100 yoshli onaxon

Yangi yilning ilk kunlari quvonchli xabar bilan boshlandi: Ohangaron tumanidagi “Qoraxitoy” mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan “Visol” to'yxonasida uch avlod uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Ohangarondagi sut-tovar fermasida uzoq yillar sog'uvchi bo'lib ishlagan Xilva aya Jahonaliyevaning muborak yuz yoshlik yubileyi nishonlandi.

Samarali mehnatlari evaziga Xilva Jahonaliyeva bir qancha orden va medallar bilan taqdirlangan.

Uchrashuvda O'zbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati a'zosi, Respublika “Nuroniy” jamg'armasi boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev, “Nuroniy” jamg'armasi Toshkent viloyati kengashi raisi Abdusamad Nosirov, taniqli tadbirkor Shunqor Umirzoqov va boshqa hamyurtlarimiz so'zga chiqib, Xilva Jahonaliyevani qutlug' yoshi bilan muborakbod etdi.

Xushovoz xonanda Xurshid Rasulov va boshqa san'atkorlar dilrabo qo'shiqlari bilan onaxonni qutladilar.

Quvonchli kunda yuz yoshida ham tetik, gap-so'zi zalvorli Xilva Jahonaliyeva tashrif buyurganlarga o'z minnatdorchiligini izhor etdi.

Gapning rosti, insonning bir asrlik yubileyini hayotlik davrida nishonlash katta sharafdir.

Zero, O'zbekiston xalq shoiri Maqsud Shayxzoda yozganidek:

 

Do'stlar, yaxshilarni avaylab asrang,

Salom degan so'zning salmog'in oqlang.

O'lganda yuz soat yig'lab turgandan,

Uni tirigida bir soat yo'qlang!

Ozod XUShNAZARZODA.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

four + five =