“Navoiy, söz ayturda farzona böl”
9 fevral — mutafakkir Alişer Navoiy tavallud topgan kun
Buyuk şoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alişer Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida örin tutadi. Uluğ şoir özining şeʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy ğoyalarni, ona tilimizning beqiyos söz boyligi va çeksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam örin egalladi.
Alişer Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi özi 60 000 ga yaqin misrani taşkil etadi. Navoiy asarlarini qançalik köp öqigan sari, örgangan sari, şunça köp hayratga tuşadi kişi.
Şu bois Alişer Navoiyning har bir sözi hozir ham purmaʼno hikmat bölib jaranglamoqda, hozir ham bizga ibrat va saboq bölmoqda. Navoiy asarlaridagi “söz” istilohi rang-barangligi, mazmunan kengligi bilan alohida ajralib turadi. Bundan taşqari, Navoiy qayerda “söz” kalimasini işlatar ekan, u qaysi mazmunda kelişidan qatʼi nazar, adabiyot va u bilan boğliq sohalar (nutq, sözlaş vositasi, notiqlik, til, axloq, kişilar orasidagi munosabat va boşqalar) haqida ham fikr yuritadi.
Bölmasa söz ajab balo bölğay,
Bulbuli nutq benavo bölğay.
Donai dur sözini afsona bil,
Sözni jahon bahrida durdona bil.
Navoiyning badiiy asarga bölgan qaraşlari, köpinça, nazm haqida ekan, “söz” ham aksar paytda şeʼriy asarni ifodalab kelgan. Şoir:
Donai dur sözini afsona bil,
Sözni jahon bahrida durdona bil, —
deganida, birinçi navbatda, badiiy sayqal olgan şeʼriy asarni nazarda tutadi. Xuddi şu xususiyat Navoiyning Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiy asarlarini baholaşida ham körinadi. Navoiy öz zamondoşlarining har qanday badiiy asarini “söz” deb ataydi:
Sözingniki yaxşi körarsan özing,
Körinmas yomon çun erur öz sözing.
Yoki:
Sen özingni tonimas ermişsan,
Öz sözingni tonimas ermişsan.
Yana bir misol:
Navoiy söz ayturda farzona böl,
Çu iş boşingga tuşti, mardona böl.
Uşbu baytlarda Navoiy göyo özini ham ogohlikka çaqiradi. Aniqroği, uluğ şoir öz asarlarini yaratar ekan, öquvçi oldida turk tilida yaratilayotgan ilk dostonlarining kelgusi taqdirini öylaydi. Şoir badiiy yuksak, zamondoşlari ijodiga har tomonlama barobar asarlar yaratişga çoğlanadi. Bu mehnat, maşaqqatlarning köpligi, oğirligi oldida mardona turişga undaydi.
Uluğ adib tilning ijtimoiy zaruratini qayta-qayta taʼkidlaydi. Sözsiz hayotda gözallik, rivoj bölişi mumkin emas. Tilni “söz” bilan ifodalagan şoir uning mohiyatini, hayotiy zaruratini ustalik bilan oçib beradi:
Jism böstonida şajar sözdir,
Pyh aşjoriğa samar sözdir.
Böyla bulbul navosi sözdiru bas,
Nağmai jonfizosi sözdiru bas.
Demak, bulbul (şoir) faqat söz orqaligina kişi qalbini sehrlaydi, “jonfizo” baytlarni tizib, öziga xos “nağma” yaratadi.
Xulosa qilib aytiş mumkinki, Navoiy asarlaridagi “söz” özining ifodasi, mazmunan kengligi va ijtimoiy fikrni ifodalaşi bilan alohida ajralib turadi. Navoiy “söz”ni adabiyot vazifalari, uning ijtimoiy ahamiyati bilan birga tuşundi va talqin etdi.
Alişer Navoiyning boy va serqirra ijodi faqat özbek adabiyotidagina emas, balki jahon adabiyotida ham salmoqli öringa ega. Uluğ şoirning asarlari hayotlik davrida ham, hozirda ham barça uçun sevimlidir. Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripov taʼbiri bilan aytganda:
“… Temur tiği yetmagan joyni qalam bilan oldi Alişer”.
Jahongir TOYBOLAYEV,
Öğiloy XODJAYEVA,
Farğona viloyati tarixi
va madaniyati davlat muzeyi
xodimlari.
