Kuz hayajonlari
Dilfuza ŞOMALIKOVA
Muallif haqida:
Dilfuza Şomalikova — Parkent tumanida tuğilgan. Ilk mehnat faoliyatini “Parkent tongi” gazetasidan boşlagan.
2008 yildan buyon “Ğunça” jurnali boş muharriri.
Muallifning “Onam yopgan non” (1990), “Tuproq öynayotgan bola” (2018), “Zağizğonning arğimçoği” (2023) kabi qator kitoblari çop etilgan. Asarlari asosida telenovellalar, şuningdek, “Otalar sözi — aqlning közi” körsatuvlari tayyorlangan.
2024 yil “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
Kuz yozga alla aytdi. Qiş esa kuzga allasini xirgoyi qilayotir. Boğlar tön almaştirar: nigohlar yeru osmon tutaşib ketgan joygaça bir rangga böyalgandek. Sarğimtir çoponlar yelkalarga ilingan allaqaçonlar. Xirmondan köngli tölgan bobo qöllarini duoga oçadi: yurtga tinç-totuvlik, elga hurlik, tökinlik, yoşlarimizga bekam baxtu saodat, ilmu maʼrifat sörab yuzlariga fotiha tortadi:
“Qölingdan kitobing tuşmasin, boşingdan toleying ketmasin…”
Hosil yiğmasdan havo aynisa, yomğir yuragimga yoqquday böladi, deydigan momoning çehrasiga quyoş köçgandek:
— Ilmning karomati, öqiganning şarofati şu-da…
Ota öğli tuğilganda ekkan köçatiga farzandining böyini qiyoslaydi: osmon bilan yer.
— Sen aqling bilan hamma narsadan baland bölişing, dunyoni lol qoldirişing kerak! — ota qatʼiyat, işonç bilan aytadi. — Buning uçun öqişing, til bilişing, bilganda ham özbekning bolasi ekanligingni jahonga körsatib qöyişing kerak.
Ona oşxona derazasini oçib, kuz quyoşining taftidan rohatlanadi. Qizaloq yugurgança deraza tagiga turib çapak çaladi:
— Ur-re-ye, boşimni qarang, tegdi! Kaap-katta böpman-a?..
Şunda osmonni çuğur-çuğur ovoz tutadi…
— Ayting-çi, oyi, quşlar bunça köp, nima deyapti ular?
Qizaloqning savolidan ona sergaklanadi:
— Issiqsevar quşlar töplanişib, issiq ölkalarga yöl oladi, qizim. Nima deyayotganini bilmasam.
— Iya, — qizaloqning közi katta-katta oçiladi. — Oyilar ham bilmaydimi-a? Men oyi bölsam, hamma narsani bilaman. Köp kitoblar öqiyman, öqiyveraman, öqiyveraman, — qiz biroz jiddiy tortdi. — Beçora quşlar u joylarga yetgunça çarçab ketmasmikan-a?
Yomğir şivalaydi. Ikki örtoq romli ayvonning dahlizida in yasaydi, hozirgina işlari tugab qoladi.
— Ustoz yordam bermaganida heçam bitirolmasdik-da. Ana endi akamiz kelsa, inni örnatib beradi, — bolalar öz işlaridan zavq oladi.
Opa esa qaldirğoçlar bola oçib, söng hammasi uçirma bölgan boloxonali uyning eşiklarini ziçlab yopadi:
— Qaldirğoçlar bahorda yana qaytib keladi. Neça yilki, qança qaldirğoçlar köz oçadi bunda… Qayta-qayta kelaveradi ular. Bahorda sal keçiksa, kelişini soğinib qolamiz. Oilamizning qadrdoniga aylangan ular.
Har daqiqa böyi bilan öyi ulğayayotgan aziz bolajon! Har biringiz olamlarga tengsiz orzulardan qanot boylaganingiz aniq. Katta maqsadlar bilan uluğ niyatlarga yetadigan eng yaqin yöl, eng mustahkam köprik izlayotirsiz!
