Talabaga forma kerakmi?
Oliy taʼlim muassasalarida kiyiniş meʼyorlari masalasi vaqti-vaqti bilan jamoatçilik muhokamasiga çiqadi. Aslida, bu masala keça yoki bugun paydo bölgan emas. Uşbu muammoli munozara yillar davomida taʼlim tizimida turli qaraşlar markazida bölib kelmoqda. Bu mavzu faqatgina taşqi köriniş haqida emas, balki taʼlim falsafasi, şaxsiy erkinlik, professional tayyorgarlik va ijtimoiy madaniyat örtasidagi murakkab boğliqlikni özida aks ettiradi.
Kiyim insonning şaxsiy tanlovi, didi va dunyoqaraşi ifodasidir. Biroq ayrim kasb egalari, taʼlim muassasalari öquvçilari uçun maxsus forma yoki kiyiniş meʼyorlari joriy etilişi ham amaliyotda keng tarqalgan. Şunday ekan, savol oddiy: oliygoh talabasi uçun forma zarurmi?
Oliy taʼlim muassasasi nafaqat bilim beriladigan, balki madaniyat şakllanadigan maskan hamdir. Yagona kiyiniş talabi esa jamoaviylik hissini mustahkamlaşi, ortiqça çalğituvçi omillarni kamaytirişi va muassasa özligini ifodalovçi madaniy ramzga aylanişi mumkin. Ayniqsa, jurnalistika, huquqşunoslik yoki diplomatiya kabi sohalarda professional taşqi köriniş muhim omil sifatida baholanadi. Talaba öqiş davridayoq rasmiy muhit qoidalariga moslaşişni örganadi.
Mutasaddilarning nazdida forma ijtimoiy tenglik vositasi sifatida ham talqin qilinadi. Turli moliyaviy imkoniyatga ega talabalar örtasidagi “körinadigan farqlar” kamayadi degan qaraşlar mavjud. Biroq ijtimoiy tafovut faqat kiyim bilan belgilanmaydi. U texnologik imkoniyat, turmuş tarzi orqali baribir namoyon böladi. Şu nuqtai nazardan forma ijtimoiy muammoning töliq yeçimi emas.
Oliy taʼlim talabaning mustaqil fikrlaşi, şaxsiy pozitsiyasi şakllanişida muhim rol öynaydi. Taşqi köriniş ham insonning özini-özi ifoda qiliş vositasidir. Haddan taşqari qatʼiy çeklovlar esa talabaning özini erkin his qilişiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.
Oliy öquv yurtining asosiy vazifasi esa talabada bilim, tadqiqot va muayyan soha böyiça könikmalarni şakllantirişdir. Kiyiniş masalasini markaziy muammoga aylantiriş akademik sifatni ikkinçi öringa tuşirib yuborişi mumkin.
Şu va şunga öxşaş ijtimoiy-maişiy hayotimizda muammolar paydo bölganida, odatda, xorij “tajriba”sidan namuna keltiriladi. Biz ham jahonning yetakçi oliy öquv yurtlari faoliyatiga nazar taşlaydigan bölsak, köplab nufuzli oliygohlarda qatʼiy talab qilingan forma mavjud emas. Misol uçun, Oksfordda odatiy kunlarda erkin kiyinişadi, biroq imtihonlar va rasmiy marosimlarda “sub fusc” deb ataladigan anʼanaviy akademik kiyim talab qilinadi. Garvard universitetida esa kundalik jarayonlarda erkinlik ustuvor. Faqat bitiruv marosimlarida akademik mantiyalar kiyiladi. Yaponiyaning Tokio universitetida ham şunga öxşaş amaliyot kuzatiladi: kundalik erkinlik, rasmiy tadbirlarda esa belgilangan tartib. Uşbu misollar şuni körsatadiki, xalqaro tajribada muvozanat modeli qöllaniladi. Kundalik hayotda erkinlik, rasmiy vaziyatlarda esa umumiy standart.
Forma masalasini faqat estetik yoki taşkiliy masala sifatida köriş yetarli emas. Bu yerda ijtimoiy va psixologik jihatlar ham mavjud. Uşbu masalada haddan taşqari erkinlik ham akademik muhitga salbiy taʼsir körsatişi mumkin. Öta oçiq, çalğituvçi yoki provokatsion kiyiniş talabalarning özaro muloqoti va diqqatini buzişi ehtimoli mavjud. Şu bois köplab mamlakatlarda minimal etik çeklovlar joriy etiladi.
Asl muammo “forma bölsin yoki bölmasin” degan keskin tanlovda emas. Muammo qoidalar qanday işlab çiqilayotgani va ularning maqsadi nimada ekanida.
Agar kiyiniş talablari akademik muhitni saqlaş, çalğituvçi omillarni kamaytiriş, professional madaniyatni şakllantiriş kabi aniq maqsadlarga xizmat qilsa, u holda bu qoidalar mantiqan asosli bölişi mumkin. Biroq qoidalar haddan taşqari izohsiz yoki muloqotsiz joriy etilsa, ular norozilik va tuşunmovçilikka sabab bölişi aniq.
Oliy taʼlim muassasasi — bilim va tafakkur markazi. Şu bilan birga, professional va madaniy muhit hamdir. Taşqi köriniş bu muhitning bir qismi, ammo uning markazi emas.
Forma masalasida keskin qaror emas, balki oqilona muvozanat muhim. Tartib va erkinlik bir-birini inkor etmaydi. Aksinça, ular töğri uyğunlaşgandagina soğlom akademik muhit şakllanadi. Şunday ekan, savolga yakuniy javob — talaba uçun forma mutlaq zarurat ham, mutlaq ortiqça narsa ham emas. Muhimi, qoidalar erkin fikrni çeklamagan holda, akademik muhitni saqlaşga xizmat qilsin.
Dildora DÖSMATOVA.
