Raqamli inqilobmi yoki maʼnaviy yöqotiş?
Bugun köplab ustoz jurnalistlarimizning “Biz sohaga gazetalarga oşno bölib kirib kelganmiz, faoliyatimizni bosma naşrlardan boşlaganmiz va şu sababli bugun sohada öz örnimizni topib kelmoqdamiz”, degan sözlarini eşitsam, hamişa xursand bölaman va bu meni bosma naşrlarga, ularning mutolaasi va kelajagi uçun öz hissamni qöşişga undaydi. Çunki mening ham bolaligim gazeta va jurnallarga oşno xonadonda ötgan.
Bobom rahmatli juda köp kitob mutolaa qilardi va bu odat bizga ham hamroh bölib kelgan. Haftaning har şanba kunini intiq kutganmiz, sababi poçtalon amaki bobom obuna bölgan gazetalarni olib kelar va ular öqib bölgan gazetalarni men yiğib borar edim. U gazetalarda bolalar uçun faqatgina bir sahifa ajratilgan, u ham bölsa oxirgi betidagi qisqa ertak, hikoya va topişmoqlar edi. Bugun öylab qarasam, ana öşa gazetalar mening hayot yölim jurnalistika bilan boğlanişiga sabab bölgan ekan. Yillar ötgan sayin maqola yozişga, uni çop etişga qiziqa boşladim. Har bir gazetada çop etilgan maqolam menga özgaça zavq berardi, ayniqsa, respublika naşrlarida çop etilgan maqolalarimning gazetasini qölimga oliş bolaligimning eng baxtli kunlari bölgan. Ustozlarimiz tavsiyasi bilan jurnalistika yönalişi talabasi böldim. Endi meni katta maqsadlar kutar, men bevosita har hafta poçtalon amaki olib keladigan gazetalar tahririyatida böliş imkoniga ega edim. Şu kabi minglab orzular bilan oliy taʼlim dargohiga keldim. Darslarimizning ilk kunidayoq mahoratli ustoz jurnalistlarimizdan bilimlar ola boşladik. Bir kuni ustoz auditoriyaga: “Gazeta va jurnallar mutolaasi sizlarga nima beradi? Özi gazeta öqib turasizlarmi?” degan savol taşladilar. Ming hayajon bilan birinçilardan bölib qöl kötardim va bolaligimdan beri gazetalarga oşnoligimni, har tongni mutolaa bilan qarşi olişimni sözladim. Ustozning yuzlariga nim tabassum yugurdi, ammo tengdoşlarimning birontasi fikrimga qöşilmadi.
“Gazetalarning davri tugab bölgan, bir siz va ustoz şunday fikrdasiz, boşqa heç kim bunday fikrlamaydi”, degan tanqidlarga ham qolib ketdim. Ana öşa kunni heç yodimdan çiqarmayman. Fikrimni yetkaza olmaganimdan, gazetalar, aslida, biz uçun katta mahorat maktabi ekanligini tengdoşlarim anglamaganidan öksindim. Ustoz maʼruzani tugatar ekan, bosma naşrlarda iş boşlagan jurnalist uşbu sohaning istalgan yönalişida heç qiynalmay işlaşini qayta-qayta takrorladilar. Va gazetalarni qayta tiklaş biz yoş avlodning zimmasida ekanligini taʼkidladilar. Öylab qoldim: bir paytlar ertalabki çoy hidi bilan birga yangi bosilgan gazetaning hidini his qiliş odatiy edi. Sahifalar şitirlab oçilar, odamlar dunyo yangiliklarini qoğozdan öqirdi. Nahotki bugun bu manzara sekin-asta tarixga aylanmoqda, yangiliklar endi qölimizdagi “kiçik ekran” içiga siğib qolgan!
Savol tuğiladi: gazeta va jurnallar haqiqatan ham yöqolib boryaptimi yoki bu jurnalistikaning yangi davrga ötişidagi tabiiy jarayonmi? Anglaganim şuki, bugungi tezkor zamonda insonlar sabr bilan sahifa varaqlaşdan köra, bir neça soniyada yangilikni bilişni afzal körişmoqda. Internet, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar axborotni tez, qulay va köpinça bepul taqdim etmoqda. Natijada anʼanaviy bosma naşrlar öz öquvçisini yöqotmoqda. Ammo bu jarayonni oddiy “yöqotiş” deb baholaş biryoqlama qaraş bölardi. Çunki gazeta va jurnallar faqat axborot yetkazuvçi vosita emas, ular işonçlilik, tahlil va masʼuliyat maktabidir. Qoğozda çop etilgan har bir satrning ortida masʼuliyat, tekşiruv va professional yondaşuv yotadi. Şu jihatdan ular tezkor, ammo köpinça yuzaki bölgan raqamli kontentdan tubdan farq qiladi. Demak, bugungi holat — bu inqilob. Ammo bu inqilob vayron qiluvçi emas, balki şakl özgartiruvçi inqilobdir. Jurnalistika yöqolmayapti, u öz qiyofasini yangilamoqda. Qoğoz sahifalar örnini ekranlar egallayotgan bölsa-da, mazmun, haqiqat va kasbiy prinsiplar öz ahamiyatini yöqotgani yöq. Biz hamişa bosma naşrlarga ehtiyoj sezamiz. Bir paytlar kino paydo bölgaç, teatrning ölişi haqidagi fikrlar aytilganidek, multimediaviy imkoniyatga ega internet paydo bölgaç, nafaqat bosma naşrlar, hatto radio va televideniyening kelajagiga ham şubha bilan qaraş tendensiyasi vujudga keldi.
Bugun muhtaram Yurtboşimiz Uçinçi Renessans davrini qurişni biz yoşlarga işonyaptilar. Şunday ekan, yelkamizga köplab vazifalar yuklatilgan. Şunday ekan, jamiyatimizdagi har bir masalaga, inqirozli vaziyatlarga ham befarq bölmay, masalaga birgalikda yeçim izlaşimiz lozim. Agar biz yoş jurnalistlar faqat tayyor kontentni isteʼmol qiluvçi bölib qolsak, jurnalistika haqiqatan ham öz ildizlaridan uzilib ketişi mumkin. Ammo agar biz sifatli, tekşirilgan va mazmunli axborot yaratişga intilsak, u holda bu soha yangi nafas bilan davom etadi. Bugungi yoş jurnalistlar oldida katta imkoniyat bor: ular anʼanaviy jurnalistikaning işonçliligini zamonaviy texnologiyalarning tezkorligi bilan uyğunlaştira oladi. Podkastlar, bloglar, multimedia materiallari orqali gazeta ruhini yangi formatlarda davom ettiriş mumkin. Eng muhimi — haqiqatga sodiqlik va masʼuliyatni yöqotmaslikdir. Töğri, agar biz jurnalistikani faqat bosma naşr bilan boğlab qöysak, u haqiqatan ham yöqoladi. Ammo uni haqiqatni izlaş, jamiyatga xizmat qiliş va fikr uyğotiş vositasi sifatida körsak, u har qanday şaklda yaşayveradi. Şunday ekan, bugungi savol boşqaça yangraydi: gazeta ölyaptimi yoki biz uni yangi hayotga olib çiqişga tayyormasmizmi? Umuman olganda, gazetalarning kelajagi haqidagi bahslar keça yoki bugun paydo bölib qolgani yöq. Internet tarmoğining kölami kengayib borayotgan dastlabki kunlardayoq bu masala muhokama mavzusiga aylangani bor gap. Bugun Amerikaning “The Wall Street Journal”, “The New York Times”, Angliyaning “The Financial Times” va “Daily Mail” naşrlari “gibrid gazeta”lar sifatida faoliyat olib bormoqda. Uşbu gazetalar “bosma+raqamli”ning barça imkoniyatlaridan foydalangan holda, bosma naşr reklamalaridagi yöqotişni raqamli sohadagi reklama bilan töldirişyapti. Albatta, hal bölmaydigan masalaning özi yöq. Ayniqsa, hamjihatlikda iş körilsa. Biz, nazarimda, asosan, xalqaro maydondagi nufuzli gazetalar tajribasini örganişimiz va albatta, zamon bilan hamnafas bölgan holda gazetalarni rivojlantirişimiz lozim. Raqamli davr — bu yakun emas, bu sinov. Bu sinovdan kim yutadi? Tezkor, lekin yuzaki kontentmi yoki sekinroq, ammo işonçli jurnalistikami — buni vaqt emas, balki biz bugungi yoş jurnalistlar kuç, bilim va salohiyatimiz bilan isbotlaymiz.
Zanjiloy ABDUSALOMOVA,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi yetakçi mutaxassisi.
