Oq xalatli firibgar

Sönggi yillarda jamiyatda firibgarlik jinoyatlari köpayib borayotgani taşvişli holatdir. Deyarli har kuni ommaviy axborot vositalarida odamlarni aldaş, ularning işonçidan foydalanib pul undiriş kabi jinoyatlar haqida xabarlar beriladi. Televideniye va radio orqali “Ehtiyot bölinglar, firibgarlarga aldanmanglar!” degan ogohlantirişlar tez-tez eʼlon qilinadi. Ammo, afsuski, sodda va işonuvçan odamlar hali-hamon bunday tuzoqlarga tuşib qolmoqda.

Firibgarlar turli sohalarda uçramoqda. Baʼzan ular özlarini tadbirkor, baʼzan mutaxassis, baʼzan şifokor sifatida taniştirib, odamlarning dardi va işonçidan foydalanişga urinmoqda. Quyidagi voqea esa aynan şunday holatlardan biri bölib, oq xalat kiygan insonning firib yöliga kirib ketişi qanday oqibatlarga olib kelişiga bir misol.

Ali Xudoyorov (ism-şarifi özgartirilgan) öttiz sakkiz yoşni qarşilagan bölsa-da, bu vaqt içida ikki marta ozodlikdan mahrum etilib, jazoni ham ötab ulgurgan. Uning avvalgi jinoyatlariyam aynan firibgarlik bilan boğliq edi. Ozodlikka çiqqaç, u yana öz kasbi — şifokorlik faoliyatini davom ettirib, viloyat markazidagi nufuzli şifo maskanlaridan birida işlay boşladi. Oppoq xalat kiyib yurgani uçun köpçilik uni hurmat bilan “döxtir aka” deb salomlaşardi. Ilgari uning tuzoğiga tuşib, aldanib qolganlar yoki qilmişlari haqida eşitganlar bu “şifokor”ga duç kelmaslikka harakat qilişardi.

Ali Xudoyorov tanişlarining öziga munosabatini yaxşi bilsa-da, bundan unçalik taşvişlanmasdi. Çunki firibgarlik uning uçun ikkinçi “kasb”ga aylanib ulgurgan edi. Aldov orqali qölga kiritilgan mömaygina pul uni yana şu egri yölga kirişga undayverardi.

Bir kuni u ijtimoiy tarmoqlarni közdan keçirarkan, navbatdagi firibgarlik “reja”si yarq etib xayoliga keldi. Köp öylab ötirmay, darhol internetda sahifa oçdi va unda şunday eʼlon joylaştirdi: “Hindistondan maşhur şifokorlar kelib, oğir kasalliklarni davolaş böyiça qabul ötkazadi. Murojaat qiliş uçun esa quyidagi manzil orqali onlayn röyxatdan öting” deb aynan öşa sahifani körsatdi. Eʼlonga özining telefon raqamini ham qöşib qöydi.

Köp ötmay, telefoniga birin-ketin qönğiroqlar kela boşladi. U har bir murojaat qiluvçi bilan xuşmuomala ohangda gaplaşib, ularni “röyxat”ga ola boşladi.

— Allo, assalomu alaykum! Siz Ali akami?

— Ha, menman, — deb javob berardi u.

Murojaat qilganlarga u göyoki mutaxassislar qabuli uçun oldindan pul tölab navbatga yoziliş lozimligi, kasallik turiga qarab kerakli dori-darmon uçun oldindan tölov qiliş ham talab etilişini erinmay tuşuntirardi.

Qumqörğonlik Jalil Egamov (ism-şarifi özgartirilgan) ham ana şunday murojaat qiluvçilardan biri böldi. U qizining terisida paydo bölgan kasallik tufayli köp şifokorlarga murojaat qilgan, ammo kutilgan natijani ololmagan edi.

— Ali aka, qizimning terisida dard bor, özimizdan şifo topolmadik, — dedi u iltijo bilan.

— Öşa joyni rasmga tuşirib yuboring, — dedi döxtir.

Jalil aka qizining qölidagi yarani suratga olib yubordi. Şundan söng Ali Xudoyorov öziça “mutaxassislar xulosasi”ni bayon qilib, qabul uçun uç yuz ming söm, dori-darmon uçun esa ikki million söm kerak bölişini bildirdi. Pulni ötkaziş uçun özining plastik karta raqamini yubordi.

Şifoga umid qilgan odamlar uning aytganlariga işonib, ana şu tarzda birin-ketin pullarni ötkaza boşladilar. Ali Xudoyorov esa kelib tuşayotgan mablağlarni öz ehtiyojiga işlatib, tarallabedod qilib yuraverdi. Murojaat qiluvçilar qaçon xorijdan şifokorlar kelişini söraşsa, u: “Yaqin kunlarda keladi”, deb aldaşda davom etardi.

Kunlar oylarga ulandi. Bir kuni mijozlardan biri Jalil Egamov yana qönğiroq qilib, şifokorlar qaçon kelişini söraganida, Ali Xudoyorov beparvo tarzda:

— Döxtirlar kelmas ekan, — deb javob berdi.

— U holda pullarimizni qaytaring, — degan talabga esa u:

— Pullar ketdi, endi yöq, — dedi yana sovuqqonlik bilan.

Şundan söng Jalil Egamov aldanganini tuşunib yetdi va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qildi.

Köp ötmay, Ali Xudoyorovning uyiga formadagi xodimlar kelib, uni qölga oldilar. U içki işlar bölimiga olib kelinib, tergov harakatlari boşlandi. Jabrlanuvçilar uni avvaldan tanimagan bölsa-da, telefon raqami va plastik karta orqali jinoyat izlari aniqlandi.

Söroqlar çoğida Ali Xudoyorov qilmişlarini yaşirib ötirmadi. Ilgari ham şu kabi jinoyatlar uçun sudlangani sababli u bunday söroq-savollarga könikib ketgan edi. Şörçi tuman sudida körilgan iş jarayonida u aybiga töliq iqrorlik bildirdi va qilgan firibgarliklarini birma-bir bayon qildi.

Sud uning avval ham şu turdagi jinoyatlar sodir etgani bois, uni xavfli retsidivist deb topdi hamda qilmişiga yaraşa jazo tayinladi.

Bu voqea barçaga yana bir bor saboq bölişi kerak: inson qançalik hurmatli kasb egasi bölmasin, agar u qinğir yölni tanlasa, oqibatda qonun oldida javob berişi muqarrar.

Zero, oq xalat insonni emas, inson oq xalatni uluğlaydi.

Tölqin ABDIRAIMOV,

Jinoyat işlari böyiça

Şörçi tuman sudi raisi,

Çori QORAQULOV,

sud maslahatçisi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan