Özbekiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlari Buyuk Britaniya OAV diqqat markazida

LONDON, 28 oktyabr. “Dunyo” AA. Britaniyaning “London Post” elektron naşrida “Toşkent–Bryussel: Yevropa bilan hamkorlikning yangi bosqiçi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar berdi “Dunyo” AA muxbiri.

Uşbu maqolada taʼkidlanişiça, Özbekistonning Yevropa hamjamiyatlari bilan aloqalari 1992 yil 15 aprelda Özbekiston hukumati va Yevropa Ittifoqi komissiyasi örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolanişi bilan boşlangan. Diplomatik munosabatlar 1994 yil 16 noyabrda örnatilgan, 1995 yilda esa Bryusselda Özbekistonning elçixonasi oçilgan, u ham Yevropa Ittifoqidagi vakolatxona vazifasini bajaradi. 2011 yildan buyon Toşkentda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi faoliyat yuritib kelmoqda.

Özbekiston Prezidenti Belgiya poytaxtida Yevropa Ittifoqi yetakçilari bilan muzokaralar ötkazgani hamda unda köp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantiriş va kengaytiriş masalalari körib çiqilgani materialda alohida taʼkidlangan.

Bundan taşqari, Britaniya saytida Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitimning imzolanişi Özbekistonning Yevropa bilan özaro tuşuniş, oçiqlik va işonçni mustahkamlaşga qaratilgan izçil taşqi siyosatining mantiqiy davomi bölişi bildirilgan. Mazkur hujjat savdo va sarmoyadan tortib, fan, texnologiya, madaniyat va atrof-muhitni muhofaza qilişgaça bölgan keng kölamli sohalarni qamrab olişi taʼkidlangan.

Materialda ötgan davr mobaynida Yevropa Kengaşi Prezidenti Özbekistonga uç marta – 2019, 2022 va 2025 yillarda, şuningdek, Yevropa Komissiyasi Prezidenti 2025 yilda taşrif buyurgani xalqaro hamkorlik aloqalarining tobora rivojlanib borayotganidan dalolat ekani qayd etilgan.

Manbada, şuningdek, Özbekiston Prezidenti taşabbusi bilan 2025 yil 4 aprel kuni Samarqand şahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi”ning birinçi sammiti bölib ötgani va unda Yevropa kengaşi va Yevropa komissiyasi prezidentlari hamda Markaziy Osiyo davlat rahbarlari iştirok etgani alohida urğulangan.

“London Post”da eʼlon qilingan materialda iqtisodiy hamkorlik aloqalari haqida ham batafsil töxtalib ötilgan. Xususan, 2024 yilda Özbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan mahsulot ayirboşlaş hajmi 6,4 milliard dollarni taşkil etib, 2025 yilning yanvaridan avgustigaça bu körsatkiç 4,5 milliard dollardan oşgani, Yevropa kompaniyalari bilan amalga oşirilgan loyihalar portfeli esa 30 milliard yevroga yetgani alohida eʼtirof etildi.

Maqola yakunida: “Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Bryusselga rasmiy taşrifi va Yevropa Ittifoqi bilan yangi, keng qamrovli aloqalarning örnatilişi özbek diplomatiyasi tarixida muhim voqea ekanligi aytildi. Bu qadam Özbekistonning Yevropadagi mavqeini mustahkamlabgina qolmay, hamkorlikni yanada rivojlantiriş, savdo-sotiqni kengaytiriş, sarmoyalarni jalb etiş, texnologiyalar, innovatsiyalar va ğoyalar almaşiş uçun kuçli turtki bölib xizmat qiladi”, – deyiladi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan