Bugungi avlod nega ruhan toliqmoqda?

Sönggi yillarda jamiyatda bir holat tobora közga taşlanmoqda: yoşlar va umuman bugungi avlod orasida ruhiy çarçoq, stress va içki böşliqning kuçayişi. Holbuki, zamonaviy inson — bilimli, texnologiya bilan qurollangan, imkoniyatlari keng. Ammo imkoniyatlar ortgani sari ruhiy yengillik emas, aksinça, ruhiy bosim oşayotgandek. Bu muammo endi alohida şaxslar doirasidan çiqib, ijtimoiy masalaga aylanmoqda.

Xöş, sabablar nimada?

Fikrimizça, avvalo, bu — axborot bosimi. Bugungi inson, ayniqsa, yoşlar kuniga yuzlab xabarlar va vizual axborotlar oqimi içida yaşamoqda. Bu ongning tinimsiz işlaşiga va dam oliş mexanizmlarining izdan çiqişiga olib keladi. Ikkinçi sabab — taqqoslaş bosimi. Ijtimoiy tarmoqlarda namoyiş etilayotgan “mukammal hayot”lar yoşlarni öz hayoti bilan soliştirişga majbur qiladi. Natijada öziga işonçsizlik, yetişmovçilik hissi va içki norozilik kuçayadi. Yana bir sabab — dam oliş madaniyatining yöqolişi. Zamonaviy hayot surʼati tez: öqiş, iş, rivojlaniş, moddiy taşvişlar va şu kabi muammolar sabab dam olişga vaqt ajratiş kamayadi. Telefon orqali “dam oliş” esa, aslida, ong uçun yana bir yukdir.

Xöş, bu muammolarga qanday yeçim topiş mumkin?

Bugungi avlodning ruhiy toliqişini kamaytiriş faqat şaxsiy harakatlar bilan çeklanmasligi lozim. Bu masalada jamiyat, taʼlim tizimi va media ham masʼuldir. Yoş avlodga axborotdan ongli foydalanişni şakllantiriş, ijtimoiy tarmoqlarda meʼyorni saqlaş va ruhiy salomatlikni asraşga kömaklaşiş kerak. Stress va çarçoq paytida suhbat orqali qöllab-quvvatlaş muhim. Şuningdek, OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda real hayot va sabr jarayoni tasvirlangan voqelikni köproq yoritiş zarur.

Bugungi avlodning ruhiy toliqişi  zamon sinoviga öxşaydi. Şu bois jamiyat yoşlarni nafaqat natija va yutuqlar bilan, balki ularning ruhiy holatini ham tuşunib, qöllab-quvvatlaşi zarur emasmi?

Zero, ruhan soğlom avlod barqaror va soğlom jamiyatning eng muhim poydevoridir.

Darmonjon RUSTAMOVA,

ÖzMU talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan