Go'zal Turkiston

Abdulhamid ChO'LPON

 

Go'zal Turkiston, senga ne bo'ldi?

Sahar vaqtida gullaring so'ldi.

Chamanlar barbod, qushlar ham faryod,

Hammasi mahzun, bo'lmasmi dil shod?

 

Bilmam, na uchun qushlar uchmas boqchalaringda?

 

Birligimizning tebranmas tog'i,

Umidimizning so'nmas chirog'i,

Birlash, ey xalqim, kelgandir chog'i,

Bezansin endi Turkiston bog'i.

 

Qo'zg'al, xalqim, yetar shuncha jabru jafolar.

 

Ol bayrog'ingni, qalbing uyg'onsin,

Qullik, asorat – barchasi yonsin,

Qur yangi davlat, yovlar o'rtansin,

O'sib Turkiston, qaddin ko'tarsin!

 

Yayrat, yashnat, o'z Vataning gul bog'laringda.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

15 − seven =