Xizmat qilgin şu xalq uçun!..
“Hurriyat” gazetasi ijodkorlari Sirdaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi şaxsiy tarkibi bilan uçraşuv ötkazdi
Ikki nafar kapitan harbiy unvoniga ega zobit ayvon oldidagi maydonda saf tortib turgan içki işlar xodimlari davrasiga kelib qöşildi. Şu daqiqadan boşlab suhbat mavzusi öz-özidan hududda tinçlik-osoyiştalik va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş mavzusiga köçdi. Negadir ularning suhbatlari doimo fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişga borib taqalaveradi.
Xullas kalom, kim nima haqida gap oçmasin: musibatli yoki şodlantiradigan voqealar töğrisidami — barça gap xizmat vazifasini qay yösinda uddalaşdan boşlanib, şu mavzu asnosida poyoniga yetadi.
Darhaqiqat, kimnidir öz xizmat vazifasini ado etayotganda körsatgan jasorati, mardligi, xizmatdagi yelib-yugurişlar, jasurlik, ğam, quvonç, orzu-armonlar haqida oğizlaridan bol tomib gapiradilar. Har doim ham elimiz, yurtimiz tinç-osoyişta bölsin deb yaxşi umidlar bildiradilar. Negaki, hayotga, ado etayotgan vazifasiga bölgan işonç, mehru muhabbatlari bora-bora qatʼiy va mustahkam umidlarga aylanadi. Lekin ular hadeganda qalblarini töldirgan faxr-iftixor hislarini sezdirmaslikka harakat qiladilar.
Darhaqiqat, Sirdaryo viloyati Içki işlar boş boşqarmasi va uning joylarda faoliyat yuritayotgan xodimlari el-ulusni xavotir bulutlari qoplamasligi uçun tunni tongga, tongni tunga ulab, çin köngildan xizmat qilmoqdalar. Taʼbir joiz bölsa, içki işlar xodimlari salobatli va mahobatli toğlardek mustahkam bölib turibdilar. “Yigit bölsang arslondek tuğilgan, Xizmat qilgin hamişa şu xalq uçun” degan ötli satrlarni qoraqalpoq şoiri Berdaq Qarğaboy öğli şunday ötyurak yigitlarga bağişlab yozib ketgandek göyo. Sal avvalroq majoziy maʼnoda içki işlar xodimlarini mustahkam qalʼa dedikmi, demak, haqiqatan ham bu sözda ziğirça bölsa-da, mubolağa yöq.
Mard va jasur yigit, qizlar ayni damda içki işlar idoralarida xizmat qilişni özlari uçun şaraf deb bilmoqdalar. Şuning uçun ularning safi borgan sari salohiyatli yoşlar hisobiga töldirib borilmoqda. Negaki, tinçlik-osoyiştalik, xotirjamlik hukm surgan joyda ezgu işlar hamişa bardavomdir. Odamlar bu hayotiy haqiqatni istiqlol yillarida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida barça jabhada amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, jumladan, hamjihatlik, bağrikenglik, olijanoblik va mehr-oqibat kabi insoniy tuyğular har qaçongidan yuksak çöqqilarga kötarilib, aholi turmuş farovonligini oşiriş yölidagi beqiyos saʼy-harakatlar misolida yanada teranroq anglab yetmoqda. Özini Vatanni himoya qilişga va ona yurt osoyiştaligiga bağişlaş, mardlik va jasorat körsatiş çinakam insonlarga xos fazilatdir. Şu örinda yurt tinçligi-yu el osoyiştaligini taʼminlaşdek şarafli burçni bajarayotganlar har qança ehtiromga, eʼzozu olqişga munosibdir.
Maʼlumki, yurtimizda inson qadri, uning huquq va erkinliklariga eng oliy qadriyat sifatida qaraladi. Şu maʼnoda bugun içki işlar tizimida faoliyat samaradorligini oşiriş, jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişni taʼminlaşda xodimlarning masʼuliyatini kuçaytiriş borasidagi çora-tadbirlar özining ijobiy natijalarini körsatmoqda. Ahamiyatlisi, sönggi töqqiz yil mobaynida davlat rahbarining bevosita rahnamoligida içki işlar organlari xalq manfaatlariga xizmat qiluvçi xalqçil tizimga aylantirildi. Hozirgi kunda şaxsiy tarkibning asosiy qismi bevosita hududlarda, mahallalarning bevosita özida xizmat ötayotganligining öziyoq tizimning oddiy odamlarga yaqinlaşayotganini körsatadi.
Şamol daraxtni yulqilaganda, ötgan fasllar daraxtning lop etib yodiga tuşar ekan. Baʼzida ana şu xotira şamoli bizni ham silkitadi.
Oddiy odamlarni mensimay, ularga qöpol, ters munosabatda böliş, xizmat vakolatidan noqonuniy foydalaniş, zarur yumuş bilan köçaga çiqqan, işga oşiqayotganlarni, he yöq, be yöq, avtobusga tiqib, zuğum, bosim ötkazib, ularni ovora-yu sarson etiş holatlarini yaxşi eslaymiz. U kunlarni eslamay böladimi? Töğri, bunda hozirgi xodimlarning, agar ayrimlarning bölmasa, aybi yöq. Nega deganda, bugungi xodimlar avvalgilaridan tubdan farq qiladi. Sababi ularning intellektual va bilim darajasi yuqori, maʼnaviy-axloqiy sifatlari balanddir.
