Din va oila: Anʼanaviy qadriyatlar

Oila — insoniyat tarixining eng qadimiy va eng barqaror ijtimoiy instituti bölib, u jamiyatning axloqiy, maʼnaviy va madaniy tayançini taşkil etadi. Şu bois oila inson hayotining maʼnaviy va axloqiy markazida turuvçi muqaddas qadriyatlar tizimining negizidir. Bugungi globallaşuv, ommaviy madaniyat va individualizm kuçaygan davrda oilaning maʼnaviy poydevori, milliy qadriyatlari va axloqiy tamoyillari turli sinovlarga duç kelmoqda. Jamiyatda isteʼmolçilik kayfiyati, şaxsiy manfaatni ustuvor qöyiş, virtual aloqalarning kuçayişi natijasida oilaviy riştalarning sustlaşuvi — zamonaviy ijtimoiy muammolardan biriga aylanmoqda. Şu şaroitda diniy va milliy qadriyatlar oilaning içki uyğunligini, axloqiy masʼuliyatini va ruhiy barqarorligini taʼminlovçi poydevor sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

Özbekiston Respublikasida sönggi yillarda oilani mustahkamlaş, milliy qadriyatlarni tiklaş va maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş borasida tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, Prezidentimiz Şavkat ­Mirziyoyevning 2018 yil 27 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Özbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlaş konsepsiyasi” hamda 2025 yil 14 martdagi “Oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori uşbu yönalişda muhim huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda. Mazkur mavzuning dolzarbligi, avvalo, zamonaviy ijtimoiy özgarişlar şaroitida oila institutining barqarorligini taʼminlaş, uni maʼnaviy-insoniy qadriyatlar asosida mustahkamlaş zarurati bilan belgilanadi.

Bugungi kunda axborot oqimining çeksizligi, ommaviy madaniyatning taʼsiri, maʼnaviy qadriyatlardagi nisbiylik oilaviy munosabatlarga sezilarli darajada taʼsir körsatmoqda. Şu bois diniy va milliy qadriyatlarning oila hayotidagi örni va funksiyasini tahlil qiliş nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Yana bir muhim jihat — Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasida oilani jamiyatning asosiy tayançi sifatida mustahkamlaş, milliy özlikni anglaş va maʼnaviy merosni asrab-avaylaş ustuvor yönalişlardan biri sifatida belgilanganidir. Bu esa oila falsafasi va qadriyatlar muammosini nafaqat ijtimoiy, balki falsafiy-nazariy tahlil nuqtai nazaridan örganişni taqozo etadi. Şu maʼnoda, oila mustahkamligini taʼminlaşda diniy va milliy qadriyatlarning örni — milliy özlik, maʼnaviy barqarorlik va ijtimoiy uyğunlikni saqlab qolişning eng muhim garovidir.

Din insonning borliqdagi öz örnini anglaş, uning ruhiy olami bilan oliy haqiqat örtasidagi içki boğliqlikni ifodalovçi maʼnaviy jarayondir. Bu jarayon orqali inson öz mavjudligini çeksiz maʼno bilan uyğunlaştiradi va hayotning ilohiy mohiyatini idrok etadi. Oilaviy hayotda diniy qadriyatlar insonning axloqiy ongini va ijtimoiy masʼuliyatini şakllantiruvçi asosiy omillardan biridir. Ular mehr, sabr, keçirim, vijdon, halollik va sadoqat kabi ezgulik kategoriyalarining amaliy körinişi sifatida namoyon böladi. Şunday qadriyatlar oilaning içki uyğunligi, özaro işonç va tinçlik muhitini taʼminlaydi. Islom dini nuqtai nazaridan, oila “nikoh” orqali nafaqat ijtimoiy, balki muqaddas birlik darajasiga kötariladi. Nikoh — bu ikki insonning ruhiy uyğunligi, irodaviy sadoqati va maʼnaviy masʼuliyatini mujassamlaştiruvçi ilohiy ahd sifatida talqin qilinadi. ­Qurʼoni karimda bu jarayon “taskin va mehr manbai” sifatida taʼriflanib, oilaning ruhiy barqarorlik va tinçlik maskani ekanligi “Ar-Rum” surasining 21-oyatida keltiriladi. Bu qaraşni jahondagi va mintaqamizdagi köplab tadqiqotçilar ham tasdiqlaydi.

Muxtasar aytganda, oila insonning ruhiy va axloqiy kamolot sari intilişidagi eng muhim makondir. Diniy qadriyatlar insonning içki dunyosini uyğunlaştirib, mehr, sabr, sadoqat va keçirimlilikni şakllantiradi; milliy qadriyatlar esa ijtimoiy birdamlik, masʼuliyat va madaniy barqarorlikni mustahkamlaydi.

Aziza NOSIROVA,

tarix fanlari böyiça

falsafa doktori (PhD).

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan