÖZING EDING

 

Osmon rosa yiğladi bu tun,

Köz yoşini tökdi çelaklab.

Nur taralib, yoyilganda kun,

Oq-qorani oldi elaklab.

Tuni bilan menda bir isyon,

“Nega?!” degan söroq bermas kuç.

Sensiz qolgan kunimdan buyon,

Göyo taqdir olar mendan öç.

Kammi şunça sensiz yonganim,

Yana qança doş bersin yurak?

Özing eding bir işonganim,

Boşqasini bilmasam kerak…

 

BIR SÖZ DEMAY…

 

Ajraşdik. Röyi ruxsoring

Yaşayotir köksimda hamon.

Şirin damlar ehtirosli, eng…

Dildiragan dilga armuğon.

Unutmadim çehrangni aslo,

Qalbim dardga bölsa ham oşno.

Taşlab ketsang hamki, sevgilim,

Inkor etmas yurak, eh, taşna!

Peşonamni devorga tirab,

Eslagayman u şirin damni.

Baxtli onlar çoğidan umid,

Yoqarmisan yurakda şamni?

Közdan yoşim tomçilar yum-yum,

Örtaliqda kuydi ne tilsim?!

 

KUYGAN BORMIKAN?

 

Bu dunyoda mendayin köyingda kuygan bormikan?

Işqning har zarbidan faroğat tuygan bormikan?

 

Qay xislating bitayin yurak qonim siyoh etib,

Özgani körmay közi, bir seni suygan bormikan?

 

Marjon kabi ipga tizsam taqdirimning dodini,

Toş qalbing erib zora, tinglasa dil faryodini.

 

Oh, bu otaş dilginangni dilimga boylasa-yu,

Oçun heç körmas bölsa, mendan ortiqroq şodini.

 

OŞIQLIK BAXTI

 

Tunlari kuyib, kunduzlar yonib,

Sevgiga talpindi devona yurak.

Hijron kemirganda özidan tonib,

Alam sahrosini kezdi jonsarak.

Aslo qayğurmagin, öksima, ey dil,

Armonlar jamlanib, aylandi şeʼrga.

Faqat xotirjam böl, söngra şukr qil,

Senga işqni inʼom etgan taqdirga.

Sevmasang, ehtimol, şeʼr ham bitmasding,

Oy-u yulduz kökdan boqmasdi, işon.

Ğaflatdan bir qadam nari ketmasding,

Bulutlar ortida bölardi osmon.

Aslo qayğurmagin, öksima, ey dil,

Armonlar jamlanib, aylandi şeʼrga…

 

SEN KABI…

 

Heç kim sen kabi könglimni

Batamom zabt etgan emas.

Yöllaringga burib yölimni,

Kutayapman – naf yöq, abas.

Xayolim band sen-la tun-kun,

Zanjirband asirman özim.

Yöl qaragan ğaribu tutqun,

Közyoş tökib gohida sim-sim.

Qaydan bilsin işqsiz gumroh

Devona şoirning dardini?

Qora soçlaring olar, oh,

Bamisli tegirmon gardini.

Qandu bol sörsam tilingdan,

Roziman yoki yöq degaysan.

Tiz çökib tutsam qölingdan…

Jonim, sen bunga arziysan!

 

 ÖTINÇ

 

Soğinç bir olam bölib,

Huzuriga boraman.

Ozgina öpkam tölib,

Unga dardim yoraman.

Maşaqqatim aytaman,

Yolğizlik kuydirganin.

Men ğarib beçorani

Jonidan töydirganin.

Umr böyi izlab uni,

Topgan-u yöqotganim.

Qalbimdagi tuyğuni,

Ketkazolmay qotganim.

“Birga ötkazgan onlar

Soğintirdi, – deyman, – yor.

Ado qildi hijronlar,

Etgin meni baxtiyor…”

Sening qovoğing soliq,

Kel, şu karaşmangdan keç.

Afsusda emas Xoliq,

Seni sevganidan heç!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan