Badiiy nasr ustasi
Murodboy Nizanovning hikoyalarini qoraqalpoq tilini örganganimdan buyon tarjima qilib kelaman. Rostini aytsam, bu borada men ilk kaşşof emasman. Hali maktabda öqib yurganimdayoq ustozlar Nosir Fozilov, Mehmonqul Islomqulov Murodboy Nizanovning hikoyalarini özbek tiliga mahorat bilan tarjima qilib, “Tabassum” radiojurnali orqali yangratib, tinglovçilarni rom aylagani bor gap. Ayniqsa, oğaning “Tanka” nomli badiiy filmi nihoyatda maşhur. Yozuvçining “Jahon adabiyoti” jurnalida naşr etilgan “Aqçagul” nomli qissasi Özbekiston Qahramoni, xalqimizning sevimli şoiri Abdulla Oripov tomonidan yuksak baholanib, adabiy hayotda rosa şov-şuv bölgan.
Qoraqalpoğistonga ijodiy safarlarimizdan birida Qoraqalpoğiston xalq şoiri Muzaffar Ahmad Murodboy oğa haqida bir möʼjaz hikoya yozib, samolyotda hammamizni kuldirgani hamon esimdan çiqmaydi. Hazil ohangida yozilgan bu beğubor hikoyaning zamirida teran mazmun, hammaga ravşan haqiqat bor. Muzaffar Ahmad hikoya qilişiça, Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, ustoz Nosir Fozilov öşa paytda “Jahon adabiyoti” jurnalida boş muharrir örinbosari bölib işlayotgan Mirpölat Mirzoga qönğiroq qilib:
— Mirpölat, jurnalda nimani bosayapsan? — deb sörabdi.
— Paulo Koeloning romanini tayyorlayapmiz, — deb javob beribdi Mirpölat aka.
— Paulo Koelongni qöy! Öşa Koelongdan ham, Markesingdan ham özimizning Murodboy Nizanov zör. U yangi roman yozgan, jurnalning mana şu sonida öşa romanni bosasan! Tuşundingmi? — deb buyuribdi Nosir oğa.
— Xöp!
— Xullas, Murodboy Nizanovni Nobel mukofotiga tavsiya qilamiz! — deb uqtiribdi ustoz.
Şundan söng Nosir oğa Murodboy Nizanovga telefon qilibdi:
— Murodboy, romanni yozib böldingmi? Mirpölat bilan gaplaşib qöydim, uni “Jahon adabiyoti”da çiqaramiz. Ana, Mehmonqul ham romaningni özbek tiliga tarjima qiliş uçun yeng şimarib, şay bölib turibdi.
— Nosir oğa, qissa yozganman, lekin hali roman yozganim yöq… — debdi Murodboy Nizanov.
— Şuniyam öylab ötirasanmi, hikoyani kattartirsang, qissa böladi, qissani sal semirtirsang, roman böladi-da. Işni tezlaştir!..
Öşanda samolyotda Muzaffar Ahmad bilan uşbu hikoyani öqib, şivir-şivir qilayotganimizni eşitib qolgan ustoz Abdulla Oripov oldingi örindiqdan orqasiga qayrilib:
— Nimani bunça qizğin muhokama qilyapsan ikkoving? — deb qoldi.
— Murodboy Nizanovni Nobel mukofotiga tavsiya qilişni! — dedim.
— Kim aytdi?
— Nosir Fozilov…
— Nosir aka töppa-töğri aytibdi! — dedi Abdulla aka. — Murodboy Nizanov şu mukofotga arziydi!..
Nukusdagi tadbirlarimiz juda mazmunli ötdi…
Murodboy oğa Nosir Fozilov orzu qilgan romanlarni ham yozdi. “Oxirat uyqusi”, “Duşman” nomli katta-katta romanlarni isteʼdodli yozuvçi Ğafur Şermuhammad qoraqalpoqçadan özbek tiliga tarjima qildi. Qalin muqovali kitoblar Toşkentdagi naşriyotlarda çop etilib, öquvçilar orasida qölma-qöl bölib ketdi.
Gapning dangali, Murodboy Nizanov Nosir Fozilov niyat qilganidek, badiiy adabiyot sohasida xalqaro Nobel mukofotiga munosib yozuvçi.
Murodboy oğa faol ijodkor. Tahririyatga telefon qilardi-da:
— Bir hikoya yozdim, tarjima qilib, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida çop etasanmi? — derdi.
Darrov xöp deya rozi bölardim. Hikoyasi juda qiziq bölişini bilardim.
Har yangi yil arafasida, albatta, bir hajviya yuborişni kanda qilmasdi. Öqib kula-kula, içaklarim uzilgudek bölardi. Tarjima qilib, boş muharrirga bersam, birdaniga sahifaga joylaştirardi.
“Qorboboning kampiri”, “Qalqay bilan Balday”, “Madrayim aytgan”, “Könglimda ğubor qolmadi”, “Osmontoyda bir kun”, “Yodimga tuşdi”, “Kör içak”, “Kostyum” kabi hikoyalar ana şu tarzda gazetaga çiqib ketgan.
Murodboy Nizanovning “Havo kemasidagi ikkovlon” nomli qissasini ham tarjima qilganman. Asar “Yoşlik” jurnalida çop etilgan. Uşbu qissa Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan naşr etilgan “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli yuz jildlik muhtaşam kitoblar majmuasining “Qoraqalpoq zamonaviy nasri” deb atalgan 38-jildiga kiritilgan.
Murodboy oğa xarakter yaratiş ustasi: u sodda, köngli oçiq ovul odamlarining feʼl-atvorini mahorat bilan tasvirlaydi. Yozuvçi asarlarining tili hikmatga, teran maʼnolarga, hazil-mutoyibaga boy. Kulgi, yumor, hajviyot jahonning barça xalqlariga birdek tuşunarli.
Bolalarning sevimli şoiri Öta Berdiyorning “Şahardan xat” nomli şeʼrida kulgining tili va millati yöq ekani ajoyib tasvirlangan.
Toğamlar turgan uyda
Qirq oila yaşarkan.
Barçasi ahil, inoq,
Tinç oşini oşarkan.
Qöşnilari rus, tojik…
Kunora kelişarkan.
Ular rusça sözlaşib,
Özbekça kulişarkan!
Şu maʼnoda Murodboy Nizanovning asarlari qaysi xorijiy tilga tarjima qilinmasin, hamma joyda qadrli, qiziqarli va tuşunarli böladi.
Murodboy Nizanovning kulgisi nafaqat odamlarni quvontiriş uçun xizmat qiladi, balki öquvçilarni taʼsirlantiradi, öylanişga, fikrlaşga undaydi, hayotga teran va xolis nazar bilan boqişga hamda xulosa çiqarişga daʼvat etadi.
Murodboy oğaga bağişlab bir şeʼr yozgandim. Sözimni şu şeʼr bilan yakunlayman. Oğaga uzoq umr, sihat-salomatlik va ijodiy yutuqlar tilayman.
MURODBOY OĞAGA
Kalom bilan yaşaysiz, ajoyibsiz,
Gonorarning oyligiga, Murodboy.
Ötkir qalamingiz bilan sohibsiz
Prozaning biyligiga, Murodboy.
Abdulla Orif aytgan — munosibsiz
Siz Nobelning siyliğiga, Murodboy.
Nodir asarlaringizni sotmayman
Yetti iqlim boyligiga, Murodboy.
Oddiy xalqning arz-dodisiz, Murodboy,
Siz Berdaqning zuryodisiz, Murodboy.
Qahramonlaringiz sodda, oqköngil,
Qoraqalpoq murodisiz, Murodboy.
Ot çoptirib elga çiqqan donğingiz,
Doim olğa bosar maşhur “Tank”ingiz.
Siz naşr etgan kitoblar —
asil boylik —
Pulga tölib ketgan Sizning bankingiz.
Bir yon Çimboy, bir yoningiz Kegayli,
Yigitlari Majnun, qizlari Layli.
Dunyo sevib qolar qoraqalpoqni
Nizanovning asarlari tufayli.
Turkiy ellar Sizga qondoş, oğa-ini,
Ustoz deb bildingiz Nosir oğani.
Omon böling adabiyot baxtiga,
Uzoq yaşang, ey Murodboy oğayni!
Rustam MUSURMON,
Özbekistonda xizmat körsatgan
madaniyat xodimi,
Qoraqalpoğiston xalq şoiri.
