Oydin dil va oydin niyatlar kitobi

“Şeʼriyatga oşno bölgan inson aslo kam bölmaydi”. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning uşbu ögitiga qatʼiy amal qilgan holda, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi jamiyatimizda nazmiy asarlar tarğibotini har tomonlama kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Bunga birgina amaliy misol: keyingi davrda taniqli özbek şoirlarining saylanma şeʼrlar töplamlarini “Şoir va zamon” ruknida izçil naşr etiş yölga qöyildi. Bu turkumdagi kitoblar Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi huzuridagi Tahrir hayʼati tomonidan naşrga tavsiya etilayotgani va Uyuşma homiyligida çop etilayotgani alohida tahsinga loyiq.

Yaqinda şoir va tarjimon, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist Ğulom Mirzoning “Saylanma: Ey, Oy!” (Toşkent, “Adabiyot” naşriyoti, 2025. — 296 b.) nomli şeʼrlar töplami ham xuddi şu turkumda naşrdan çiqdi. Kitobda muallifning sönggi yillarda yozilgan şeʼrlari, şuningdek, oldingi 7 ta şeʼriy töplamiga kirgan ijod mahsullaridan ayrim namunalar jamlangan.

Isteʼdodli şoir Ğulom Mirzoning ijodi özbek kitobxonlariga yaxşi taniş. Uning “Oyparast dil” va “Taayyun raqamlari” (2023), “Otamning boği” (2019), “Qalb tomçilari” (2010), “Oftobga qaytaman” (2008), “Unutilgan hur” (1997), “Yaxşiyam siz borsiz” (1994) şeʼriy kitoblari, “Ey, darveş” (2022) qissasi hamda öndan ortiq publitsistik va tarjima asarlari çop etilgan.

Şoirning “Ey, Oy” saylanma kitobi bilan avvalgi şeʼriy töplamlari örtasida mohiyatan uzviylik va mantiqan asoslilik bor. Yangi kitobda oldingi şeʼriy töplamlar orqali sizu bizga yaxşi taniş bölgan “dil” obrazi endilikda yangi qiyofada, yaʼni oyparast dil maqomida namoyon bölmoqda.

Saylanma şoirning “Ey, Oy” şeʼri sarlavhasi bilan nomlangani bejiz emas. Ayni şeʼr orqali şoir Oyga:

Ey, kunduzi koinotdek olis beşumor,

tunlar esa tuşlarimda çarx urgan humoy! —

deya töğridan-töğri murojaat qiladi. Yaʼni, Oyni — Şarqda ezgulik ramzi bölgan afsonaviy quş, baxt quşi, “davlat quşi” — humo (humoy) quşiga mengzaydi. Şoirning badiiy mubolağasiga köra, Somon yöli — Oyning şippagidan tökilgan ğubordir. Bu, öz navbatida, “Sen uyimga qaçon kelib ketgan eding, Oy?” (170-bet) degan savolni keltirib çiqaradi.

Ğulom Mirzo boşqa köplab şeʼrlarida ham Oyga jöşqin murojaatlar yöllaydi. Xususan, şoir “Bolaligim keçgan hovli” (17-bet) şeʼrida “Oy — oynai jahon” (18-bet), “Qalandar” (73-bet) şeʼrida “Oy — qiliç” (73-bet), “Çillaning boşlanişi” (95-bet) şeʼrida “Oy — langar” (95-bet) degan öxşatişlarni qöllagan bölsa, “Çiltaşbeh” (21-bet) şeʼrida Oyga nisbatan qatorasiga 40 tadan ortiq metaforani işlatgan. Şuningdek, “Oyda soat bormi?” (18-bet), “Şoir” (32-bet), “Oy, jamoling közimdan tösma” (58-bet), “Oy, yuzlaring — könglimdek tiniq” (64-bet) kabi şeʼrlarda adabiy qahramon Oy bilan göyoki jonli muloqotga kirişadi.

Ijodkor uçun Oy — ramz, şeʼriy obraz, taʼbir joiz bölsa, ilhom parisi. Masalan, şoir bir şeʼrida “Keçasi oynadan böylama — ikki moh siğmagay falakka” (60-bet) degan qiyosni keltiradi. Zero, adabiy qahramon uçun Yor bilan Oy gözallik bobida teng. Yana bir şeʼrda Yor — Oyga, adabiy qahramon esa zimiston keçaga taqqos etilgan.

Bu şeʼrlarda oşiq dilning devonaligi otaşin şeʼriy misralarda oyparastlik timsolida taqdim etilganki, bunday badiiy yeçim şeʼrxonni aslo beeʼtibor qoldirmaydi. Bundan taşqari, “Eski janggoh” (134-bet) şeʼrida “Oy va Quyoş — ğolib tuğlar” (134-bet) deb taʼriflansa, “Qörboşi” (140-bet) şeʼrida “Oy — minoraning siniq parçasi”ga (140-bet) qiyoslanadi.

Şu örinda Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Erkin Vohidovning “Söz latofati” kitobidagi “Oy farzandi” faslidan mana bu fikrlarni eʼtiboringizga havola qilişni maʼqul, deb topdik: “Qadim-qadim zamonlarda ajdodlarimiz quyoşga, oyga, yulduz va sayyoralarga topinganlar. Daştu sahrolar oşa olis, maşaqqatli yöllarda kunduzi quyoş, keçasi oy va yulduzlar ularga maşʼala, qiblanamo bölgan. Öğlonlari ismini Kuntuğmiş, Oybek deb, qizlarini Oybarçin, Tölganoy, Yulduzxon, Zuhro, Surayyo, Muştariy, Sitora deb ataganlar. Ikki yuz yil avval Hindistonda yaşab ijod qilgan hamyurtimiz Mirzo Asadulloxon Ğolib öz ajdodlarini eslab: “Men asli samarqandlikman, naslim Oybeklar zotidan”, — deya ğurur bilan yozgan”.

Ustoz adibimiz taʼbiri bilan aytganda, bizlar hammamiz Oy farzandlarimiz. Oydan tuşgan kabi soddamiz. Dilimiz oydin, niyatimiz oydin. Özbek bejiz onani oyi deb, Oyni oymomo deb atamagan. Binobarin, Ğulom Mirzo ayni milliy anʼanalarni nafaqat izçil davom ettirayotgan, balki yangi va kutilmagan obrazlar bilan tom maʼnoda boyitayotgan novator kreativ (topqir) ijodkordir.

Şoirning yangi kitobidagi şeʼrlarning mazmuni haqida gap borganda, birinçi navbatda uning boy, öziga xos va xilma-xil mundarijasi diqqatni öziga tortişini qayd etiş darkor. Şeʼriy töplamga tartib berişda Şarq va Ğarbning bu boradagi ijobiy anʼanalariga birdek va izçil amal qilingan.

Saylanma “Quşlar guldek tokçada sölar” (4-bet), “Otamning boği” (45-bet), “Sen — munosib afsonalarga” (55-bet), “Sensiz sas yo nafas bormu?” (66-bet), “XX asr manzaralari” (134-bet), “Ey, Oy!” (170-bet) kabi fasllarda jamlangan şeʼrlar bilan boşlanadi. Bu fasllar, bir tomondan, yangi şeʼrlardan taşkil topgani bilan alohida eʼtiborni öziga tortsa, ikkinçi tomondan, har bir fasl nomiga “Tabiatga ehtirom ila” (45-bet), “Sevgi maktublari” (55-bet), “Xalq ohanglarida” (66-bet), “Ayrim çizgilar” (134-bet), “Dilxatlarim” (170-bet) singari tagsarlavhalar havola etilgani muayyan faslga mansub şeʼrlarning mazmun-mohiyatini anglaşda qulaylik tuğdiradi.

Yana bir turkum fasllar nomidagi tagsarlavhalarda öşa şeʼrlar bitilgan yillar qayd etilgan. Bu örinda “Dunyo töla erk, parvoz, şafqat” (2024 yil), “Bir köngli yuz ming bor töğralganlarmiz” (2023 yil), “Insmi yo parisiz?” (1996-2022 yillar), “Dilnoma” (1994-1996 yillar), “Köklam ösma bölib qoşingga çökdi” (1990-1994 yillar) fasllari haqida söz bormoqda. Bularning barçasi saylanmada şoirning turli yillardagi şeʼrlari saralab olinganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ğulom Mirzo nazmiy töplamga tabiat fasllari timsolida tartib beriş anʼanasiga ham amal qilgan. Xususan, “Yuragin varrakday oçganlar qani?” (83-bet) faslida, şoir iborasi bilan aytganda, “Bahor yallalari” (83-bet) kuylansa, “Bol tomar işkomning barmoqlaridan” (95-bet) faslida — “Yoz nağmalari” (95-bet), “Sunbula — soçlari parişon suluv” (99-bet) faslida — “Kuz qöşiqlari” (99-bet), “Oqquşlar qöndi göyo” (106-bet) faslida esa “Qiş xirgoyilari” (106-bet) bilan boğliq şeʼrlar jamlangan.

Kitobda fasllarga tartib berişning yangiça mezonlarini ham kuzatiş mumkin. Bunda biz Ğulom Mirzoning “Onajonim — ohizindam” (109-bet), “Kuzgi Nasaf manzaralari” (159-bet), “Zomin daftari” (162-bet) kabi fasllardagi şeʼrlari “Mitti turkum” (162-bet) nomi bilan taqdim etilganini nazarda tutyapmiz.

Öz navbatida, boşqa bir turkum şeʼrlar hajmiga qarab fasllarga taqsimlangan. Jumladan, “Quroqnoma” (231-bet) — sakkizliklar, “Umr taşbehlari” (240-bet) — oltiliklar, “Senda nondek issiq istara” (245-bet) — beşliklar, “Çöziladi çözmadek kunlar” (250-bet) — törtliklar, “Oydek olisim” (257-bet) — uçliklardan iborat bölsa, “Dovuş” (265-bet) faslida toq satrlar keltirilgan.

Ğulom Mirzo tuzuvçi va tarjimon sifatida jahon adabiyoti namunalaridan bir qança asarlarni tarjima qilgan va naşr ettirganini bilamiz. U bundan uç asr oldin Yevropada yaratilgan, maşhur nemis bastakori Georg Fridrix Gendel ijodiga mansub “Amir Temur” operasini 2014 yili özbek tiliga ögirgan va alohida kitob holida naşr ettirgan. Rus adabiyotining uluğ namoyandasi, Nobel mukofoti sovrindori Ivan Buninning “Temurxon” hikoyasi va yuzdan ortiq lirik şeʼrlarini tarjima qilgan. Ivan Buninning 2018 yilda naşr etilgan “Tiyramoh” nomli kitobining tuzuvçisi va tarjimonlaridan biri hisoblanadi.

Ğulom Mirzo tarjimasida 2020 yilda “Jahon adabiyoti durdonalari: Lotin Amerikasi” kitobi çop etilib, uşbu mintaqa adiblarining şeʼr va hikoyalari yagona töplam holida özbek kitobxoniga ilk bor taqdim etildi. Uşbu töplamda 54 nafar şoir va yozuvçining ijod namunalari jamlangan.

Uning “Ey, Oy” saylanmasida yangi tarjimalari eʼlon qilingan. Rus tilida ijod qiluvçi taniqli şoir va tarjimon Rifat Gumerovning bir turkum şeʼrlari özbek tilida taqdim etilgan.

Muxtasar aytganda, donişmandlardan biri: “Oçganingda huzurlanib, yopganingda ruhan boyligingni his etgan kitobgina yaxşi kitobdir”, degan ekan. Ğulom Mirzoning yangi kitobi huzur, maroq va halovat bilan öqiladigan hamda öqigan kitobxonga yangi ruh, yangiça zavq-şavq bağişlaydigan har tomonlama maʼqulu manzur kitob bölibdi.

Akmal SAIDOV,

Özbekiston Yozuvçilar

uyuşmasi aʼzosi,

akademik.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan