Taʼlimning yangi şakli
uşbu jarayonda talabalar maoş olgan holda öqişadi
Andijon davlat texnika institutida ham taʼlim sifatini oşiriş, nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlaş böyiça samarali işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, oliy taʼlim maskanimiz “UzAuto Motors” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali, “Shangfeng-Bridge of Friendship” MÇJ, “Reco Brend Sement” MÇJ, “Fujixun Lift (UZ) LTD” MÇJ, “Andijon don mahsulot” AJ, “O‘z AutoAustem” MÇJ, “UzSaemyung Ko” AJ QK, “Garant bank” AJ, “Auto Rubber” MÇJ, “Avto Climate Control” MÇJ, “Invest Finance Bank” AJ, “Andijon viloyati issiqlik manbai DUK” kabi 130 dan ortiq taşkilotlar bilan hamkorlik şartnomalari imzolagan. Talabalar amaliyoti, professor-öqituvçilar stajirovkalari va dual taʼlim jarayonlari uşbu hamkorlar bazalarida taşkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tizimida dual taʼlimni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida taʼlim jarayonlarini taşkil etiş böyiça reja mavjud. Hozirda 40 dan ziyod korxona va taşkilotlarda 4-kurs bitiruvçilari töliq dual taʼlim şaklida tahsil olmoqda. Uşbu jarayonda bitiruvçilarning 136 nafari iş haqi olgan holda taʼlim jarayonlarida qatnaşib kelmoqda.
Institut “Metrologiya va yengil sanoat” kafedrasi professor-öqituvçilari ham viloyatdagi sanoat korxonalari bilan hamkorlik şartnomalari asosida muayyan işlarni amalga oşirmoqda. Bitiruvçi kurs talabalari viloyatdagi işlab çiqariş korxonalarida dual taʼlim asosida bilim olişmoqda.
“Metrologiya, standartlaştiriş va mahsulot sifati menejmenti” fakultetining 4-kurs talabalari ham darslarini “Özbekiston milliy metrologiya instituti” DM Andijon filialida ötişmoqda. Talabalar bu joyda metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşirişni taʼminlaş böyiça auditoriyada olgan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlamoqda. Ölçaş vositalarini metrologik attestatlaş, qiyoslaş va kalibrlaş işlarini taşkil qiliş böyiça yaxşi natijalarga erişyapti.
Darsning amaliy ahamiyati şunda böldiki, talabalar dastlab nazariy bilimlar olişganidan söng, temperatura ölçaş vositalarini qiyoslaş jarayonida iştirok etişdi. “Özbekiston milliy metrologiya instituti” DM Andijon filiali laboratoriyasida ötkazilgan qiyoslaş jarayonida talabalar qiyoslaş şaroitlari va unga tayyorgarlik köriş, qiyoslaş işlarini ötkaziş tartibi, taşqi körik, qiyoslanuvçi asboblarni işlatiş böyiça bilimlarini yanada mustahkamlaşdi. Öz navbatida yoşlar özlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olişdi. Javoblarni ustozlari bilan birgalikda soha mutaxassislarining aniq misollar bilan tuşuntirişi dars sifatining yuqori darajada bölişiga zamin yaratmoqda.
Oliy taʼlim dargohlarida taʼlim olayotgan yoşlarni har taraflama yetuk, yetarliça bilim va amaliyot könikmalariga ega bölgan mutaxassislar qilib tayyorlaş bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Bu işda dual taʼlimning ahamiyati katta. Taʼlimning bu şakli, şubhasiz, kelgusida yaxşi samara berişi muqarrar.
Xayrulla VASIYEV,
Andijon davlat texnika
instituti katta öqituvçisi.
