10 dona “tabletka” va yil
Bahorning salqin tunlaridan biri. Poytaxt aholisining aksariyati şirin uyquda, ammo 22 yoşli yigit giyohvand moddani oliş uçun “Cobalt” rusumli avtoulovga ötirib, şahar taşqarisiga yöl olgan. Sodiq Yaraşev (ism-familiyasi özgartirilgan) belgilangan joydan “tabletka”ni olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan uşlandi.
Maʼlum bölişiça, u ijtimoiy tarmoq orqali 2 nafar şerigi bilan oğu savdosi bilan şuğullaniş haqida yozişma qilgan. Dastlab 10 dona “tabletka”ni yetti yarim AQŞ dollarga sotgan. “Sotuvçi” 1 gramm kuçli taʼsir qiluvçi giyohvand moddasini 60 dollarga pullaş haqida bildirib, kuçli taʼsir qiluvçi psixotrop dori qöyilgan manzil lokatsiyasini taşlagan. Sud ekspertizasi xulosasiga köra, Sodiq Yaraşevdan olingan dori vositalari kuçli taʼsir qiluvçi giyohvandlik vositalari ekanligi aniqlangan. Şu örinda Sodiq Yaraşevning tarjimai holiga nazar solsak: u örta maʼlumotli bölib, vaqtinça işsiz. 22 yaşar yigit muqaddam öğrilik va firibgarlik uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Biroq bundan tegişli xulosa çiqarmagan. Bu gal ikki nafar şerigi bilan yana jinoyatga qöl urdi. Mazkur jinoiy iş sudda atrofliça körib çiqildi.
Sudda Sodiq Yaraşev aybiga iqror bölib, qilgan işidan puşaymonligini bildirdi. Aytiş kerakki, Sodiq bu dorilar oldi-sotdisi qonunga binoan taqiqlanganini bilsa-da, daromad topiş maqsadida navbatdagi “ov”ga çiqqan. Sud Sodiq Yaraşev sodir etgan jinoyatni oğirlaştiruvçi holat deb baholab, jazo tayinladi.
Sudning hukmi bilan Sodiq Yaraşev 10 yil muddatga, uning 2 nafar şerigining har biri esa 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Qilmişi qora kimsalar hozirgi kunda qamoqda jazo muddatini ötamoqda. Nima deysiz, ayni öynab-kuladigan, öqiydigan yoki işlaydigan davrda ularning hayot tarzi butunlay boşqaça özan sari ketdi. Hammasiga özlari, oilasidagilar aybdor. Yengil-yelpi hayot keçiriş orzusi ularni şu köyga soldi. Bu qinğir yöl, qora qismat yengil-yelpi hayotni közlab yurganlarga saboq bölişi kerak.
Bahodir QAYUMOV,
jinoyat işlari böyiça
Yakkasaroy tuman sudining
sudyasi.
