Islohotlar mohiyatini chuqur anglash zarurati

Samarqand viloyati Toyloq tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 21-umumiy o'rta ta'lim maktabida faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar va xodimlar ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Unda davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida 2025 yil yakunlari, 2026 yilda amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar, yilga berilgan nom hamda ta'lim sohasiga qaratilgan e'tibor masalalari yuzasidan yig'ilganlarga batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, Murojaatnomada belgilangan strategik maqsad va vazifalarning mazmun-mohiyati atroflicha sharhlandi.

Mazkur targ'ibot tadbiri pedagog va xodimlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish, davlat siyosati va islohotlar mohiyatini chuqur anglash, shu bilan birga, belgilangan vazifalarni ta'lim jarayonida izchil amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bunday targ'ibot va tashviqot tadbirlari tumandagi umumta'lim maktablarida yil davomida tizimli ravishda o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Madina TOLLIBOYEVA.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

10 + 6 =