Raqobatbardoşlik sari strategik qadam

Bugungi kunga kelib, sir emaski, sunʼiy intellekt texnologiyalari kundan-kunga dunyo miqyosida iqtisodiyot, taʼlim, soğliqni saqlaş, xavfsizlik va boşqa muhim yönalişlarda asosiy vositalardan biriga aylanmoqda hamda davlat boşqaruvida samaradorlikni oşiriş, resurslardan oqilona foydalaniş, aholiga körsatiladigan xizmatlar sifatini yaxşilaşga kömaklaşmoqda.

Jahon bozoridagi raqobat endi tabiiy resurslar yoki arzon işçi kuçiga emas, balki maʼlumot, algoritm va hisoblaş quvvatiga asoslanmoqda. Bu şaroitda sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalariga eʼtibor bermagan mamlakat modernizatsiya jarayonlaridan ortda qolişi tayin.

Sönggi yillarda Özbekistonda ham bu sohada tizimli islohotlar amalga oşirilib, mamlakatimiz sunʼiy intellektni tatbiq etiş böyiça xalqaro reytingda 17 poğona yuqoriladi. Hozirda yurtimiz 188 davlat içida 70-örinni, Markaziy Osiyo böyiça esa birinçi örinni egallab turibdi.

2025 yil 22 oktyabrda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmon hamda 2024 yil 14 oktyabrdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantiriş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi Prezident qarori ana şu global texnologik raqobatda Özbekistonning öz örnini mustahkamlaşga qaratilgan muhim strategik hujjatlar sifatida tarixiy ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga Murojaatnomasida ötgan yil mamlakatimizda AT xizmatlari eksporti ilk bor 1 milliard dollarni taşkil etgani, 2030 yilga borib, AT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkaziş böyiça katta marra olingani, şu bois jahon bozorida raqobatbardoşlikni oşiriş uçun AT infratuzilmasiga investitsiya kiritiş uçun qator imtiyozlar berilgani alohida taʼkidlandi.

Prezidentimiz Murojaatnomada strategik vazifa sifatida belgilab berganidek, joriy yilda Toşkent şahri, Buxoro, Farğona va Toşkent viloyatlarida 4 ta “Data markaz”, 2 ta super-kompyuter va 15 ta oliygohda, şular qatori Farğona davlat texnika universitetida sunʼiy intellekt laboratoriyasi faoliyati yölga qöyiladi. Bu — tibbiyot, transport, qişloq xöjaligi, geologiya, bank-moliya, jamoat xavfsizligi kabi muhim sohalarda 100 dan ortiq sunʼiy intellekt loyihalarini amalga oşirişga zamin yaratadi.

Bugungi kunda minglab iqtidorli yoşlarimiz AT va sunʼiy intellekt böyiça izlaniş olib bormoqda. Ularning kvant, dron, robototexnika kabi yönalişlardagi konstruktorlik loyihalarini amaliyotga tatbiq qiliş uçun Raqamli texnologiyalar markazi taşkil etilişi közda tutilgan bölib, Osiyo taraqqiyot banki buni qöllab-quvvatlab, 200 million dollar ajratişga tayyorligini bildirdi.

Bu hujjatlar sunʼiy intellektni alohida innovatsion yönaliş emas, balki iqtisodiyotni tarkibiy yangilaş, davlat boşqaruvini optimallaştiriş va inson kapitali sifatini oşirişning asosiy drayveri sifatida belgilab berdi. Eng muhimi, sohaning 2030 yilga qadar rivojlaniş trayektoriyasi aniq indikatorlar va vazifalar asosida belgilab olindi.

Farğona davlat texnika universitetida 2026 yilda sunʼiy intellekt laboratoriyasini taşkil qiliş yuzasidan universitetga biriktirilgan “Biznesni rivojlantiriş banki” bilan 2025 yil oktyabr oyida kelgusidagi ikki tomonlama amalga oşiriladigan işlar muhokama qilingan, bir qator taşkiliy masalalar körilgan va amalga oşirilişi lozim bölgan işlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olingan, şuningdek, Prezidentimizning Murojaatnomasida sunʼiy intellekt böyiça ilgari surilgan strategik vazifalardan kelib çiqqan holda birgina Farğona davlat texnika universitetida taşkil qilinayotgan “Sunʼiy intellekt markazi”da sunʼiy intellekt texnologiyalari böyiça infractruktura taşkil etişda eʼtibor qaratilişi lozim bölgan qator jihatlarga asosiy urğu berildi. Markaz konsepsiyasini şakllantirişda şu yönalişdagi yetakçi xorijiy oliy taʼlim muassasalari mutaxassislari jalb qilindi.

Xususan, AQŞning “Fulbright” dasturi doirasida Indiana universitetining sunʼiy intellekt sohasi mutaxassislari jalb qilingan. Kiberxavfsizlik yönalişida Şvetsiyaning Lund va Yonçoping universitetlari, Germaniyaning Postdam universiteti, sanoatda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilişda Janubiy Koreyaning Ulsan universiteti (“Hyundai” korporatsiyasi bilan hamkorlikda birinçi bosqiçda 10 mln dollarlik loyiha) bilan birgalikda amalga oşiriş uçun xalqaro loyihalar yaratiş közda tutilgan.

Şuni taʼkidlaş lozimki, sunʼiy intellekt tadqiqotlari haqida gap ketganda, ularni ikki asosiy sinfga ajratiş maqsadga muvofiq böladi:

  1. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yaxşilaşga qaratilgan tadqiqotlar.
  2. Mavjud sunʼiy intellekt texnologiyalarini sohalarda joriy etiş böyiça tadqiqotlar.

Oliy taʼlim muassasalarida, eng avvalo, muhandislik sohalarida mavjud sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilişga yönaltirilgan tadqiqot laboratoriyalarini taşkil etiş singari vazifalar.

Albatta, sohalarda sunʼiy intellektni joriy qilişda nimalarga eʼtibor beriş kerak, degan savol ham tuğilişi tabiiy. Bular quyidagilar:

  1. Respublika va hududiy prioritetlar.
  2. Oliygohlarimizda asosiy sanoat hamkorlarining sanoat ehtiyojlari.
  3. Oliy taʼlim muassasalarida mavjud ilmiy va innovatsion infratuzilmalarni yanada rivojlantiriş.
  4. Sunʼiy intellekt va tanlangan muhandislik sohalarida kadrlar salohiyati.
  5. Xorijiy hamkorlar bilan oliygohlar va loyihalar.

Yuqoridagi kriteriyalarni inobatga olgan holda birinçi bosqiçda FDTUning markazida 5 ta laboratoriya taşkil etilişi belgilandi:

  1. “AI Research Lab”
  2. “Robotics, Sensors and Communication”
  3. “Intelligent Seismic and Civil engineering”
  4. “Safe intelligence lab”
  5. “Smart City”

“AI Research” laboratoriyasining asosiy maqsadi, birinçi navbatda, ayni paytdagi mavjud sunʼiy intellekt texnologiyalarini örganişdan iborat. Şuningdek, tanlangan muhandislik sohalarida qöllaniladigan eng maqbul sunʼiy intellekt modellari, algoritmlari va hokazolarni taqdim etiş, muhandislik sohalarida olib borilayotgan tadqiqotlar uçun sunʼiy intellekt yeçimlarini taklif qiliş, taʼlim jarayoniga sunʼiy intellektni joriy qiliş, sunʼiy intellekt texnologiyalarini barça taʼlim dasturlariga joriy etişga kömaklaşiş, sunʼiy intellekt böyiça fundamental tadqiqotlar olib boriş uning maqsadlari sirasiga kiradi.

Maqsadlarga erişiş uçun laboratoriyada avtonom robot-platformalarni yaratiş va sinovlar ötkaziş, atrof-muhit va obʼyektlarni monitoring qilişning sensorli yeçimlari, murakkab şaroitlarda navigatsiya, robototexnikada köriş va obʼyektlarni aniqlaş kabi tadqiqotlar ustida iş olib boriladi.

Xulosa qilib aytganda, sunʼiy intellekt bugungi kunda alohida texnologik yönaliş emas, balki mamlakat taraqqiyotining barça sohalarida sifat jihatidan yangi bosqiçga çiqişni taʼminlovçi strategik omilga aylanmoqda. Özbekistonda uşbu sohani rivojlantirişga qaratilgan davlat siyosati, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar, xalqaro hamkorlik hamda yirik investitsiya loyihalari mamlakatimizni global raqamli iqtisodiyotning tölaqonli iştirokçisiga aylantirişga turtki bölmoqda.

Xususan, Prezidentimiz Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga Murojaatnomasining Ikkinçi ustuvor yönalişida taʼkidlaganidek, bu yil yurtimizda faoliyati yölga qöyilgan AT, fintex, sunʼiy intellekt kabi yönalişlardagi mahalliy startaplarga xorijdan 270 million dollar investitsiya jalb qilindi. Keyingi yildan “Raqamli startaplar” dasturini kengaytirib, startap ğoyasidan to eksportgaça kömaklaşadigan yangi tizim yölga qöyiladi. Bunda xususiy startap markazlarini taşkil etiş uçun Yoşlar jamğarmasidan beş yil muddatga 5 milliard sömgaça foizsiz ssuda beriladi. Oliy taʼlim maskanlarining özida qoladigan mablağlarning 10 foizi ham inkubatsiya markazlarini rivojlantirişga yönaltiriladi.

Buning uçun, albatta, iqtisodiyotning ustuvor yönalişlari uçun yuqori intellektual salohiyatga ega bölgan kadrlarni tayyorlaşga eʼtiborni kuçaytirişimiz zarur. Prezidentimiz bejizga Murojaatnomada “Aniq fanlar va texnika yönalişidagi oliygohlarimizga dunyoning eng nufuzli universitetlarini jalb qilamiz” deb taʼkidlamadilar. Endi mamlakatimizning mehnat bozori mutlaqo yangi arxitektura asosida — kasb, malaka, texnologiya va taʼlimni birlaştiradigan yagona mexanizm sifatida işlaşi zarur.

Öktam SALOMOV,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar

vaziri örinbosari.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan