Doim Haq sözing ayt, Haq yölini tut…

Şahodat ISAXONOVA

Yozuvçi va şoira Şahodat Isaxonovaning qator nasriy asarlari özbek adabiyoti xazinasidan munosib örin olgan. Uning qalamiga mansub hikoyalar, qissalar va  romanlar köplab xorijiy tillarga tarjima qilingan.

Dunyo internet tarmoğiga qaraşli maşhur “Amazon” kitob savdosi dökonlarida “Turon malikalari” seriyasida çop etilgan “Çingizxon tuzoğiga tuşgan malika”, “Bibixonim”, “Nodirai davron”, “Gavharşod begim” kabi tarixiy romanlari, hikoya va qissalar töplami ingliz tilli kitobxonlar hukmiga havola etilgan.

“Çeçaklar ifori…” nomli töplam şoiraning ilk şeʼriy töplami.

Şoiraning nazmiy izhorlari ham nasriy asarlari kabi öz öquvçisini topişiga va muxlislarining könglini rom etişiga işonçimiz komil. Sizga zavqli va hayratli mutolaalar tilab qolamiz.

 

Qasida

 

Ustoz OYBEKka bağişlov

 

U kunlar tarixga aylandi endi,

Qadrli, qimmatli, armonli biroz…

Közimga quvonçdan yulduzlar indi,

Körişmoq istabsiz men bilan, ustoz…

 

Hayrat, hayronlikda lol qoldim bir on,

Hatto anglolmadim, öngimmi, röyo?

Çunki bizlar uçun qöl yetmas osmon,

Quyoşdan ham olis edingiz göyo.

 

Men öqib, ulğaydim kitoblaringiz.

Bola Alişerni döstimday suydim.

Şeʼrlaringiz edi gözal va tengsiz,

Naʼmatak gullarin iforin tuydim.

 

Yölçiyu Gulnorga böloldim hamdam,

Örgandim neligin Adolat, Haq Söz,

Aslida hayot ham mard ila nomard

Kuraşi ekanin bildim yuzda-yuz…

 

Bitdingiz moziyni, asl tarixni,

Sizga şaraf edi ajdodlar şaʼni.

Isteʼdodsiz kaslar ters burib çarxni,

Sotdilar, dedilar, “Millat duşmani…”

 

Tamğalar bosişdi, osişdi yorliq,

Va olib taşlaşdi muzaffar yöldan.

Közingizga torday körinib borliq,

Haq Sözni aytolmay qoldingiz tildan…

 

Qizlar faxri edi Zarifaxonim,

Mehr fariştasi, sadoqatli yor.

Til böldi, Söz böldi, jon böldi joni,

Lahzasi Siz bilan ötdi baxtiyor…

 

…Menga qanot berdi şul oddiy mujda,

Sözning qudratini his qildim ilk bor.

Kökka havolandim va uçdim quşday,

Körişmoq kunini kutdim intizor.

 

Lek ertakka döndi şirin xayollar,

Yo kunlar pand berdi yo vaqt böldi kam,

Körişmoq muddati ketdi hayallab,

Yoki unutdingiz vaʼdangiz Siz ham…

 

Ha, Sizni hayotda körmadim bir bor,

Suhbatingizga ham bölmadim şerik.

Bormoq istagandim, dedilar “Bemor…”

Siz yaşab ötdingiz yonimda, tirik…

 

Hayot taşvişlari sabab bölar goh,

Sababdir baʼzida yaqinlar, döst, yor,

Söng yölga kuzatmoq nasib etdi, oh…

Qiyomatga qoldi suhbatu diydor.

 

Omonat sözingiz yetkazdi domlam ,

Debsiz: “U isteʼdod, asramoq kerak.

Bizni yiqqan kaslar bir kun uni ham

Ayaşmas, yiqarlar, sezmoqda yurak…”

 

Başorat qilibsiz, ustoz, aslida,

Va menga sörabsiz Tangridan panoh.

Çindan ijodimning qaynoq faslida

Boşimga bulutlar yoğildi nogoh.

 

Döstu yor quşdayin uçdi-yu ketdi,

Gavjum makonlarim qoldi huvullab.

Orzu-umidlarim tuşdayin bitdi,

Faqat ruhim taskin berdi şivirlab…

“Yiğlama… Allohning dargohi kengdir,

Umid eşiklari yopilmas heç vaqt,

Bandasin ayirmas, barçasi tengdir,

Mazlumlar ahliga muruvvati naqd…”

 

Çindan ham noumid qilmadi Özi,

Menga inʼom etdi özga bir olam,

Olamki, taʼrifga yetmaydi sözim,

Tasvirga ham hatto ojizdir qalam.

 

Unda körganlarim ajib edi xöb,

Balki ertakdir u, balki afsona.