U — kitob!
U seni kelajakka eltuvçi pillapoyalardan orzular şohsupasiga yetaklovçi maktublarga öxşaydi goho. Sen uni öqiysan, izlanasan, kaşf etasan — katta yölga çiqasan.
Qöllaringni osmonga uzatasan — yetadi!
Qöllaringni oftobga uzatasan — yetadi!
KUZNING SUVRATI
Hayajonlarim xayolga tutqiç bermaydi. Dunyoga siğaman-u, özimga siğmayman. Xayolim semurğ quşlar yangliğ parvoz qiladi: közlangan manzilin ixtiyor etadi… Yetdim, deganda yöl hali olisligini anglaydi. Mening musavvir könglim şunday! Qölimga qalam tutgan onlarimdan rang axtaraman — uni böyoqlarda emas, holatlarda sirli şivirlaşini istayman. Oddiygina muhrlagim keladi: samoyu zaminning bağri birlaşib, oltin rangga aylanadi. Bunda sehrgarning möʼjizaviy tayoqçasi-da heç.
Dunyoning eng möysafid ertakçisi çöpçak aytayotgandek: çirt-çirt uzilayotgan yaproqlar kuzning ogohlantiruvçi ilk maktublari. Junjiktiruvçi şamollar kutilgan va yöllangan xabarnoma. Tomçilar zamin orziqib peşvoz çiqqan obizamzam…
Poyoni adoqsiz kengliklarga razm solaman: şamol musiqasiga raqs tuşayotgan yaproqlar sadosi, saslari alla aytayotir göyo. Kuzning azaliy qöşiqlarining abadiy naqarotidek… Közlariga muhrlangan qöşiqlar bu! Unda şamolning etaklarida yomğirlar bolalaydi… Şamolning etaklarida qöl uşlagan yaproqlar aylanadi, aylanaveradi — bolalikning doira öyinidek adoqsiz. Beboş yellariga doş berolmagan yaproqlar ömbaloq oşadi — qişloqning bolasidek.
Kuzning suvratini çizmoqçi bölaman…
Izlaganim izlariga asta böyoq tortaman. Bobom ming yillik nasihatini takrorlaydi:
— Kuz qişning darakçisi, bolam. Daraxtning barglari pastidan tökilsa, qiş iliq keladi, tepasidan tökilsa, sovuqqa tadorik köriş kerak.
Buvim ham anoyi emas, keça aytgani yodida bölsa-da, yana eslatib qöyadi:
— Quşlar past va yoyilib uçsa, qiş iliq ötadi…
Kuzning suvratini çizmoqçi bölaman…
Keçki payt turgan şamoldan onam derazalarni asta oçadi: yomğirning hidi kelyapti, joningga huzur bağişlaydigan…
Tongda otam romli ayvonning oynaklarini oçib yuboradi: yomğirning salqini gup etib urilsa-da, junjiktirmaydi. Rohatbaxş epkin esadi…
Kuzning suvratini çizmoqçi bölaman…
Yomğirpöş kiyib, soyabon tutgan bolakay kavuşçasi suvga tölganidan bexabar sakraydi: kimning oğziga yetti tomçi yomğir tuşsa, sehrgarga aylanarmiş…
Köp qavatli uylarning erka nabirasi oyoqlari orasidan boşini çiqarib “yöl köradi”. Boboyu buvining quvonçi qöş böladi. Nabirasini yanayam suyib qöyadi:
— Bugun qişloqdan mehmon keladiganga öxşaydi, közlaringga tumor bölay, bolam…
Çolu kampirning gaplari tugamasdan eşik qönğiroği jiringlaydi. Avval ostonada olma, anor, yonğoğu qovoqlar solingan savatlar, keyin mehmonlar körinadi. Xonani tökin boğlarning isi tutadi.
Kuzning suvratini çizmoqçi bölaman…
OSMONDAGI QUŞLAR UYASI
Uzoqdan quşlarning taniş ovozi eşitiladi. Keyin bu ovoz asta yaqinlaşadi. Quşlar galasi osmonni töldiradi. Bolalar deraza oynalariga yopişib, çapak çaladi. Ularni kuzatadi: quşlar goh aylana bölib qanot qoqadi, goho bir-birlariga yöl berayotganga öxşaydi. Qarab tursangiz, oçilib-yopilayotgan gul şaklini oladi. Bir zumda tizilişib parvozida davom etadi. Bolalar esa quşlardan közini uzmay onasini savolga tutadi:
— Quşlar raqsga tuşadimi?
— Şunaqa bölsa kerak, — ona miyiğida jilmayib qöyadi.
— Unda quşlar qöşiqsiz öynaydimi-a?..
— Özi qöşiq aytib, özi öynaydi.
— Unda kim çapak çaladi?
— Şamol bölsa kerak-da.
— Bizlar ham qarsak çalsak böladimi?
— Albatta, — ona derazaning oynasini asta yopadi. — Sal nariroq turinglar, şamollab qolasizlar.
— Quşlar şamollab qolmaydimi?
— Ular örganib ketişgan, osmon özlarining uyi-da, bolam.
— Osmonda quşlarning uyasi bormi?
— Uyiga uçadigan yöl bor, arğimçoq solib uçaveradi.
— Arğimçoq biznikiga öxşamaganmi, nimaga körinmaydi?
— Ularning arğimçoği özi bilan, bolam.
— Men quşlarning arğimçoğiniyam, öziniyam yaxşi köraman. Ular haqida ertak eşitgim kelyapti.
— Ertakni-ku bilaman. Ammo senga özim körgan, bilgan voqeani aytib bera qolay.
— Böpti…
— Quşlar judayam aqlli böladi. Yaxşilikni, mehrni unutmaydi. Yoşligimizda toğang oppoq kabutarlar boqardi. Biz ularni paypoqli kabutarlar derdik. Hovlimizning bir çekkasidagi ajratilgan yerga don separdik. Ular darrov paydo bölardi. Uçib kelardi-da, parvo qilmay donlaşga tuşardi. Baʼzan toğangning qölidagi donni yeb, keyin yelkasiga çiqib ğurillardi.
— Erkalanarkan-da, rahmat aytganimidi bu? — qizaloq şoşgança davom etadi. — Bizlar ham rahmat aytamiz-ku…
— Ha… qaldirğoçlar esa bola oçgan uyasini heç qaçon unutmaskan. Laylak, turna, oqquş haqida eşitgansan-a?
— Eşitganman ozgina… Lekin sizga öxşab özimning közlarim bilan körgim kelyapti. Ular ertakdan ham yaxşi ekan.
— Unda har kuni tabiatni kuzat. Körganlaringni yozib boriş uçun daftar tut.
Qizaloq sevinib ketdi. Sumkasidan yangi daftar oldi. Muqova ustidan birinçi qatorga “Tabiat kundaligi” deb yozib qöydi. Quloqlari ostida quşlarning arğimçoq solib uçayotgan ovozi jarangladi.
KUZ XAT YOZADI
Kuz xat yozadi. Siz uning xatini öqiganmisiz? Kuzning ertagini-çi, tinglaganmisiz?.. Uni öqimoqçi bölsangiz, yomğir şiviriga quloq tuting… Tuman qoplab, keyin asta şivalagan sas eşitilsa, demak, kuz xatining konverti oçilayotgani. Quloq tuting.
Kuz xat yozadi. Unda sabo boğlar isini olib yeladi. Tökin mevalarning ifori dimoğingizga uriladi. Taglariga tökilgan olma, anorlar yerga quloq tutayotganga öxşaydi.
Oltin rang fasl maktub yöllaydi. Zangor libosli sehrgar boğlarga taşrif buyuradi: yelkasidagi qopi ham, hassasi ham zangor. Hil-hil pişgan har meva bir boğning böyini körsatadi. Xirmonga baraka kiradi.
Kuzning xati bobodehqonga yetib boradi birinçi bölib. U qölida uşlagan maktubni oçmasa-da, nimalar yozilganini yod biladi.
— Kuz — mening bobom. Men donişmand bobo faslimni yaxşi köraman, — deydi qizaloq. — Bobom: “Kuz — baraka, bol fasli. Mehnat qilgan rohatini topadi”, deb izohlaydilar. Yana ham yaxşi körib ketaman bu faslni. Bobom ham donişmand. Demak, ular örtoq ekan-da, deb öylab qolaman. “Salom, kuz!” deb quçoğimni oçaman. Baxmal tusli barglar yoğiladi.
Kuz xat yozadi. Barglar baxşiga aylanadi. Uning şitiri va şivirini heç kim — musavvir ham, usta sozanda ham öxşatolmaydi. Kuz ertagini boşlaydi bunda.
Kutilmaganda açimsiq is dimoqqa uriladi. Yaqin atrofdan tutun örmalayotgani közga taşlanadi. Keyin xazonlarning ingragani eşitiladi. Bunda kuzning xati ğijimlanib, bir siqimga aylanadi.
— Tezda öçiriş kerak, tabiatni avaylasak, u bizni asraydi, — atrofdagi ovozlardan kuzning kaftidagi xatga qanot bitadi.
Nomalar yöl izlaydi — xazonlar ham suzğiçdan ötgandek. Ariqdagi suvlarning tubi körinadi. Buloqlardan buğ kötariladi.
Berkinmaçoq öyini boşlanadi, quyoş köp berkinib, bulut öyga toladi. Yomğir yoğadi: göyo yerga pöq-pöq etib pufakçalar uriladi-yu, arazlagan boladek yotib oladi. Uni qidiraman, topolmayman. Uşlagim keladi. Qöllarim muallaq qoladi.
Halinçak solib uçayotgan quşlarning çuğuri tutadi. Kuz xat yozadi. Uni öqib ulgurmasimizdan kumuş qişning xat yozişga ötirganidan xabar keladi.
KUZDAN KELGAN XAT
Osmonni bulut qopladi. Keyin ğuvullagan ovoz eşitildi. Daraxtlar tebranib, çayqalgandek böldi. Darvozani kimdir qoqdi. “Hamma uyda. Kim bölişi mumkin?” Quloq solsam, yana taqilladi. Eşikni oçsam, izğirin şamol yelkasiga poçta xaltani osib olgan. “Sizga xat bor”, deya kaftimdek savatça olib menga uzatdi. Hayron qoldim, qopqoği ham antiqa.
Bu kimdanligini söramoqçi edim, u zuv etib közdan yöqoldi. Uni oçmoqçi edim, oçilmadi. “Içida nima bor ekan?” Quloğimga tutdim: yomğirning ovozi, keyin tomçilarning şarga aylanib yorilişi eşitildi. Közimni yumib, uni quloğimga qattiqroq bosdim: “Endi öşa yomğirning tagida men ham soyabonsiz yurardim”.
Kutilmaganda qopqoq oçilib ketdi. Uyni olmayu behilarning hidi tutdi. Savatdagi mevaçalarni qölimga olsam, kaftimga siğmay qoldi… Nima qilişni bilmasdim. Deraza oynasidan taşqariga qaradim: osmon töla zarğaldoq barg yoğardi. Bu — bargyomğir edi. Yöq, yöq, barglar uçardi. Ularning qanoti bor edi, rost. Quşlardan ham çiroyli qanot qoqardi… Ular yomğirdan ham berkinmas, şamoldan ham qörqmas edi. Yeru kökni öz uyiga aylantirib olgan edi.
Endi bildim, bu kuzning xati edi. Men unga javob yozmoqçi bölib örnimdan turganimda, momaqaldiroq gumburladi. Közim katta-katta oçilib ketdi…
Kiçkintoy döstlarim! Bu mening tuşimmi yo öngim, bilmay qoldim.