Yodda tutişimiz lozimki, biz tarixda köp ming yilliklarga borib taqaladigan, farzandlari dunyo tamaddunini yaratgan yurt vakillarimiz. Şunday ekan, jahonda bizning öz örnimiz, öz ovozimiz bor. Yurtboşimiz taʼbiri bilan aytganda, “Biz heç kimdan kam emasmiz va heç qaçon kam bölmaymiz”.
Joriy yilning oktyabr oyida “Hurriyat” gazetasi Içki işlar vazirligi bilan özaro ijodiy hamkorlik memorandumini imzolagan edi. Şunga köra, gazeta va uning internet sahifalarida bundan buyon Içki işlar vazirligi va uning barça tizimlari faoliyati, yutuq va muammolari yanada kengroq yoritib boriladi. Gazeta ijodkorlarining Sirdaryo viloyati Içki işlar boş boşqarmasida ötkazgan uçraşuvi ham şu hamkorlik mevasidir.
Bilasiz, ilm, adabiyot va sanʼat, ommaviy axborot xodimlari bilan jonli muloqotlar jabhada faoliyat olib borayotgan xodimlar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirib, yaʼni yangidan-yangi zafarlarga ilhomlantiradi. Nazarimda, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 1996 yilda asos solingan, mamlakatda ilk bor erkin minbar sifatida mustaqil naşr maqomida faoliyatini boşlagan “Hurriyat” gazetasi ijodkorlari bilan Sirdaryo viloyati Içki işlar boş boşqarmasi şaxsiy tarkibining uçraşuvi, muloqoti jurnalist ahlini içki işlar idorasidagilar bilan hamfikr, hamqadam bölib ijod qilişga çorlaydi. Qolaversa, şunday xayrli, dilkaş tadbirlarning ötkazilişi maʼnaviyatimiz yuksalişiga xizmat qiladi. Jaloliddin Rumiy “Haqning asari qudratlarini basirat közi ila, nazari ibrati ila tomoşa qilinsa, köp hikmatlar körurlar”, deb bejizga aytmagan ekan, degan fikr könglimizni xuddi çaqmoqdek yoritdi. Osoyiştalik posbonlarining közidagi tabassum, mamnuniyat ifodasi uçraşuv davomida yaqqol sezilib turdi.
Ayonki, bugungi kunda jahon miqyosida beşafqat raqobat, qarama-qarşilik va ziddiyatlar, axborot xurujlari tobora kuçayib borayotgan hozirgi murakkab davrda “Hurriyat” gazetasi ijodkorlari hayotga çuqurroq kirib borib, jamiyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tub mohiyati va ahamiyatini tölaqonli, röyirost oçib berişga, taraqqiyotimiz yölida tösiq bölib turgan muammolarni dadil kötarib çiqişga, ayni vaqtda joylarda, eng quyi böğinda xalqning quvonç va taşvişlariga malham bölişga harakat qilmoqdalar.
Şu asnoda röznoma bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ekologiya, atrof-muhit, tabiat mavzulari bilan bir qatorda, siyosat, huquq-tartibot idoralari faoliyatini ham keng miqyosda yoritib kelyapti.
…Ona Vatan, ona zamin, ona qişloq… Biz uçun muqaddas hisoblangan barça göşalar onaga qiyoslanadi, onaga mengzaladi. Ona mehridek jonbaxş tuyğularning yagona nomi mavjud: möʼtabar, jondek aziz. Darhaqiqat, kindik qoning tökilgan zamin mehri, har nigohidan özgaça, senga faqat soğinç ulaşadigan yaqinlar tafti… Bunday damlarda hayratdan nafas olasan, beğuborlikdan lazzatlanasan. Nazarimda, bu noyob tuyğudan içki işlar idoralarida öz xizmat burçini ötayotgan xodimlar ham benasib emasday.
Bitiklar yakunida, avvalo, içki işlar xodimlarini Vatan oldidagi muqaddas qasamyodlariga sodiq qolib, yurtimiz tinçligi va xalqimiz farovonligi yölida öz zimmalaridagi ğoyat muhim vazifalarni yuksak masʼuliyat bilan ado etişlariga tilakdoşmiz. Zero, isteʼdodli şoira Xosiyat Bobomurodova Vatanimizni madh etganidek:
Vatan deb Vatandan ketganlar aytsin,
Soğinç yoqasidan tutganlar aytsin,
Puşaymonlik zahrin yutganlar aytsin,
Vatan yagonadir, Vatan bittadir.
Mening Temur bobom, Sohibqironim,
Asrlarni yengib yelgan böronim,
Qonidan qöşilgan bir qatra qonim,
Vatan yagonadir, Vatan bittadir.
Uluğbek JUMAYEV,
Özbekiston Yozuvçilar
uyuşmasi aʼzosi.