Suhbat qurişardi malaklar töp-töp,

Orada yöq edi ğanim, begona.

 

Tömaris momomiz edi uluği,

Davraboşi edi yovqur, rahnamo,

Yonida jangovar nur yolli tuği,

Sözlari qiliçday keskirdir hamon.

 

Törda ötirardi Bibixonim ham,

Hilolga öxşardi tillaqoşlari,

Uxlardi Uluğbek Mirzo öşal dam

Bibisin tiziga qöyib boşlarin.

 

Sal parişon edi Gavharşod begim,

Boşida ming savdo, davlat işlari…

Saltanat taqdirin öylar edi jim,

Yaxşilikka yöyib, körgan tuşlarin…

 

Davra guli edi Nodira davron,

Ğazallar öqirdi işq mayidan mast,

Uvaysiy lahzada töqirdi çiston,

Zamon nayranglarin bitib, qasdma-qasd…

 

Zebunniso begim kuylardi mahzun,

Yuraklar bermasdi nolasiga doş,

Tonggaça közlarin yummas edi tun,

Uyğonib ketardi beçora quyoş.

 

Ustoz, har kun şunday keçar hayotim,

Bul olam fanomi, baqomi, bilmam,

Lekin haqni bitdi doston, bayotim,

Bunda jamuljamdir, jannat, jahannam…

 

Duo qilmoq qoldi Sizni, ustoz, dil,

Şaʼningizga ne dey, aytaymi sano?

Qay tarzda madh etay, alqayin qay xil?..

Munosib Söz bersin, Özi, Robbano!

 

* * *

Muğanniy, qölingga olgil sozingni,

Çorlagil, fidoyi mard, jonbozingni!

Noğorang sasidan titrasin olam,

Körsatgil yoğiyga, kuçing, bozingni!

Borligu yöqlikning maʼnosi — Lazgi!

Hayotu mamotning binosi — Lazgi!

 

Birlaşsang, kattayu kiçik qör bölsang,

Birdamlik körsatsang, elga jör bölsang,

“Ayrilgan ayrilar” naqlin yod tutib,

Tuproqni, yurtni deb bardam, zör bölsang,

Mardlar maydoniga yöllaydi Lazgi!

Quvvat, qudrat bölib qöllaydi Lazgi!

 

Xoinlar sotilar, yov bölar doim,

Yölingga töğonu ğov bölar doim,

Özagingni uzib, özingnikilar

Xonumoningga öt, olov bölar

doim,

Xevaqiylar yongan olovdir Lazgi!

Kubro qölidagi yalovdir Lazgi!

 

Mardlar erksizlikka boşlamas aslo,

Yurtin, elin yovga taşlamas aslo,

Ölmagay, tirikdir Manguberdilar,

Onalar közini yoşlamas aslo…

Oyçeçaklar çökkan daryodir Lazgi!

Noladir, voladir, faryoddir Lazgi!

 

Ming şukur, tözmadi, ozod böldi yurt,

Intihodan qayta imdod böldi yurt,

Tuğildi Kubroyu Temur Maliklar,

Ozodu farovon, obod böldi yurt…

Bugun sanʼatimiz eʼzozi Lazgi!

Baxtiyor elimiz dil rozi Lazgi!

 

VATANDOŞLARGA

Ayri tuşdingmi Vatandin

yo ayri tuşdi Vatan?

Uçdingmi yo sen Vatandin

yo sendan uçdi Vatan?

Erta bahor boğlariga

yana qaytar turnalar,

E, voh, endi qaytmagaydir,

ul Humo quşdir Vatan…

 

Özga yurtning şamollari

töfon bölar, yel bölmas,

Allalari nağma bölar,

Zabon bölmas, til bölmas,

Oşnolaring oğa-inmas,

yobon bölar, el bölmas,

Köksingga solgan jarohat

xanjari nişdir, Vatan…

 

Insonlikning maʼnolari,

mezonlari yöq unda,

Yaratganning iymonlari, ehsonlari yöq unda,

Hamjinslikni ravo derlar,

nuqsonlari yöq unda,

Aşki daryo, dardi dunyo,

haji, bepuştdir, Vatan…

 

Saltanati, saroylari,

hurlari ne dunyoning,

Olmoslari, ganjlari ne,

durlari ne dunyoning,

Sultonlari, şohlari ne,

zörlari ne dunyoning,

Iskandarday söng lahzada

qöllari böşdir, Vatan…

 

Bobolaring makonlari

senga suyanç, toğ bölar,

Momolaring poyi tekkan

yerlar jannat, boğ bölar,

Özga yurtda şoh esang-da,

şaraf emas, doğ bölar,

Gar tuproği közlaringni

yopmasa, tuşdir, Vatan…

 

MUVAŞŞAH

Döstim Xosiyat Bobomurodovaga

 

Ahli tolib edik, biz uçraşgan dam,

Zaminu zamonning erka gullari…

Ijodu hayotda böloldik hamdam,

Ziyo-la bezatdik tole yöllarin…

 

Davronimiz ötdi bildirmay bizga,

Ötdi davrimiz ham jonimiz halak.

Sanoqdan adaşdim men qarab Sizga,

Turibsiz yetmişmas, navnihol malak…

 

Intiho faslimi, yo fasli imdod,

Moziy qaytardimi ortga çarxini?

Xudoyimning özi qilgaydir isbot,

Osiy bandasining qiymat, narxini…

 

Suyib inʼom etdi bizlarga qalam,

Ilhomu ilohiy Söz berdi nurdan.

Yana azob qöşdi, ranj ila alam,

Toparsan deb özni, zör çiqsang, zördan…

 

Bebaho kunlarni uladik yilga,

Oromlardan keçdik kalomlar izlab,

Baxş etib tunlarni faqat köngilga,

Oy bilan tillaşdi oy kabi yuzlar…

 

Mehrlar ulaşdik dildan, betama,

Uzmadik sadoqat riştalarini.

Raqibga dönganda dösti yor… Hamma…

Allohga yukundik, yutdik barini…

 

Dovonlar oşdik biz yil-la basma-bas,

Orzu qanot berdi, böyladik kökka.

Va öyin qilganda hayot, qasdma-qasd

Aylandik loçinga, uçdik yuksakka…

 

Gözal Yölning söngi hali oldinda,

Avlodlar uyğonar Haqparast-

yangi!

Şarafli Söz qadri ortar oltindan,

Ilohiy bu boğida qolurmiz mangu!

 

MENING ONAM…

 

Bovlisang botir bölar,

Tergasang tentak bölar…

Maqol

Hammaning onasi öziga aziz,

Hammaning onasi uluğ, möʼtabar.

Döstlar, qirilmasin könglingiz hargiz,

Onamni oşirib maqtasam agar.

 

Mening munis onam boşqaça edi,

Heç kimga öxşamas edi feʼllari.

Qöşnilar “muloyim, şirin söz…” derdi,

Çindan ham boldayin edi tillari.

 

“Boydavlat” der edi kuçugimizni,

Muşugimiz nomi “Moşxonim” edi.

Qanday erkalasa, suysalar bizni,

Suyardi, “Ular ham döstimiz…” derdi.

 

Mening nomim esa juda köp edi.

“Oftobxon” der edi quyoşga mengzab.

Hamma ismlarim gözal, xöb edi.

“Dugonam” ham derdi öziga tengsab.

 

“Oymomomsan” derdi silab boşimni,

“Oydan ham oydinim…” der edi suyib.

Hilolga öxşatar edi qoşimni,

Söng qöşiq töqirdi ösmalar qöyib.

 

Soçlarimni yelga köz-köz qilardi,

Oltin taroğini berardi şamol.

Zulflarimga zarli bargak ulardi,

Suvlarga kokilin yoygan majnuntol.

 

Meni uçirardi arğimçoqlarda,

Böylaşgin der edi sen osmon bilan.

Men kökka havolab, qörqqan çoğlarda,

Derdi: “Men sen bilan, sen posbon bilan…”

 

“Qörqma bu hayotning öyinlaridan,

Doim Haq sözing ayt, Haq yölini tut…

Ötarsan beşikast quyunlaridan…

Çekkan anduhlaring böladi unut…”

 

Hatto tanbehlari edi ğaroyib,

Duoga öxşardi koyişlari ham.

“Yaxşilikka…” derdi, yiqilsam toyib,

“Qadamingni sinab körmoqda Egam…”

 

Osmonga böylaşdim, kökka böylaşdim,

Bağriga çorladi osmon, falaklar.

Gul bilan gullaşdim,

Oy-la tillaşdim,

Dugona böldilar hurlar, malaklar…

 

Faqat onam yöqdir, posbon, mehribon.

Endi quvonmaydi onamday heç kim.

Uning sözlarini qömsayman pinhon,

Obihayot kabi keladi içgim…

 

Ana, öşa sözlar! Qarang, bozorda!

Maʼnoli… Hikmatli… Muloyim… Şirin…

Puldori quvonçda, pulsiz ozorda,

Olişar talaşib, surib bir-birin…

 

Onamning sözlarin sotmoqda maddoh,

Donalab… Maydalab… Yöq unga farqi…

Yuksalmoqqa emiş vositai joh,

Hatto özgararmiş dunyoning çarxi…

 

Söz bozori tomon uçaman yelday,

Peştaxta, rastalar möl, tökin edi!

Narxi esa… Oqar köz yoşim selday.

Oh… Onam sözlari suvtekin edi…

 

Şunday… Mening onam boşqaça edi…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan