Tramvay

Erkin VOHIDOV,

O'zbekiston Qahramoni,

Xalq shoiri

Tunda tramvayda sarxush o'spirin

Tinmay haydovchiga yolvorar edi.

– Ana u ko'chaga yuz qadam kiring,

uyim o'sha yerda, jon aka, – derdi.

 

– Bu – tramvay, – derdi haydovchi xunob, –

Temir iz bor, chetga qandoq buraman?

Yigit qulog'iga kirmasdi javob:

– Besh so'm oling, mayli, o'n so'm beraman.

 

U sarxush yigitga o'xshaydi, ko'ngil

Orzulari parvoz etar qaydadir,

Talpinma, ey ko'ngil,

Sen gapga ko'ngil!

Axir, makonimiz tramvaydadir…

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

4 × three =