100 yoşli onaxon

Yangi yilning ilk kunlari quvonçli xabar bilan boşlandi: Ohangaron tumanidagi “Qoraxitoy” mahalla fuqarolar yiğinida joylaşgan “Visol” töyxonasida uç avlod uçraşuvi bölib ötdi.

Unda Ohangarondagi sut-tovar fermasida uzoq yillar soğuvçi bölib işlagan Xilva aya Jahonaliyevaning muborak yuz yoşlik yubileyi nişonlandi.

Samarali mehnatlari evaziga Xilva Jahonaliyeva bir qança orden va medallar bilan taqdirlangan.

Uçraşuvda Özbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati aʼzosi, Respublika “Nuroniy” jamğarmasi boşqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev, “Nuroniy” jamğarmasi Toşkent viloyati kengaşi raisi Abdusamad Nosirov, taniqli tadbirkor Şunqor Umirzoqov va boşqa hamyurtlarimiz sözga çiqib, Xilva Jahonaliyevani qutluğ yoşi bilan muborakbod etdi.

Xuşovoz xonanda Xurşid Rasulov va boşqa sanʼatkorlar dilrabo qöşiqlari bilan onaxonni qutladilar.

Quvonçli kunda yuz yoşida ham tetik, gap-sözi zalvorli Xilva Jahonaliyeva taşrif buyurganlarga öz minnatdorçiligini izhor etdi.

Gapning rosti, insonning bir asrlik yubileyini hayotlik davrida nişonlaş katta şarafdir.

Zero, Özbekiston xalq şoiri Maqsud Şayxzoda yozganidek:

 

Döstlar, yaxşilarni avaylab asrang,

Salom degan sözning salmoğin oqlang.

Ölganda yuz soat yiğlab turgandan,

Uni tirigida bir soat yöqlang!

Ozod XUŞNAZARZODA.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan