“Mening armiyam – mening faxrim!”
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi tomonidan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va bir qator hamkor taşkilotlar bilan birgalikda Qurolli Kuçlarimiz taşkil etilganining öttiz tört yilligi hamda Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan “Mening armiyam – mening faxrim!” respublika tanlovi ötkazilişi eʼlon qilinadi.
Tanlovga “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinçligimiz posboni!” degan boş ğoyani özida mujassam etgan jurnalistik materiallar, yozuvçi va şoirlarning asarlari qabul qilinadi.
“Mening armiyam – mening faxrim!” tanlovi quyidagi nominatsiyalar böyiça ötkaziladi:
- OAV vakillarining jurnalistik materiallari böyiça; (bu yönalişda bosma OAV, internet naşrlari va telekanallar jurnalistlari iştirok etişlari mumkin)
- Yozuvçi va şoirlarning badiiy asarlari böyiça.
Eslatma: hujjatlar elektron tartibda qabul qilinadi.
Ijodiy işlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinişi lozim:
– muallif va uning professional faoliyati töğrisida qisqaça maʼlumot;
– muallifning pasport (ID karta) nusxasi;
– muallifning manzili va boğlaniş telefonlari.
Tanlovga 2025 yilning 20 yanvaridan 2026 yilning 3 yanvarigaça bölgan davrda eʼlon qilingan materiallar – asarlar 2026 yilning 5 yanvarigaça qabul qilinadi.
Tanlov ğoliblari Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining öttiz tört yilligi hamda Vatan himoyaçilari kuni bayrami arafasida mukofotlanadilar va ularning röyxati matbuotda eʼlon qilinadi.
Ijodiy işlar “Mening armiyam – mening faxrim!” tanloviga deb körsatilgan holda quyidagi elektron manzillarga yuborilişi lozim:
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi, 100011. Toşkent şahri, Navoiy köçasi, 30-uy. Tel: 71 244-64-62
(+998 99 466-10-25 raqamdagi telegram manzil)
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, 100066, Toşkent şahri,
Bunyodkor köçasi, Adiblar xiyoboni. Tel.: 71 231-24-46
(+998 99 090-06-74 raqamdagi telegram manzil)
Taşkiliy qömita
