Hajvçining jiddiy kitobi

Eʼtiroz bildirişga şoşilmang — gap janr haqida ketyapti. Hajvçi qalami kuçini (tiğini) jamiyatdagi muammo, kamçilik, illatu turli hangomalarga qaratadi. Kulgi bilan öşa muammo bartaraf bölişiga, öqirmanlar illatdan uzoqlaşişlariga xizmat qiladi, hissa qöşadi. Kuldirib kuydiradi, kuydirib yiğlatadi ham.

Taniqli adib Habib Siddiq adabiyotning eng oğir “fronti” — hajv maydonida öz örni, öz uslubi, öz öquvçi, tomoşabinlariga ega ijodkor. Adib qalamiga va tarjimasiga mansub komediyalar yurtimiz teatrlari sahnalarida, teleekranlarda namoyiş qilib kelinayotganiga yarim asrça bölib qoldi. Hajviyoti jamlangan töplamlari soni ham ançagina salmoqli. Ötgan davrda yozuvçi qalamiga mansub hajviya va hangomalar qozoq, rus, ingliz, turk, qirğiz va qoraqalpoq tillariga tarjima qilinib, qadim Turkiston sarhadlaridan ham oşib ötdi.

Özbekiston va Qirğiziston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, “Şuhrat” medali sohibi, köplab tanlovlar ğolibi Habib Siddiqni şu kungaça hajvçi yozuvçi ölaroq bilardik va yangi asarlarini muştoq kutardik (yozuvçi qişloq xöjaligi sohasi böyiça yetuk olim va mohir pedagog sifatida yuzlab talabalarga saboq berayotgani alohida mavzu).

Adib navbatdagi kitobi bilan ijodining yana bir qirrasini namoyon etdi. “…Publitsistika har qanday ötiş davrida jamiyat hayotidagi mavjud muammolar tomon yuz buradi, özgarişlar, yangilanişlar rivojini sinçkovlik bilan kuzatadi va tahlil etadi. Bunday publitsistikani bir ijodkorning faoliyati yoki kuyunçakligi deyişdan köra, jamiyatning fikrlovçi, muşohada yurituvçi, millat taqdiriga befarq bölmagan ilğor qatlami vakillarining ijtimoiy faoliyati deyiş töğriroq böladi.

Andijonlik adib Habib Siddiqning “Vatandan ayro baxt yöq” sarlavhali maqolalar töplamini öqib, şu muşohadalar könglimdan ötdi”.

Yuqoridagi iqtibos Habib Siddiq kitobiga yozilgan muxtasar “sözboşi”dan olindi.

Adibning salkam ön beş bosma taboqli kitobiga publitsistik maqolalari, esselari va muşohadalari kiritilgan.

Muallifning maqola va esselari özi tuğilib ösgan Bötaqora qişloği yoki talabalarga tahsil berayotgan soha bilan çeklanib qolmaydi. Kitobdan istiqlol davrida, ayniqsa, sönggi sakkiz-töqqiz yilda yurtimizda amalga oşirilgan islohotlar kölami, davr qahramonlari hayoti va faoliyati, şu bilan birgalikda jamiyat taraqqiyotiga tösqinlik qilayotgan turli salbiy unsurlar, kelajagimiz egalari bölmiş yoşlar tarbiyasida eʼtibor berilişi kerak va şart bölgan milliy qadriyatlar qalamga olinadi, aniq manzil va şaxslar misolida mohirona yoritib beriladi. Adib hajvçi ölaroq publitsistik maqolalarida ham bir çimdim hangoma yoki ibratli latifani, albatta, qistirib ketadiki, bular mavzu öqirmanlarga tuşunikli bölmoği va taʼsir qilmoğida muhim ahamiyat kasb etadi.

Şuningdek, töplamdan olim-yozuvçining öz hamkasblari, ilmu fan fidoyilari haqidagi esselari, töyxatlari ham örin olgan. Qöşni qondoş xalqlar adiblari bilan uçraşuvlar, adabiy hamkorlik, global silkinişlar zamonida ahli qalamni birlaştiruvçi omillar haqidagi muşohadaga yetaklovçi maqolalari zalvori ança keng va öqimişli.

Töplamning asosini hayotiy haqiqatlar — keçagi va bugungi kunimiz kişilari obrazlari taşkil qilişini alohida eslatiş asnosida kitobdan “Töqilmagan hikoyalar” turkumi ham örin olgani, bu hikoyalarda adib qalamga olgan hangomaga öxşaş voqeliklar orqali muştariyni atrofiga jiddiy qarab, jiddiy fikrlab, jiddiy yaşaşga undaşini eslatiş örinli.

Hajvçining uşbu jiddiy kitobiga kiritilgan saksonga yaqin maqola, esselarga alohida töxtalib ötirmaymiz. Yaxşisi, bu kitobni öqimoq kerak.

Rözimboy HASAN,

Özbekiston Yozuvçilar va

Jurnalistlar uyuşmalari

 aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan